O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti


Topshiriqnomada paxtaning quritish va tozalashgacha bo„lgan va


Download 4.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/111
Sana03.10.2023
Hajmi4.06 Mb.
#1690916
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   111
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма

Topshiriqnomada paxtaning quritish va tozalashgacha bo„lgan va 
undan keyingi miqdori hamda sifat ko„rsatkichlari qayd etiladi. 
Paxta zavodida paxta harakatini hisobga olishning 27-XL shakldagi daftar
raqamlangan, ip o‗tkazib tikilgan, imzo va muhr bilan tasdiqlangan bo‗lishi zarur. 
Qabul qilib olingan paxtaga haq to„lash. Qabul qilib olingan paxtaning 
miqdori va sifati haqida guvohlik beruvchi va shu asosda tayyorlov maskani 
xo‗jalik bilan hisob-kitob qiladigan hujjat paxta xarid qilishga oid qabul 
kvitansiyasi (№ PK – 17 shakli) hisoblanadi. 
Xo‗jalikdagi bir kun ichida qabul qilib olingan bir xil seleksion navli bir xil 
terimda olingan va bir xil maqsaddagi (urug‗lik yoki texnikaviy) paxta va alohida 
erdam terib olingan paxtaga uch nusxada bitta kvitansiya yoziladi. Kvitansiya 
barcha bo‗limlari bo‗yicha tartib bilan, tushunarli qilib to‗ldirilishi kerak. 
Paxta qabul qilish uchun mo‗ljallangan № PK – 17 shaklidagi qabul 
kvitansiyasini katta saralovchi yoki saralovchi – tarozibon to‗ldiradi. Kun 
davomida ular qabul kvitansiyasining I – bo‗limida har bir № 1 SX (paxta) 
shaklidagi nakladnoy bo‗yicha sanoat navlariga qarab alohida–alohida qabul 


96 
qilingan paxtaning haqikiy miqdorini yozib boradi. Kun oxirida kvitansiyaning I – 
bo‗limini rasmiylashtirishni tugallashadi, navlar va partiyalar bo‗yicha yakunlarni 
hisoblab chiqishadi. Tayyorlov maskanida №3 – XL shakli bo‗yicha qabul qilingan 
paxta uchun kvitansiyalar ro‗yxatini tuzishadi. №PK – 17 shakli barcha uch 
nusxadagi qabul kvitansiyalari va №3 – XL shaklidagi ikki nusxadagi qabul 
kvitansiyalari ro‗yxati imzolanadi va №1 – SX (paxta) shaklidagi nakladnoylar 
bilan hisob-kitob qilish uchun tayyorlov maskani buxgalteriyasiga jo‗natiladi. 
Tayyorlov maskanining katta buxgalteri katta saralovchining №3–XL 
shaklidagi qabul kvitansiyalari ro‗yxati bo‗yicha hisoblarini tekshirib chiqqach
ro‗yxatni imzolaydi va bir nusxasini katta saralovchiga qaytaradi. 
So‗ngra katta buxgalter qabul kvitansiyasining I – bo‗limidagi yakuniy 
ma‘lumotlar qanchalik to‗g‗ri hisoblab chiqilganligini tekshiradi va ularni 
kvitansiyasining «Paxta navlari va to‗plash partiyalari bo‗yicha qabul qilinadi» 
degan II – bo‗limiga o‗tkazadi. 
Laboratoriya tahlillari ma‘lumotlariga asoslanib, har qaysi sanoat navi 
bo‗yicha paxtaning amalda necha foiz ifloslanganligi va namligi yozib qo‗yiladi 
hamda qabul qilingan paxtaning mo‗ljaldagi va konditsion vazni aniqlanadi.
Amaldagi «Paxta va g‗o‗zapoya xarid narxlari preyskuranti» bo‗yicha xarid 
narxlari qo‗yib chiqiladi va qabul qilingan paxta qiymatining summasi belgilanadi. 
Tayyorlov maskani katta buxgalteri paxta partiyalari va navlari bo‗yicha 
hisoblarni tugatgach, kun mobaynidagi yakunlarni hisoblab chiqadi. 
Qabul kvitansiyasining III – bo‗limidagi «Qabul qilingan paxta uchun 
to‗lanadigan haq» degan joyga tayyorlov maskanining katta buxgalteri qo‗shimcha 
haq, ushlab qolingan pul summalarini yozib chiqadi va to‗lashga tegishli butun 
summani aniqlaydi. 
Qabul qilingan paxta xom-ashyosi uchun hisob-kitoblar uning tarkibidagi 
tolaning sifati va miqdoriga ko‗ra ikki bosqichda amalga oshiriladi: 
Birinchi bosqich - tayyorlash mavsumida paxta xom-ashyosining sifatini 
hisobga olgan holda tiplari (seleksion navlari) va sanoat navlari bo‗yicha dastlabki 
hisob-kitob qilish; 


97 
Ikkinchi bosqich - paxta xom-ashyosini qayta ishlash tugallangach tola 
chiqishiga ko‗ra uzil-kesil hisob-kitob qilish. 
Paxta xom-ashyosi qabul qilingan kunning ertasidan kechiktirmay amalga 
oshiriladigan 
birinchi 
bosqichdagi 
dastlabki 
hisob-kitobda 
№70-03-04 
preyskurantining harid narxlari bo‗yicha xo‗jalikka xom-ashyo bahosining 90 foizi 
to‗lanadi. 
Xom-ashyoning xarid narxlarida 90 foiz miqdordagi to‗lov miqdorini 
aniqlash uchun №PK – 17 qabul kvitansiyasining tegishli qatoridagi «Pul» 
(summa) degan bandga kasr shaklida yoziladi: 
- kasr suratiga – paxta xom-ashyosining 100 foiz xarid narxlaridagi bahosi; 
- maxrajiga – hisoblab chiqilgan pul miqdorining xo‗jalikka to‗lanadigan 90 
foizi. 
Tola chiqishi hisobga olingan holdagi paxta xom-ashyosining bahosi qabul 
qilingan har bir seleksion va sanoat navi xom-ashyosi bo‗yicha quyidagi formula 
bilan hisoblanadi: 
;
100
Вв
Мк
Ц
C



(3.8) 
Bunda, S – mazkur seleksion va sanoat navi paxta xom-ashyosining 
bahosi, so‗m; 
S – amaldagi xarid narxi, 1 tonna uchun so‗m; 
Mk – qayta ishlash paytida paxta xom-ashyosidan olingan 
tolaning haqikiy konditsion vazni, tonna; 
Vv – bitim –shartnomada ko‗rsatilgan me‘yoriy tola
chiqishi, %. 
Xo‗jalik bilan tola chiqishi ham hisobga olingan holda paxta xom-
ashyosining topshirilgani uchun uzil–kesil hisob-kitob qilishda sotilgan barcha 
seleksion va sanoat navlari xom-ashyoning tola chiqishi ham hisobga olingan 


98 
holdagi bahosi bilan birinchi bosqichda amalda unga to‗langan pul o‗rtasidagi farq 
ham to‗lanishi kerak. 
Agar tola chiqishi ham hisobga olingan holda paxta xom-ashyosining 
umumiy bahosi preyskurant bo‗yicha xarid narxlaridagi baholash miqdoriga teng 
bo‗lsa, u holda xo‗jalikka to‗lanmagan (10 foiz miqdordagi) pul o‗tkazib beriladi.
Agarda tola chiqishi ham hisobga olingan holdagi paxta xom-ashyosining 
bahosi amaldagi xarid narxlarida baholanganligidan ham oshib ketsa, xo‗jalikka 
to‗lanmagan 10 foiz miqdordagi mablaQ, shuningdek tolasi me‘yordan yuqori 
darajada chiqqan paxtaning xo‗jaliklar va paxta zavodlari o‗rtasida 60 va 40 
foizdan taqsimlanadigan (hisobiy) qiymatining tegishli qismi xo‗jalik hisobiga 
o‗tkaziladi. 
Agar paxtaning tola chiqishi ham hisobga olingan bahosi amaldagi xarid 
narxlariga ko‗ra baholanganidan kam, ammo amalda to‗langan pul miqdoridan 
ko‗p bo‗lsa, u holda paxtaning preyskurantidagi xarid narxlari bo‗yicha bahosi 
bilan tola chiqishi hisobga olingandagi bahosi o‗rtasidagi farq xo‗jalik va paxta 
zavodiga teng miqdorda tegishli bo‗ladi. 

Download 4.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling