O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sirtqi fakulteti moliya fanidan mustaqil ish mavzu: Moliyaning funksiyalari va moliya mexanizmi Guruh: sbha-90/21 Bajardi: D


Download 284.02 Kb.
bet2/4
Sana20.09.2023
Hajmi284.02 Kb.
#1682160
1   2   3   4
Bog'liq
moliya mexanizmi

Moliyaning nazorat funksiyasi obyekti — korxonalar, tashkilotlar, muassasalar faoliyatining moliyaviy ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Moliyaviy nazoratning samaradorligini oshirish ko‘proq korxonada bosh hisobchi, moliya bo‘limlarining xodimlari ishni qay darajada yo‘lga qo‘yilganligini, moliyaviy axborotning haqqoniyligini, moliyaviy intizomga rioya qilishni, buxgalteriya hisobi hisobotini to‘g‘ri yuritishga bog‘liqdir. Faqatgina shunday sharoitlarda moliyaviy nazoratning natijalari xalq xo‘jaligidagi holatni tahlil qilish va obyektiv baholash hamda takror ishlab chiqarish jarayoni borishini muvofiqlashtirishga qaratilgan qarorlar qabul qilish imkonini beradi.
Moliya mexanizmining mazmuni

Moliyaviy siyosatni amalga oshirish hamda uni hayotga muvaffaqiyatli tadbiq qilish uchun moliya mexanizmidan foydalaniladi. U jamiyat tomonidan iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida qo‘llaniladigan moliyaviy munosabatlarni tashkil etish uslublari yig‘indisini tashkil qiladi. Moliya mexanizmi o‘z tarkibiga moliya munosabatlarini tashkil etish turlari, shakllari va usullarini, ularni miqdoriy aniqlash uslublarini oladi.


Mohiyati jihatidan moliya mexanizmi - taqsimlash va qayta taqsimlash munosabatlarining keng tizimini amalga oshirish, daromad va jamg‘armalarni tashkil qilish, markazlashgan va markazlashmagan pul fondlarini tuzishni taominlovchi shakl va usullar yig‘indisidan iboratdir.
Moliya mexanizmining tarkibi ancha murakkab bo‘lib, unga turli moliyaviy munosabatlarga xos elementlar kiradi. Aynan moliyaviy o‘zaro aloqalarning ko‘pligi ularni tashkil etishning turlari, shakllari va usullarini (moliya mexanizmi elementlarini) ko‘p miqdorda qo‘llashni taqazo etadi.
Davlat o‘zining ijro qiluvchi va qonun chiqaruvchi organlari yordamida iqtisodiy qonunlar taosirini chuqur o‘rganish, moliyaning rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganish, iqtisodiy va moliyaviy siyosat vazifalarini o‘rganish asosida ichki mahsulot va milliy daromadni taqsimlash usullarini o‘rnatadi, pul jamg‘armalarining shakllarini belgilaydi, to‘lov va ajratmalar turlarini ishlab chiqadi, davlat moliyaviy resurslaridan foydalanish yo`nalishlari va tamoyillarini ishlab chiqadi va b.
Moliya mexanizmi direktiv (ma’muriy) va tartibga soluvchi mexanizmlarga bo‘linadi.

Download 284.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling