O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sirtqi fakulteti moliya fanidan mustaqil ish mavzu: Moliyaning funksiyalari va moliya mexanizmi Guruh: sbha-90/21 Bajardi: D


Download 284.02 Kb.
bet1/4
Sana20.09.2023
Hajmi284.02 Kb.
#1682160
  1   2   3   4
Bog'liq
moliya mexanizmi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI SIRTQI FAKULTETI
Moliya fanidan


MUSTAQIL ISH
MAVZU: Moliyaning funksiyalari va moliya mexanizmi
Guruh: SBHA-90/21
Bajardi: D.Xaydarov
Qabul qildi: S.Allayarov


Toshkent – 2023

Moliya quyidagi ikki funksiyani bajaradi:



  1. Taqsimlash;

  2. Nazorat.

Bu funksiyalar moliya tomonidan bir vaqtning o’zida amalga oshiriladi. Har qanday moliyaviy operatsiya YaIM va MDni taqsimlash va shu taqsimlash ustidan nazoratning amalga oshirilishini anglatadi.


Moliyaviy munosabatlarning asosiy tavsifi ularning taqsimlash xarakteriga ega va shunga muvofiq ravishda moliyaning bosh yoki asosiy funksiyasi taqsimlash funk-tsiyasidir. Moliya yordamida amalga oshirilishi lozim bo’lgan taqsimlash jarayoni murakkab va ko’p qirrali jarayondir. Moliya YaIMni taqsimlashning turli bosqich- lariga xizmat qilib, uni birlamchi taqsimlashda va qayta taqsimlashda ishtirok etadi.
Moliyaviy metod orqali taqsimlash iqtisodiyotni boshqarishning turli darajalarini (mamlakat, uning alohida olingan mintaqalari va mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlari miqyosida) qamrab oladi. Unga taqsimlashning turli ko’rinishlarini (xo’jalik ichida, tarmoq ichida, tarmoqlararo, hududlararo va b.) tug’diruvchi ko’p bosqichlilik xosdir.
Eng avvalo, moliyaning taqsimlash funksiyasi MDni taqsimlashda, “asosiy yoki birlamchi daromadlar” deb nom olgan daromad va jamg’armalarni(fondlarni) tashkil etish sodir bo’lganda namoyon bo’ladi. Ularning yig’indisi MDga tengdir. Asosiy daromadlar MDni moddiy ishlab chiqarish ishtirokchilari o’rtasida taqsimlash jarayonida shakllanadi. Ular ikki guruhga bo’linadi:


  • moddiy ishlab chiqarish sohasida band bo’lgan ishchi va xizmatchilarning ish haqi, fermer va h.k.larning daro-madlari;

  • moddiy ishlab chiqarish sohasidagi korxonalarning daromadlari.

Biroq, bunda birlamchi daromadlar milliy xo’jalik ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish, mamlakat mudofaa qudratini ta’minlash, aholining moddiy va madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun ijtimoiy pul fondlarining shakllanishini ta’minlay olmaydi. Buning uchun quyidagilar bilan bog’langan holda MDni yanada taqsimlash va qayta taqsimlash zarur:





  • xo’jalik yurituvchi sub’yektlar daromadlari va jamg’armalaridan eng samarali va oqilona foydalanish maqsadida mablag’larni tarmoqlararo va hududiy qayta taqsimlash bilan;

  • ishlab chiqarish sohasi bilan bir qatorda noishlab chiqarish sohasining (maorif, sog’liqni saqlash, ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy ta’minot, boshqaruv va h.k.) ham mavjudligi bilan;

  • aholining turli ijtimoiy qatlamlari o’rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan.

Yuqorida bayon etilgan qayta taqsimlashlar natijasida ikkilamchi yoki “kelib chiquvchi” daromadlar tashkil topadi. Bunday daromadlarga noishlab chiqarish sohasi tarmoq-larida olingan daromadlar, soliqlar (jismoniy shaxs-lardan olinadigan daromad solig’i va boshqalar) kiradi. Ikkilamchi daromadlar MDdan foydalanish borasidagi yakuniy nisbatlarni shakllantirish uchun xizmat qiladi.


MDni taqsimlash va qayta taqsimlashda faol ishtirok etib, moliya MDni birlamchi taqsimlashda vujudga kelgan nisbatlarni ularning yakuniy foydalanish nisbatlariga aylanishiga ta’sir ko’rsatadi. Bunday qayta taqsimlash natijasida yaratiladigan daromadlar moddiy va moliyaviy resurslar va, eng avvalo, bir tomondan pul fondlarining miqdori va ularning tarkibiy tuzilmasi, ikkinchi tomondan esa ishlab chiqarish vositalari va iste’mol predmet-larining hajmi va tuzilmasi o’rtasidagi muvofiqlikni ta’minlashi kerak.
Odatda, har bir mamlakat doirasida MDni qayta taqsimlash milliy iqtisodiyotni tarkibiy o’zgartirish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini (qishloq xo’jaligi, transport, energetika va h.k.) rivojlantirish maqsadlarida, aholining eng kam ta’minlangan qatlamlari (pensionerlar, talabalar, yolg’iz va ko’p bolali onalar va h.k.) foydasiga amalga oshiriladi.
Shunday qilib, MDni qayta taqsimlash milliy xo’ja-likning ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari, moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari, mamlakatning alohida mintaqalari, mulkchilik shakllari va aholining turli ijtimoiy guruhlari o’rtasida sodir bo’ladi.
Moliya yordamida amalga oshiriladigan YaIM va MDni taqsimlash va qayta taqsimlashning pirovard maqsadi iqtisodiyotni rivojlantirish va aholining yuqori turmush darajasini ta’minlashdan iboratdir. Bu jarayonlarda moliyaning roli kam xarajat qilib eng yuqori natijalarga erishish, moliya-xo’jalik faoliyatini yanada yaxshilashda xo’jalik yurituvchi sub’yektlar har bir xodimi va jamoa-sining moddiy manfaatdorligi va qiziquvchanligini oshirish vazifalariga yo’naltirilgan.
Moliyaning taqsimlash funksiyasi yordamida davlat faqatgina MDni qayta taqsimlashga emas, balki ishlab chiqarishga, kapitalning jamg’arilishiga, iste’mol sohasiga ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. Shu ma’noda, moliya iqtisodiyotning davlat va xususiy sektorlarini, ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastrukturani, ilmiy-texnika taraqqiyotini va h.k.larni rivojlantirishda hal qiluvchi rolni o’ynaydi.
Umuman, moliyaning taqsimlash funksiyasi:


  • xo’jalik sub’yektlari, aholi, davlat va mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlari darajasida maqsadli pul mablag’lari fondlarini shakllantirishga;

  • xo’jalik ichida, tarmoq ichida, tarmoqlararo, hududlar-aro, shuningdek ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari, aholi ijtimoiy guruhlari o’rtasida qayta taqsimlashni sodir etishga;

  • xo’jalik sub’yekti va davlat darajasida zaxiralar yaratishga, fuqarolar tomonidan jamg’arishni amalga oshi-rishga imkoniyat va shart-sharoit yaratib beradi.

Pul daromadlari va fondlarini shakllantirish hamda foydalanishning vositasi sifatida moliya taqsimlash jarayonining amalga oshirilishini ob’yektiv ravishda o’zida aks ettiradi. Uning nazorat funksiyasi YaIMni tegishli fondlarga taqsimlash va ularning maqsadga muvofiq sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshirish orqali namoyon bo’ladi. Shu ma’noda, moliyaning taqsimlash va nazorat funksiyalari yagona iqtisodiy jarayonning ikki tomonidir.


Moliya nazorat funksiyasining asosini moliyaviy resurslarning harakati tashkil etadi. Ana shu harakatning xarkteridan kelib chiqqan holda jamiyat pul mablag’larini taqsimlashda qanday nisbatlarning vujudga kelayotganligi, xo’jalik yurituvchi sub’yektlar ixtiyoriga moliyaviy resurslarning o’z vaqtida kelib tushishi qanday ta’minlana- yotganligi xususida ma’lumotga ega bo’lishi kerak. Agar moliyaning nazorat funksiyasi amalga oshirilmasa, moliya taqsimlash funksiyasining samaradorligini baholashning ham iloji yo’qki, bu holat amaliyotda har ikkala funksiya harakati o’zaro muvofiqlashtirilishining zarurligidan dalolat beryapti.
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan har qanday jamiyatda moliyaning nazorat funksiyasi ijtimoiy va xususiy ishlab chiqarishning dinamik rivojlanishini ta’minlashga, ilmiy-texnika taraqqiyotini jadallashtirishga, milliy xo’jalik-ning barcha bo’g’inlarida ish sifatini uzluksiz yaxshilashni moliyaviy ta’minlashga
yo’naltirilgan. U ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarini to’liq qamrab oladi. Iqtisodiy rag’batlantirishni oshirish, moddiy, mehnat, moliyaviy resurslar va tabiiy boyliklardan oqilona va tejamkor foydalanish, noishlab chiqarish xarajatlari va yo’qotmalarni qisqartirish, xo’jasizlik va isrofgarchilikning oldini olish moliya nazorat funksiyasining maqsadlaridandir.
Moliya nazorat funksiyasining eng muhim vazifalaridan biri moliyaviy masalalar bo’yicha qonunchilikning belgi-langan muddatlarda, aniq va to’la hajmda ijro etilishini, byudjet tizimi, soliq xizmati, banklar oldidagi moliyaviy majburiyatlar, shuningdek, hisob- kitoblar va to’lovlar bo’yicha xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning o’zaro majburiyat-lari bajarilishining ham o’z vaqtida va to’la amalga oshirilishini tekshirish hisoblanadi.
Moliyaning nazorat funksiyasini bajarish jarayonida moliya, bank, sug’urta, bojxona va soliq organlari muhim rol o’ynaydi. Mazkur xizmatlarning xodimlari moliyaviy rejalashtirish jarayonida, byudjet tizimining daromadlar va xarajatlar qismining bajarilishida moliyaviy nazoratni amalga oshiradilar. Bozor munosabatlarining rivoj-lanishi sharoitida nazorat ishlarining yo’nalishi, moliyaviy nazoratning shakl va metodlari tubdan o’zgaradi.
Moliyaning funksiyalari moliya mexanizmi orqali amal-ga oshiriladi. Bu mexanizm milliy xo’jalikdagi moliyaviy munosabatlar tashkiliy shakllarining majmuini, markaz-lashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag’lari fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini, moliyaviy rejalashtirish metodlarini, moliya va moliyaviy tizimni boshqarish shakllarini, moliyaviy qonun- chilikni o’z ichiga oladi. Bozor islohotlarini chuqurlashtirish sharoitida sifat jihatidan yangi bo’lgan moliya mexanizmi qo’llaniladi. Bu, eng avvalo, xo’jalik yurituvchi sub’yektlar va aholining byudjet tizimi, nobyudjet fondlari, mulkiy va shaxsiy sug’urta organlari va boshqalar bilan bo’lgan o’zaro munosabatlariga tegishlidir.
Moliya o‘z mohiyatiga ko‘ra iqtisodiy kategoriya bo‘lib, hozirda ijtimoiy-siyosiy tuzumi turlicha bo‘lgan davlatlar tomonidan birdek foydalanilmoqda. Bu kategoriya boshqa iqtisodiy kategoriyalar (pul, foyda, tannarx, qiymat, kredit va h.k.) kabi jamiyatdagi ma’lum munosabatlar, mehnat mezoni va iste’mol me’yori, ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, milliy daromadni taqsimlash kabi munosabatlarning mohiyatini ifodalaydi.
Moliyaning mavjudligi, eng avvalo, jamiyatda tovar-pul munosabatlarining mavjudligi bilan bog‘liq. Moliya munosabatlarining rivojlanishi jamiyatdagi mehnat taqsimoti, mulkchilik shakllari, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tashkiliy-huquqiy faoliyatining iqtisodiy jihatdan alohidaligi hamda tashqi iqtisodiy aloqalar bilan ham bog‘liqdir. Milliy daromadning taqsimlanishi pul shaklida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida hamda boshqa qonunlarda mulkchilikning turli shakllarida bo‘lishining mustahkamlanishi, tovar-pul munosabatlarining yanada rivojlanishi hamda bozor mexanizmining takomillashuviga olib keladi.
Lekin pul moliya munosabatlarining barcha tomonlarini o‘z ichiga olmaydi. Moliya munosabatlarining mavzusi, asosan, davlat hamda korxonalarning pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish masalalaridan tashkil topadi. Shuning uchun ham moliyaning rivojlanishi davlatning rivojlanishi va uning zaxiralarga bo‘lgan ehtiyoji bilan bevosita bog‘liqdir.
Moliyaning mohiyati, uning iqtisodiy kategoriya sifati ijtimoiy munosabatlar orqali ko‘rinib, o‘ziga xos vazifani bajaradi.
Davlat hamda korxona va tashkilotlarning kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘laridan davlat fondini tashkil qilish, taqsimlash va iste’mol qilish bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar jarayonida ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish ustidan nazorat va ijtimoiy mahsulotning taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi sodir bo‘ladi.
Moliyaning mohiyati uning funksiyalarida namoyon bo‘ladi.
Funksiya obyekt ichki mohiyatining konkret shaklini namoyon bo‘lish jarayonidir.
Moliyaning funksiyalari yuzasidan iqtisodchi olimlarning o‘rtasida qator baxsli holatlar mavjud.
Bir qator taniqli moliyachilar moliyaning 3 ta funksiyasi mavjudligini e’tirof etishadi.
A.M.Birman moliyaning quyidagi funksiyalari mavjudligini e’tirof etadi:

  1. Xo‘jalik yuritish jarayonini pul mablag‘lari bilan ta’minlash

  2. Nazorat

  3. Taqsimlash

A.M.Aleksandrov va E.A.Voznesenskiy tasdiqlaydiki, moliya quyidagi funksiyalarni bajaradi:

  1. Pul fondlarini shakllantirish

  2. Shakllantirilgan pul fondlaridan foydalanish

  3. Nazorat

I.T.Balabanovning fikriga ko‘ra bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaning taqsimlash funksiyasi o‘zining mazmunini yo‘qotadi.
Iqtisodchi V.M.Rodionovaning fikriga ko‘ra, moliya taqsimlash va nazorat funksiyalarni bajaradi.
Hozirgi sharoitda O‘zbekistonlik iqtisodchi olimlar moliyaning taqsimlash va nazorat funksiyalarini bajarishini e’tirof etishadi.
Iqtisodiy subyektlarning asosiy maqsadi foyda olish hisoblanadi.
Foyda markazlashtirilmagan pul fondlarining asosiy moliyaviy manbai hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilikning ko‘p ukladli shakllarini paydo bo‘lishi va bozor iqtisodiyotining amal qilishi to‘liq iqtisodiy mustaqillikni ta’minlovchi demokratik tizimni shakllantirishni obyektiv zarur qilib qo‘yadi. Bunday sharoitda iqtisodiy subyektlar faoliyatining moliyaviy natijalari, ya’ni tadbirkorlik foydasini taqsimlash ular tomonidan qabul qilinadigan moliyaviy qarorlarga bog‘liqdir.
Savol tug‘iladi. Turli darajadagi ko‘p sonli fondlarni shakllantirishning asosiy moliyaviy manbalari nima hisoblanadi?
Albatta bunda makrodarajada Yalpi ichki mahsulot. Yalpi ichki mahsulotni taqsimlash jarayoni turli xil moliyaviy dastaklar: me’yorlar, stavkalar, tariflar, ajratmalar va boshqa moliyaviy dastaklar vositasida amalga oshiriladi.
Mikrodarajada esa, uning manbai korxonalar pul daromadlari va jamg‘armalari hisoblanadi.
Jamiyat taraqqiyotining turli ijtimoiy-iqtisodiy bosqichlarida, turli moliyaviy tizimlar amal qiladi, ba’zi hollarda mavjud iqtisodiy munosabatlarni muvaffaqiyatli obyektiv namoyon qiladi, boshqa hollarda esa, muvaffaqiyatsizroq, biroq moliya har doim taqsimlash funksiyasini bajaradi.
Moliyaning boshqa muhim funksiyasi nazoratdir. U taqsimlash funksiyasi bilan uzviy bog‘liqdir. Moliya munosabatlarining turli tarkibi orasida pul fondlarining shakllanishi va ishlatilishi nazorati bilan bog‘liq bo‘lmagan birorta ham munosabat yo‘qdir. Shu bilan birga faqatgina nazorat bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy munosabat ham yo‘q.
Moliya ijtimoiy mahsulot va milliy daromadni shakllantirish, taqsimlash va ishlatishning barcha bosqichlarida nazoratni amalga oshiradi. Nazoratni bosh maqsadi ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, xalq xo‘jaligining barcha bo‘g‘inlarida ishning sifatini yaxshilash maqsadida markazlashgan va markazlashmagan pul fondlaridan oqilona foydalanishga erishishdir.
Moliyaning nazorat funksiyasi korxonalarni barcha xo‘jalik faoliyatlarida namoyon bo‘ladi. So‘m orqali nazorat qilish ishlab chiqarish va noishlab chiqarish xarajatlari ustidan, bu xarajatlarning daromadlarga mos kelishi ustidan, asosiy fondlar va aylanma mablag‘larning shakllanishi va ishlatilishi ustidan amalga oshiriladi. Mazkur nazorat mablag‘lar aylanishining barcha bosqichlarida - moliyalashtirish va kreditlashtirishda, naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishda, budjet va moliya tizimining boshqa bo‘g‘inlari bilan o‘zaro aloqalarda amal qiladi. So‘m orqali nazorat yordamida mahsulot realizatsiyasi jarayoniga, shartnoma bo‘yicha shartlarni bajarilishiga, rentabellikka, foydaga, fond qiymatiga, aylanma mablag‘lar aylanishiga ta’sir o‘tkazadi.
Shunday qilib so‘m orqali nazorat daromadlar o‘sishini, mablag‘lar va moddiy boyliklar oqilona sarflanishini rag‘batlantiradi, korxonalarni kamchiliklarni bartaraf etishga, xo‘jalik faoliyatini yaxshilashga, uning samaradorligini oshirishga, xo‘jasizlik va isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslikka majbur qiladi. So‘m orqali nazoratning muhim xususiyati shunda namoyon bo‘ladiki, u mablag‘lar kelib tushishi va ishlatilishi jarayonida uzluksiz davom etadi va maxsus tekshiruv hamda kuzatishlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lmay, mustaqil ahamiyat kasb etadi.

Download 284.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling