O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi Toshkent Moliya Instituti referat


Download 53.56 Kb.
bet1/7
Sana19.09.2023
Hajmi53.56 Kb.
#1681631
TuriReferat
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Oraliq referat


O’zbekiston Respublikasi
Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi
Toshkent Moliya Instituti


REFERAT
Mavzu: Biznes subyektlarining manfaatli tomonlari
Tekshirdi: Alimboyev B.
Bajardi: Buxgalteriya hisobi va audit yo’nalishi 2-kurs talabasi Azizova Nozima

Biznes subyektlarining manfaatli tomonlari



Reja:

  1. Manfaatdor tomonlar;

  2. Ichki va tashqi manfaatdor tomonlar;

  3. Manfaatdor tomonlarning bog’liqligi;

  4. Birinchi va ikkinchi darajadagi manfaatdor tomonlar.

1. Manfaatdor tomonlar.
Iqtisodiyotga bozor munosabatlarini joriy etish jarayonida korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish iqtisodiy islohotlarning yetakchi bo‘g‘ini hisoblanadi. Xususiylashtirish natijasida demokratik jamiyatning ijtimoiy zamini va iqtisodiy tayanchini tashkil qiluvchi xususiy mulk egalari — tadbirkorlar qatlami shakllanib boradi.
Mamlakatimizda hozirgi vaqtda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun kerakli qonunchilik bazasi shakllantirildi va tegishli me’yoriy hujjatlar qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonuniga asosan tadbirkorlik faoliyati, bu — tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonida qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, o‘zi tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida foyda olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyatidir.
Xo‘sh tadbirkorlar kimlar? Ular qanday salohiyat va imkoniyatlar egalari bo‘lishi lozim?
Demak, tadbirkor, bu — o‘z tadbirkorlik faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradigan, o‘zi tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida faoliyatidan foyda olishni maqsad qilgan tashabbuskor shaxsdir.
Tadbirkor o‘z salohiyatini baholay olishi va imkoniyatlarini chamalab ish yuritishi to‘g‘risida ba’zi misollar doirasida fikr yuritishimiz mumkin. Buni o‘quvchiga eng yaqin bo‘lgan o‘quvchilar misolida qarasak. O‘quvchilar har doim darsga kirishlaridan oldin, avvalo, ushbu darsga nisbatan o‘z tayyorgarliklarini chamalab ko‘rishadi. O‘quvchining dunyoqarashi, dars mavzusining talabaga qiziqarliligi va tanishligi hamda auditoriyadagi erkin vaziyat talabalarning imkoniyatlarini yanada oshiradi. Ular bu imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanishga harakat qilishadi. Chunki har doim ham tanish va qiziqarli mavzu, yaxshi ustoz va yaxshi tayyorgarlik ko‘rishning imkoni bo‘lmaydi. O‘quvchilar- ning dastlabki uddaburonligi va tadbirkorlik qobiliyatlari shunday holatlarda namoyon bo‘ladi.
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish niyatida bo‘lgan kishilar, avvalo, o‘z tadbirkorlik salohiyatlarini baholab ko‘rishlari va imko- niyatlari darajasida ish boshlashlari maqsadga muvofiqdir. Tadbirkorlik salohiyatini baholashda, quyidagi bir qator savollarga aniq javob bera olish anchagina imkoniyatlar doirasini belgilab beradi:

  1. Ommaviy axborot vositalari va kitob o‘qishga munosabatingiz qanday?

  2. Tavakkalchilikni u sizning asabingizga tekkani uchungina o‘z zimmangizga olasizmi?

  3. Odamlarni o‘zingizda ishlash uchun jalb etishingiz muvaffaqiyatli bo‘ladimi?

  4. Biznesni tashkil qilish tajribasini tanishlaringizdan biron kim siz bilan muhokama qilganmi?

  5. Biron marta ishingizdan hayratda qolganmisiz?

  6. Doimo yangi g‘oyalarni o‘ylab yurishingizni sezganmisiz?

  7. Maktabni yaxshi ko‘rar edingizmi?

  8. Detallarga kirishishni yoqtirasizmi?

  9. O‘n yoshga kirgunga qadar, tasodifiy ishlarni bajarganmisiz?

  10. Tez zerikib qolasizmi?

  11. Uzoq muddat davomida bir narsaga diqqatingizni jalb qilib tura olasizmi?

  12. Yomon vaziyatdan foydali biron nima chiqarishga o‘rgangan- misiz?

  13. Bankda omonat hisobingiz yoki boshqa shaxsiy jamg‘armangiz bormi?

  14. Tadbikorlar juda katta tavakkal qilishadi, deb hisoblaysizmi?

  15. Muvaffaqiyatli tadbirkorlar, albatta, oliy ma’lumotli bo‘lishi lozim deb hisoblaysizmi?

Ushbu berilgan savollar tadbirkorning umumiy salohiyatini baholashga yo‘naltirilgan. Kishi bu turdagi savollarni tadbirkorlikning qaysi turini boshlashdan oldin, albatta, o‘ziga o‘zi berib ko‘rishi tavsiya etiladi.



Download 53.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling