O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti
Sanoat korxonalarida xom ashyo ta‟minoti
Download 4.06 Mb. Pdf ko'rish
|
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма
3.3 Sanoat korxonalarida xom ashyo ta‟minoti
Paxta xom-ashyosini tayyorlash tizimining vazifalari. Paxta tozalash hissadorlik jamiyatlari paxta xom-ashyosini qayta ishlash bilan bir qatorda, uni tayyorlash, g‗aramlash va saqlash ishlarini ham amalga oshiradi. Paxta xom-ashyosi zavod hududida va tashqarisida joylashgan tayyorlash maskanlarida to‗dalab qabul qilinadi. Seleksion va sanoat navi, turi hamda sinfiga tegishli sifati to‗g‗risida ilova qilingan hujjat bilan rasmiylashtirishgan paxta miqdori to‘da hisoblanadi. Agar bu to‗dada turli seleksion va sanoat navlari turlari hamda sinflariga tegishli paxta aralashtirilgan bo‗lsa, paxta shu to‗dada mavjud bo‗lgan eng past nav, tur va sinflari bo‗yicha qabul qilinadi. Paxta etishtiruvchi xo‗jaliklardan paxta xom-ashyosini harid qilish va uni saqlashni tashkil etish maqsadida paxta tozalash sanoati tizimida tayyorlov tizimi alohida tashkil etilgan. Paxta tayyorlash maskani paxta tozalash hissadorlik jamiyatining tarkibiy tuzilmalaridan biri hisobilanib, xo‗jalik hisobi bo‗yicha faoliyat yuritadi. U murakkab xo‗jalik hisobilanib, o‗zining tarkibiga paxta xom-ashyosini qabul qilish va saqlashga mo‗ljallangan yopiq omborlar va g‗aramlash maydonlarini, ortish- tushirish ishlarini bajaruvchi mexanizmlar, tortish xo‗jaligi, yong‗inga qarshi 75 inshootlar va asbob-uskunalarni oladi. Paxta tayyorlash maskanlarida bundan tashqari laboratoriya, ma‘muriy va turar-joy binolari hamda materiallarini saqlash omborlari mavjud. Asosiy qismi elektrlashtirilgan bo‗lib, ko‗pchiligida quritish-tozalash sexlari (QTS) qurilgan. Paxta tayyorlash maskanlari zavod qoshidagi va zavod tashqarisidagi kabi ikki turga bo‗linadi. Zavod qoshidagi paxta tayyorlash maskani xo‗jaliklardan zavod territoriyasi yoki unga tutash hududda paxta xom-ashyosini qabul qiladi. Zavod tashqarisidagi paxta tayyorlash maskani esa xo‗jaliklardan zavoddan bir qancha uzoqroq hududda paxta xom-ashyosini qabul qiladi. Paxta xom-ashyosi ikki-uch zonali tarkibda qabul qilinadi. Ikki yoki uch zonali tarkibda qabul tartibi har bir maskanda paxta tozalash zavodi hissadorlik jamiyati raisining buyrug‗i bilan amalga oshiriladi. Uch zonali qabulda tayyorlov maskani hududi uchta zonaga bo‗linadi: birinchi zonada – xo‗jalikdan keltirilgan paxtaning sifati aniqlanadi; ikkinchi zonada – paxta tortiladi; uchinchi zonada – paxta tushirilib, g‗aramlash maydonchalari va omborlarga joylanadi. Quritish – tozalash sexi ham uchinchi zonaga kiradi. Ikki zonali qabulda qabul qilinayotgan paxtaning sifatini aniqlash va tortish I zonada amalga oshiriladi. Paxtani harid qilish bo‗yicha belgilangan rejalarni bajarish, uni o‗z vaqtida qabul qilish, to‗g‗ri jamlash, markazlashgan usulda quritish va tozalash hamda yaxshi saqlashni ta‘minlash maqsadlarida paxta zavodlari va tayyorlov maskanlariga quyidagi vazifalar yuklanadi: Paxtani davlatga sotish uchun xo‗jaliklar bilan kontraktatsiya shartnomasi tuzish va bu shartnomaning bajarilishi nazorat qilish; Xo‗jaliklarda paxtani mashinada va qo‗lda sifatli terishni ta‘minlash va tashkil etish hamda uni to‗g‗ri saralash bo‗yicha instruktaj o‗tkazish; 76 Xo‗jaliklarni amaldagi davlat standartlari, paxta harid narxlari bo‗yicha preysko‗rantlar va boshqa me‘yoriy hujjatlar bilan ta‘minlash; Davlat standartlari, paxtaning harid narxlari bo‗yicha asosiy qoidalarni, xavfsizlik texnikasi va yong‗inga qarshi ko‗rash bo‗yicha ogoxlantiruvchi yozuvlarni davlat tilida yozib, ko‗rinadigan joylarga osib qo‗yish; Paxtani qabul qilish, to‗plash, tashish va saqlashda mexanizmlardan to‗laroq foydalanish; Transport vositalari, omborlar, maydonchalar, tarozi xo‗jaligi, brezentlar, laboratoriya jihozlari, asbob-uskunalar, o‗rov va boshqa xo‗jalik materiallaridan unumli va tejab foydalanish; Paxtani davlat standarti talablariga qat‘iy rioya etgan holda o‗z vaqtida uzluksiz qabul qilish; qabul qilingan paxtani seleksion va sanoat navlari bo‗yicha, terim turlari belgisi bo‗yicha, urug‗lik paxta avlodi va dala guruhi ko‗rsatilgan holda bir xil partiyalarga to‗plash; Quritish-tozalash sexlarining to‗xtovsiz va unumli ishlashini ta‘minlash; qat‘iy muhosib hisobi va hisobotini tashkil etish; qabul qilingan paxta uchun xo‗jaliklar bilan hisob-kitobni o‗z vaqtida va to‗g‗ri o‗tkazish; barcha tayyorlangan paxtani to‗g‗ri saqlash va tayyorlov maskanidan paxta zavodiga zarur miqdordagi va asortimentdagisini o‗z vaqtida jo‗natishni tashkil etish; saqlash, quritish, tozalash va tashish paytida paxtaning buzilishi va nobud bo‗lishiga yo‗l qo‗ymaydigan tadbirlarni amalga oshirish; Paxtani tayyorlov maskanida qabul qilish, saqlash, quritish, tozalash hamda uni zavodga jo‗natish bilan bog‗liq harajatlarni kamaytirish tadbirlarini ko‗rish; 77 Butun tayyorlov ishlari bosqichlarida maxsus yo‗riqnomalariga asoslanib, yong‗inga qarshi va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etish bo‗yicha tadbirlarni o‗tkazish; qabul qilingan va saqlanayotgan paxtani tayyorlov maskanidan zavodga jo‗natishda albatta tortish va uning sifatini to‗g‗ri aniqlash orqali hisob- kitobni olib borish. Shunday qilib, paxta tozalash maskani keng kamrovli vazifalarni amalga oshiradi. Download 4.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling