102
Birinchi bosqich ilmiy –tadqiqot bo‗lib, qoidaga ko‗ra u ishlab chiqarishni
zavoddan tashqari tayyorlashga kiradi. Ushbu bosqichda nazariy va eksperimental
tadqiqotlar, patent qidiruvi, shaxsiy ixtiro faoliyati, shuningdek, stend yoki alohida
qism ko‗rinishidagi yangi texnikaning tajriba nusxasini
yaratish ishlari olib
boriladi.
Ikkinchi bosqich konstruktorlik tayyorgarligi bo‗lib, unda yangi mahsulot
turini ishlab chiqarish uchun zarur bo‗ladigan texnik hujjatlarni tayyorlash, tajriba
nushalari va partiyalarini tayyorlash hamda uni sinovdan o‗tkazish,
mahsulotni
seriyali ishlab chiqarishni tashkil etish ishlari amalga oshiriladi. Aniq mavjud
shart-sharoitlarga qarab, ushbu faoliyat alohida maxsuslashtirilgan
konstruktorlik
muassasalarida ilmiy-tadqiqot insitutlarida yoki korxonalar konstruktorlik
byurolarida amalga oshiriladi.
Uchinchi bosqich – ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash.
Bunda
buyumni tayyorlashning texnologik jarayonini ishlab chiqish va uni tatbiq etish,
texnologik ta‘minotni loyihalashtirish ishlari amalga oshiriladi.
To„rtinchi bosqich – ishlab chiqarishni tashkiliy –
iqtisodiy jihatdan
tayyorlash. Bunda yangi turdagi buyumni ishlab chiqarishning tashkiliy tomonlari,
zarur bo‗ladigan resurslarga ehtiyoj hisob-kitobi, bajaruvchilar, kutiladigan texnik-
iqtisodiy ko‗rsatkichlar hisob-kitobi bajariladi.
4.2 Ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlarini
tashkil etish
Paxta tozalash sanoati va paxtachilik mashinasozligida yangi texnikalarni
yaratish,
mavjudlarini takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirishning
asosiy yo‗nalishlari quyidagilar hisoblanadi (4.2-rasm):
Texnologik jarayonlarda bir-biridan ko‗p o‗tishlikni
qisqartirish,
avtomatik liniyalarni yaratish;
103
Boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlarini ishlab chiqish va keng
miqyosda ishlab chiqarishga joriy etish; texnologik
jarayonlarni boshqarishda
zamonaviy EHM lardan samarali foydalanishni tashkil etish;
Material-, energiya-, mehnat sig‗imlarini kamaytirish;
Do'stlaringiz bilan baham: