4-mavzu: sotsiologiya strukturasi
Download 64.1 Kb.
|
4-mavzu sotsiologiya strukturasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Makrosotsiologiya, o’rta darajadagi sotsiologiya va mikrosotsiologiya 1.
3-mavzu: SOTSIOLOGIYA STRUKTURASI REJA Sotsiologiya fani strukturasining tarkibiy qismlari Fundamental va amaliy sotsiologiya. Nazariy va empirik tadqiqotlar. Maxsus va tarmoq yo’nalishlar Makrosotsiologiya, o’rta darajadagi sotsiologiya va mikrosotsiologiya 1. Sotsiologiya fani boshqa fanlar kabi o’zining struktura1siga, ya’ni ichki tuzilishiga ega. Fanning strukturasi deyilganida, fandagi asosiy elementlarning o’zaro aloqadorlikda joylashishi, munosabati va tartibi tushuniladi. Fanning rivojlanganlik darajasi uning strukturasi holatini hamda mukammalligini belgilab beradi. Fan o’zining umumiy asoslari, kategoriya va tushunchalari, bilishning turli darajalari va shakllarini ishlab chiqib, ularning o’rtasida qat'iy mantiqiy bog’lanish va muvofiqlikka erishsa, bir yaxlit sistema2 sifatida qaror topgan va o’z strukturasiga ega bo’lgan hisoblanadi. Sotsiologiya fani boshqa ijtimoiy fanlarga nisbatan kech yuzaga kelgani uchun bugungi kunda xali o’zining tugal va mukammal strukturasiga ega emas. U yosh fan sifatida turli xil rivojlanish yo’nalishlari va ilmiy tizimlarning to’plami sifatida namoyon bo’lmoqda. Bugungi kunda sotsiologiyaning fanining o’rganish predmeti va mazkur predmet asoslangan ilmiy kontseptsiyalar sotsiologik bilimning strukturasini belgilab bermoqda. Shuning asosida sotsiologiya o’zining bilim darajasiga ko’ra, nazariy va empirik sotsiologiya; tashkil etuvchi sotsiologik bilim vazifalariga ko’ra, fundamental va amaliy sotsiologiya; tadqiqot ob’ekti (butun jamiyat yoki uning ma’lum qismi)ga ko’ra, umumiy va tarmoq sotsiologiyasi (makrosotsiologiya va mikrosotsiologiya); tuzilish sohasiga ko’ra, mahsus va tarmoq yo’nalishlar sotsiologiyasiga bo’linadi. Sotsiologiya fanining mazkur tarkibiy qismlari o’zaro uzviy bog’liqlikda bo’lib, ayrim hollarda bir-birlariga qo’shilib ketadi, boshqa hollarda esa bir-birlarini inkor qiladi. Sotsiologiya strukturasida bilim olish darajasiga ko’ra fundamental va amaliy sotsiologiyaga ajratiladi. Download 64.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling