O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sirtqi fakulteti


Download 137.01 Kb.
Sana21.09.2023
Hajmi137.01 Kb.
#1683831
Bog'liq
Bugalteriya mustqil ish


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
SIRTQI FAKULTETI

‘‘Bugalteriya”


fanidan


MUSTAQIL ISH


MAVZU: Yaroqsiz mahsulot (ish, xizmat)lar va nobudgarchiliklar hisobi, kelgusi davr xarajatlari hisobi, hamda tugallanmagan ishlab chiqarishni baholash va hisobga olish.


Bajardi: SMMT-92/21 guruh talabasi: Toychiyev Sherzod
TOSHKENT – 2023
Korxonalar - jamiyat ehtiyojini qondirish va foyda (daromad) olish maqsadida mahsulot ishlab chiqarish, ishlar va xizmatlar bajarish uchun belgilangan qonun asosida tashkil qilingan mustaqil xo'jalik yurituvchi subyekt bo'lib hisoblanadi. «Q'zbekiston Respublikasida korxonalar to'g'risida»gi qonunda korxonalarning tashkiliy huquqiy shakllari belgilab berilgan. Ularning asosiylari davlat, fermer, xususiy, oilaviy, mahalla, to'liq shirkat, yopiq turdagi hissadorlik jarniyati, ochiq turdagi hissadorlik jamiyati, ijara, fermer (dehqon) xo'jaliklari va boshqalar hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonada buxgalteriya hisobi ishlarini to'g'ri tashkil qilish g'oyat muhim ahamiyatga ega. Korxona va tashkilotlarda buxgalteriya hisobi sodir bo'layotgan xo'jalik jarayoni hamda muomalalarini kuzatib va qayd etib qolmasdan, ishlab chiqarish rejasining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshira borib, rejalashtirish, nazorat qilish va iqtisodiyotni boshqarish ishida asosiy vazifani bajaradi. Shu boisdan ham hisob ishlarini tashkil qilish masalalariga katta e'tibor qaratiladi. Hozirgi kunda buxgalteriya hisobi ishlarini tashkil qilishga qo'yilgan eng asosiy talab - bu, uning kam xarajatli va sodda bo'lishidir. Korxonada hisob ishlari ana shunday tashkil etilgandagina, buxgalteriya hisobi yuqori samaraga hamda yaxshi natijalarga erishish mumkin. Buning uchun eng avvalo, har bir korxonaning o'ziga xos tannoq xususiyatlarini va boshqa jihatlarini chuqur o'rganish lozim. Har bir korxonada tashkil etilgan buxgalteriya hisobi xo'jalik faoliyati jarayonida sodir bo'layotgan xo'jalik muomalalarini uzluksiz kuzatish va uning natijalarini son ko'rsatkichlarida ifodalash, keyin ularni yoppasiga maxsus hujjatlarda aks ettirishni ta'minlash lozirn. Shu bilan birgalikda korxona biznes-rejasini va kelgusidagi strategik dasturlarini tuzishda kerakli ma'lumotlar bilan ta'minlashi va ularning bajarilishi ustidan amaliy ravishda nazorat olib borishi kerak.
Mamlakatimizda buxgalteriya hisobi bO'yicha umumiy rahbarlik vazifasi O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining buxgalteriya hisobi va auditi uslubiyati boshqannasi zimmasiga yuklatilgan. Bu boshqanna dastlabki hisob masalalari bo'yicha xalq xo'jaligi tarmoqlariga umumiy rahbarlik qilib, buxgalteriya hisobi bO'yicha kadrlar tayyorlash va ular malakasini oshirish bo'yicha ish olib boradi hamda dastlabki hisobning tipik shakllarini ishlab chiqib, nashr qildiradi, barcha xo'jalik yurituvchi subyektlar uchun majburiy bo'lgan hisob va hisobot masalalari bo'yicha yo'riqnoma, uslubiy ko'rsatmalar ishlab chiqadi. Buxgalteriya hisobini to'g'ri tashkil qilish bO'yicha metodologik rahbarlik ham Moliya vazirligining buxgalteriya hisobi va auditi uslubiyati boshqannasi tomonidan olib boriladi. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan kelishilgan holda buxgalteriya hisobi schyotlar rejasini, buxgalteriya hisobi va hisobotining tipik shakllarini, ulardan foydalanishga oid yo'riqnomalarni tasdiqlaydi, buxgalteriya hisobini yaxshilash va takomillashtirishga doir takliflarni joriy qiladi. u?Buxgalteriya hisobi - bu, kundalik va umumiy ma'lumotlar olish maqsadida ayrim korxona, hissadorlik jamiyati, muassasa, tashkilot va boshqalarning xo'jalik faoliyatini uzluksiz ravishda kuzatish va nazorat qilish tizimidan iboratdir.~Buxgalteriya hisobining maqsadi foydalanuvchilarni to'liq, ishonarli, o'z vaqtida tuzilgan moliyaviy va buxgalterlya hisobining boshqa axborotlari bilan ta'minlashdan iborat.
Respublikamiz mustaqillikka erishgan vaqtdan boshlab bozor iqtisodiyoti talablari va moliyaviy hisobotning xalqaro andozalariga muvofiqlashtirish maqsadida buxgalteriya hisobi tizimi bosqichmabosqich isloh qilib kelinmoqda, ushbu islohotni iqtisodiy, fuqarolikhuquqiy sohada yuz berayotgan jarayonlar va buxgalteriya hisobi bobida xalqaro rniqyosda uyg'unlashtirish zaruriyati taqozo etdi. Bozor iqtisodiyoti buxgalteriya hisobi faqat hisob yuritish siyosati va statistika vazifasini bajarib qolmasdan, balki manfaatdor tomonlarga 7 tasarrufida mavjud bo'lgan moliyaviy resurslardan qanday qilib yaxshiroq foydalanish to'g'risida xolis va asoslangan qaror qabul qilishi uchun xo'jalik yurituvchi subyektning faoliyati to'g'risida axborot to'plash, uni qayta ishlash va uzatish vositasiga aylandi. Hozirgi paytda buxgalterlar ishiga qo'yiladigan talablar tubdan o'zgarmoqda. Buxgalter korxona rahbariga moliyaviy ahvolning barqarorligini oshirishga imkon beradigan yo'llami ko'rsatib berishi, iqtisodiy tahlil, umuman korxonaning pul oqimlari va moliyasini boshqarish bilan, ya'ni moliyaviy menejment bilan shug'ullanishi kerak. Buning uchun, eng avvalo, buxgalterlar BHMA larini va hisob ishlariga oid me'yoriyhuquqiy hujjatlami bilishlari lozim. Ana shundagina buxgalteriya hisobini samarali tashkil qilishga erishish mumkin. Mavjud xalqaro amaliyot buxgalteriya hisobini me'yorlar yordamida boshqarishning 4 darajali tizimini ko'zda tutadi. Birinchi daraja - qonun hujjatlari, masalan, «Buxgalteriya hisobi to'g'risida»gi Qonun. Ikkinchi daraja - asosiy qoidalar majmui, ya'ni buxgalteriya andozalari. Mazkur darajada buxgalteriya tushunchalari va qoidalari shunday belgilanadiki, toki ular buxgalteriya hisobi bilan bog'liq shaxslar tomonidan bir xilda talqin etilsin. Uchinchi daraja - turli idoralar tomonidan turli tarmoqlar va um.uman mamlakat bo'yicha ishlab chiqiladigan, buxgalteriya hisobini yuritish bo'yicha xilma-xil uslubiy ko'rsatmalar, tavsiyalar. To'rtinchi daraja - hisob siyosatini belgilash va hujjatlar aylanishini yuritish uchun korxonada chiqarilgan ichki ish hujjatlari. Hozirgi kunda mamlakatimizda buxgalteriya hisobi me'yoriy boshqaruvining ana shu to'rt darajali tizimini jahon andozalari talablari darajasida tashkil qilishga harakat qilinmoqda.

Korxona bosh buxgalteri rahbar bilan birgalikda tovar-moddiy boyliklar va pul mablag'larini qabul qilish hamda berish uchun asos bo'ladigan hujjatlarga, shuningdek, hisob-kitob, kredit va moliyaviy majburiyatlar hamda xo'jalik shartnomalariga imzo chekadi. Ushbu hujjatlarda bosh buxgalterning imzosi bo'lmasa, u huqiqiy deb topilmaydi. Hujjatlarga imzo chekish huquqi korxona, muassasa rahbarining yozma ravishdagi farmoyishi bilan vakolatli shaxslarga berilishi mumkin. Korxonada moddiy javobgar shaxslami (kassir, ombor mudiri va boshqalarni) ishga tayinlash, vazifasini o'zgartirish va ishdan bo'shatish bosh buxgalter bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Agar korxonabosh buxgalteri o'zgartirilsa, uning ishlari yangi tayinlangan bosh buxgalter zimmasiga yuklatiladi. Ushbu jarayonda buxgalteriya hisobining holati va hisobot ma'lumotlarining aniqltgi tekshirilib, korxona rahbari tasdiqlaydigan tegishli dalolatnoma tuziladi. Korxonanng chorak va yillik moliyaviy hisobotlariga rahbar va bosh buxgalter imzo chekadi. Agarda korxonaning buxgalteriya hisobi ishlari shartnoma asosida ixtisoslashtirilgan tashkilot yoki mutaxassis tomonidan yuritilsa, moliyaviy hisobotga korxona rahbari va buxgalteriya hisobini yuritadigan mutaxassis imzo chekadi.


Hisoblashish bo'limi. Dastlabki hujjatlarga asosan ish haqini hisoblash va undan ushlanmalar bo'yicha barcha hisoblashishlar olib boriladi.
. Ishlab chiqarish-kalkulyatsiya bo'limi. Bu bo'limda barcha turdagi ishlab chiqarish xarajatlari hisobi yuritiladi va ishlab chiqarilgan mahsulotlarning haqiqiy tannarxi aniqlanadi hamda hisobot tuziladi, tugallanmagan ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlar tarkibi aniqlanadi
Umumiy bo'lim. Bu bo'limda yuqorida sanab o'tilgan bo'limlarda hisobga olinmaydigan muomalalar hisobi yuritiladi, bosh daftar yuritiladi va buxgalteriya hisoboti tuziladi.
Korxonalardagi buxgalteriya apparatining ish sharoitlari har xilliligiga muvofiq ravishda ularning tuzilmasi ham har xiI bo'ladi. Korxona buxgalteriyasi mustaqil bo'lim hisoblanib, uning bir nechta hisob ishlari bilan shug'ullanuvchi bo'linmalari bor. Ayrim katta korxonalarda taftish-metodologik guruh ham tashkil qilinadi. Bular buxgalteriya apparati xodirnlariga ko'rsatmalar berish, yozma yo'riqnomalar tayyorlash, muayyan korxonaga qarashli harnma tarrnoqlarni taftish qilish va buxgalterlarning malakasini oshirish bilan shug'ullanadi.
Hisob siyosatini shakllantirishda buxgalteriya hisobini yuritish uchun tanlangan usullar ma'muriy hujjat e'lon qilingan yildan keyingi yilning l-yanvaridan boshlab qo'llaniladi. Hisobot yili davomida yangi tuzilgan xo'jalik yurituvchi subyektlar bundan mustasno. Yangi tuzilgan xo'jalik yurituvchi subyekt birinchi hisobotini e'lon qilgunga qadar, o'zi tanlagan hisob yuritish siyosatini rasmiylashtiradi va uni yuridik shaxs maqomini olgan vaqtdan boshlab, 90 kun ichida amalga oshiradi. Kalendar yili davomida hisob yuritish siyosati o'zgartirilmaydi.
Xo'jalik yurituvchi subyektning hisob yuritish siyosati I-son BHMAning 16-50-bandlarida va «Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning konseptual asoslari»da keltirilgan asosiy tamoyillarga asosan aniqlanishi kerak.
Download 137.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling