O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti
Download 4.06 Mb. Pdf ko'rish
|
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма
Innovatsion
loyiha samaradorligining tahlili. Innovatsilarni boshqarishning asosida innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida belgilash yotadi. Har qanday innovatsion loyihaning samaradorligini baholash innovatsion faoliyatida investitsiyalarning samaradorligini belgilashning yagona metodologik tamoyillari asosida quriladi. Innovatsion loyiha samaradorligini tahlil qilish uchun uni amalga oshirish davridagi quyidagi uchta bosqichni ajratish muhimdir: - investitsiya kiritishdan oldingi (bundan loyihadan oldingi tadqiqotlar, loyihani amalga oshirilishligini baholash o‗tkaziladi, uni texnik-iqtisodiy asoslanishi tayyorlanadi); - investitsiya kiritish; - foydalanish (loyihaga muvofiq innovatsion faoliyatni amalga oshirish). Innovatsion faoliyatni boshqarishga tizimli yondoshish investitsiyalarni kiritishdan oldingi bosqichda investitsion qarorlarning muqobil variantlarini ko‗rib chiqish va tahlil qilishni ko‗zda tutadi. Muqobillarnig tahlili investitsion qarorlardagi xatolarning yuqori bahoga egaligi tufayli g‗oyatda muhim, ular innovatsion loyihalardan foydalanish bosqichidayoq topiladilar. Bunday xatorlardan qochish-demak loyhaning yuqori samaadorligini ta‘minlashdir. Innovatsion loyihalarni boshqarishga tizimli yondoshish ularning tijorat tahlilini samaradorlikni tahlil qilishning boshqa turlari bilan uzviy to‗ldirishni ko‗zda tutadi. SHubhasiz, innovatsion loyihaning yuqori samaradorligini ta‘minlash uchun uning ilmiy-texnik tahlili hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‗ladi, uni borishida loyiha ilmiy yangiligi darajasi, u tomonidan taklif qilinayotgan ilmiy-texnik qarorlarni zamonaviy ilmiy istiqbolligi va texnik asoslanishi tadqiqot qilinadi. 70 Inovatsion loyihalarni boshqarishga tizimli yondoshish nuqtai nazaridan sotsial tahlil ularning samaradorligini tahlil qilishda markaziy o‗rinni egallaydi. Innovatsion loyiha samaradorligi sotsial tahlilning maqsadlari va vazifalarga o‗ar xil sotsial guruhlar manfaatlarini loyiha natijalariga mosligini ta‘minlash bo‗yicha masalalarni tadqiqot qilish va choralarni ishlab chiqish bilan bog‗liqdir. Bunday moslik loyihaning etarlicha yuqori samaradorligiga erishish uchun zarurdir, chunki u loyihani aholi tomonidan qo‗llab-quvvatlanishini ta‘minlaydi. Loyiha maqsadlariga erishishni rag‗batlantiruvchi belgilangan sotsial guruhlarning ttasavvurlari va xulqiga ta‘sir ko‗rsatish mumkin bo‗ladi. Agar loyihani ishlab chiqishda uning samaradorligining sotsial tahliliga etarlicha e‘tibor berilmasa, loyiha etarlicha keng sotsial qatlamlarga emas, balki loyihani ishlab chiqaruvchilarning o‗zlarining sotsial qadriyatlariga mo‗ljallantirilishi mumkin. Loyiha natijalari bo‗lajak iste‘molchilari guruhini boshidan bunday toraytirilishi odatda uning past samaradorligiga olib keladi. Ko‗pgina hollarda turli - tuman sotsial omillar, manfaatlar va afzalliklarni hisobga olish loyihani ishlab chiqish va amalga oshirishga qo‗shimcha xarajatlarni talab qilishi mumkin. Innovatsion mahsulotlar, xizmatlar, texnologiyalarni amalga oshirish uchun do‗stona sotsial muhitni yaratish bilan bog‗liq bu xarajatlarning zarurligini baholash muhimdir. Loyiha samaradorligining moliyaviy –iqtisodiy tahlili odatda uni ishlab chiqishning namunaviy ekspertiza qilishning yakunlovchi bosqichida o‗tkaziladi, ammo amalda u innovatsion loyiha samaradorligini butun tizimli tahlilining markaziy elementi bo‗ladi. Loyihaning investitsiyalar kirtishdan oldingi bosqichida uning moliyaviy samaradorligini tahlil qilish va investitsion qaror qabul qilishda loyihaning kiruvchi va chiquvchi pul oqimlarining bashoratli miqdorini baholash va tenglashtirish muhimdir. Boshqacha qilib aytganda, bu bosqichida loyihani ―qora quti‖ sifatida ko‗rib chiqish, ya‘ni loyihaning tashqi tuzilishi va uni amalga oshirish mexanizmiga e‘tibor bermasdan kiruvchi pul oqimlari ()ya‘ni kerakli resurslar yoki loyihaning 71 xarajatlari qiymati ni loyihani chiquvchi pul oqimlari (ya‘ni, ishlab chiqarish mahsulotlar qiymati yoki loyihaning foydalari, daromadlari bilan) baholash va tenglashtirish maqsadga muvofiqdir. Download 4.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling