O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti


Qabul qilingan paxta sifati va vaznini aniqlash


Download 4.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/111
Sana03.10.2023
Hajmi4.06 Mb.
#1690916
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   111
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма

Qabul qilingan paxta sifati va vaznini aniqlash. Paxta xom-ashyosinig 
sifatini aniqlash uchun namuna olish O‗zRST 643-95 «Paxta.Namuna tanlash 
usullari» davlat standarti asosida amalga oshiriladi. 
Namuna tayyorlov maskanida paxtani tortish oldidan olinadi. Namunani 
paxtani tushirish paytida ham olish mumkin.
Namlikni aniqlash O‗zRST 644-95 «Paxta.Namlikni aniqlash usullari» 
standarti bo‗yicha, ifloslikni aniqlash O‗zRST 593-92 «Paxta Iflosliklarni aniqlash 
usullari» standarti bo‗yicha amalga oshiriladi.
Olingan namunaning namligi va iflosligini aniqlash, namuna solinadigan 
tunuka bankalarni saqlash uchun bostirma ostida quyosh nurlari tushmaydigan, 
chang va yog‗in-sochindan himoyalangan alohida joy ajratish zarur.
Sifat ko‗rsatkichlarini aniqlash uchun olib kelingan paxta partiyasining turli 
joylaridan namuna olinib, tekshiriladi. 
Tashib keltirilagan paxta partiyalaridan namuna I zona klassifiqatori 
tomonidan topshiruvchi ishtirokida har 2 tonna paxta hisobidan qo‗l bilan olinadi.
Namuna kamida uch joydan, turli qatlamlardan taxminan 100-150 gramdan 
olinadi.
Paxtaning navi, namlik va ifloslik darajasi amaldagi usullar, sozlangan jihoz 
va uskunalar yordamida aniqlanadi.
Saralovchitomonidan namuna olishning to‗g‗riligi, laborantlarning ishlari, 
laboratoriyadagi jihoz va uskunalarning sozligini muntazam ravishda nazorat qilib 
turish paxta zavodi texnika nazorati bo‗limining boshlig‗i hamda laboratoriya 
mudiri (katta laborant) zimmasiga yuklatiladi. 
Nazorat tekshirishlarda hamma paytlarda quyidagicha foiz ko‗rsatkichlariga 
yo‗l qo‗yish mumkin: iflosligi bo‗yicha bir marta tekshirishda 10 foiz (nisbiy), 
namligi bo‗yicha uch marta takroriy tekshirishda – 5 foiz (nisbiy). 
Agar dastlabki va qayta tekshirishlar orasidagi ko‗rsatkichlarining farqi 
yuqoridagidan ortmasa, dastlabki tahlil natijalari to‗Qri deb hisoblanadi.


85 
Saralovchi kunlik o‗rtacha namunalar solingan har bir katta bankaga tahlil 
natijalari yozilgan №2 – XL shaklidagi ma‘lumotnomani yopishtiradi. Bu 
ma‘lumotnomaga namuna olgan saralovchi va xo‗jalik vakili imzo chekadi. 
Laborant paxtaning navi, namligi va iflosligi uchun tahlil o‗tkazgandan 
so‗ng natijalarni №2– XL shaklidagi ma‘lumotnomaga va laboratoriya jurnaliga 
qayd etib, imzo chekadi. 
Ma‘lumotnomaning old tomoniga saralovchi va paxta topshiruvchi, orqa 
tomoniga namuna olgan saralovchi, laboratoriya mudiri (katta laborant) imzo 
chekadilar. 
Ma‘lumotnoma to‗lg‗azilganidan so‗ng buxgalteriyaga topshiriladi. 
Kunlik o‗rtacha olingan namunalar paxtani qabul qilish tugagach xo‗jalik 
kun bo‗yi topshirgan paxtaning umumiy hisobiga qo‗shiladi. 
Tayyorlov maskani laboratoriyasi tomonidan partiyalar (xo‗jaliklar, bo‗lim, 
brigadalar) bo‗yicha paxtaning namligi va iflosligini aniqlash uchun o‗tkazilgan 
tahlil natijalari uning konditsion vazniga haq to‗lash uchun yakuniy xulosa deb 
hisoblanadi. 
Xo‗jaliklar bilan pul hisob-kitoblari hamda rejani bajarish hisoblari 
paxtaning har kuni aniqlab berilgan konditsion vazni asosida amalga oshiriladi. 
Paxtaning kilogrammlar hisobidagi konditsion vazni quyidagi formula bilan
hisoblanadi: 
;
100
100


Мр
Мк




(3.6) 
;
100
100
Зр
Зф
Мф
Мр




(3.7) 
Bunda, Mr – paxtaning iflos aralashmalari hisobiy me‘yorga
keltirilgan vazni, kg; 
Mf – qabul qilib olingan paxtaning fizik vazni, kg; 
Wr – namlikning 9,0% - ga teng bo‗lgan vazniy 


86 
nisbatining hisobiy me‘yori; 
Wf – haqiqiy namlikning vazniy nisbati; %;
Zr – iflos aralashmaning 2,0 % ga teng bo‗lgan hisob vazn
ulushi, me‘yori; 
Zf – paxtaning iflos aralashmalarining % haqiqiy vazn
ulushi, %. 
Konditsion vaznni hisoblash dastlabki o‗nlik belgisigacha aniqlik bilan 
amalga oshiriladi va butun songa yaxlitlanadi. 

Download 4.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling