O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti q. X. Аbdurаhmоnоv
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
1-y-Aholini-ish-bilan-bandligi.-Oquv-qollanma.Q.X.Abdurahmonov-va-vosh.T-2011
IFA = O’ + A + IN + IBB,
IM = IB - RR, IFA = O’ + A + IN + IBB, 276 Uy xo’jaliklarini so’rab chiqish Bandlikka ko’maklashish tuman (shahar) markazlari tomonidan tuman (shahar) statistika bo’limlari bilan birgalikda to’rt bosqichda o’tkaziladi: a) birinchi bosqichda har bir tuman bo’yicha o’rganilishi kerak bo’lgan uy xo’jaliklari soni quyidagi formula bo’iicha aniqlanadi: bunda: UXS – har bir tuman (shahar)da so’rab chiqilishi kerak bo’lgan uy xo’jaliklari soni; UX – tuman (shahar)dagi uy xo’jaliklari soni; b) ikkinchi bosqichda uy xo’jaliklari o’rganiladigan aholi punktlari aniqlanadi, bunda: • tanlab olingan aholi punktlari yonma-yon chegaralarga ega bo’lmasligi kerak; • tuman markazlari va ulardan yiroqda joylashgan aholi punktlari majburiy tartibda o’rganilishi kerak; • har bir tumanda kamida 5 ta aholi punkti (tuman markazi ham shu jumlaga kiradi) o’rganilishi kerak; • har bir shaharda yonma-yon chegaralarga ega bo’lmagan kamida 5 ta mahalla o’rganilishi kerak. Aholi punktlarini tanlash tuman (shahar) statistika bo’limi bilan kelishgan holda Bandlikka ko’maklashish tuman (shahar) markazlari tomonidan amalga oshiriladi; v) uchinchi bosqichda har bir aholi punktida o’rganilishi kerak bo’lgan uy xo’jaliklari soni aniqlanadi; g) to’rtinchi bosqichda aholi punktlarida (mahallalarda) mavjud bo’lgan uy xo’jaliklari ro’yxatlari asosida o’rganilishi kerak bo’lgan uy xo’jaliklarining aniq ro’yxati aniqlanadi. Bunda tanlashning quyidagi tartib-qoidasini nazarda tutadigan «proportsional bosqichma-bosqich tanlash» usulidan foydalaniladi: • mazkur aholi punktida (mahallada) joylashgan uy xo’jaliklarining hisoblangan sonini o’rganilishi kerak bo’lgan uy xo’jaliklarining hisoblangan soniga bo’lish yo’li bilan «tanlash bosqichi» aniqlanadi (masalan, tanlab olingan aholi punktida 300 ta uy xo’jaligi mavjud bo’lib, o’rganiladigan uy xo’jaliklari soni esa 30 tani tashkil etishi kerak bo’lsa, «tanlash bosqichi» «10» ni (300:10) tashkil etadi); • uy xo’jaliklarining umumiy sonidan «tanlash bosqichi»ga bir karra har bir uy xo’jaligiga tartib raqami beriladi va tanlab olinadi. Uy xo’jaliklari so’rovi Davlat statistika qo’mitasi bilan kelishgan holda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan maxsus so’rovnoma bo’yicha amalga oshiriladi. Uy xo’jaliklarining mehnatga layoqatli yoshdagi barcha a’zolaridan so’rab chiqilishi kerak, ular hozir bo’lmagan taqdirda esa hozir bo’lmagan uy xo’jaliklari a’zolariga tegishli javoblarni uy xo’jaligining boshqa vakolatli a’zosidan olishga yo’l qo’yiladi. So’rovni amalga oshirgan xodimlardan uy xo’jaliklari so’rovining to’ldirilgan so’rovnomalarini qabul qilish Bandlikka ko’maklashish markazining ishga joylashtirishga Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling