O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi Toshkent Moliya Instituti referat


Download 53.56 Kb.
bet7/7
Sana19.09.2023
Hajmi53.56 Kb.
#1681631
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Oraliq referat

Saxiy va xayr-ehsonli bo‘lish. Xalqqa xayr-ehson qilish eng ulug‘ fazilat. Saxovatli, saxiy tadbirkor shunday kishiki, birov narsa so‘ramay turib, oldindan hadya qilib ulashadi.

  • Insofli bo‘lish. Insof — bu adolat va vijdon amri bilan ish tutish tuyg‘usi va qobiliyati, ishda kishilar bilan munosabatda: halollik, to‘g‘rilik, barobarlik, sofdillik, haqiqatgo‘ylikdir.

  • Vazmin va sabrli bo‘lish, ehtiroslarga berilmaslik. Ba’zi shoshma- shoshar tadbirkorlar, shoshqaloqlik yoki shumligidan pushaymonlik chuquriga yiqiladilar, o‘ylamasdan shoshilib ish boshlaganlar esa balolar girdobiga g‘arq bo‘ladilar. Aqlli, tajribali va vazmin tadbirkorlar esa, tadbir hamda sabrni o‘zlariga yo‘ldosh qilib oladilar, fikr oynasini donishmandlarning ishorat va nasihatlari bilan pardozlaydilar, unga sayqal beradilar. Yengiltaklik, shoshma-shosharliklardan hazar qiladilar.

  • Xizmat etikasiga rioya qilish. Eng avvalo, hukumatga hurmat bilan qarang. Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy siyosatini o‘zingizning asosiy qurolingiz qilib oling va ularga rioya qiling. Bilingki, hukumatga hurmat va xizmat etikasiga rioya qilish — bu tadbirkorlikni muvaffaqiyatga eltuvchi ikki lokomotivdir.

  • O‘z ishining mutaxassisi bo‘lish. Biz shunday davrda yashayap- mizki, bunda faqat mutaxassisgina, o‘z ishining ustasigina obro‘-e’tibor topadi. Shuning uchun mutaxassis bo‘ling. Qaysi sohada ishlashga to‘g‘ri kelmasin, albatta, birinchi bo‘lishga harakat qiling. Savol tug‘iladi: unga qanday qilib erishiladi? Javob bitta, bu ham bo‘lsa, mehnat va o‘z ustingizda tinimsiz shug‘ullanishingiz lozim. Dahoni mehnat yaratadi. Yetuklikka yo‘l esa — tirishqoqlik.

    Shunday qilib, tadbirkorlikka ahd qilgan har bir kishi o‘zining imkoniyatlari, qobiliyatlari, shu jumladan, o‘z izlanuvchanlik qobiliyatini, o‘z ishining ustasi hamda yuqorida qayd qilingan sifat- larning o‘zida mavjudligini aniq o‘lchay bilishi kerak.
    Download 53.56 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling