O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti


Hosilni yig„ish: mexanizatsiyalashgan hosilni yig„ish usuliga asosiy


Download 4.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/111
Sana03.10.2023
Hajmi4.06 Mb.
#1690916
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   111
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма

Hosilni yig„ish: mexanizatsiyalashgan hosilni yig„ish usuliga asosiy 
e‟tibor qaratiladi. 
Ikkinchi bosqich – paxta xom ashyosiga dastlabki qayta ishlov berish
paxta chigitiga keyingi ishlov berish natijasida chorvachilik majmuasi va 
issiqxona xo„jaligi mahsulotlarini etishtirish. Paxta xom ashyosiga dastlabki 
qayta ishlov berishda zamonaviy uskunalardan foydalaniladi. 
4160 tonna paxta chigitini qayta ishlash natijasida iste‘mol bozoriga yog‗-
moy va boshqa mahsulot turlari etkazish, shrot va sheluxalardan o‗z chorvachilik 
majmualaridan foydalanish orqali 6000 bosh yirik shoxli qoramollar boqiladi. 
CHorvachilik majmuasida sut mahsulotlariga qayta ishlash natijasida sariyog„, 
kefir, tvorog, muzqaymoq, quruq sut va boshqa mahsulotlar; go‗shtni qayta 
ishlash natijasida esa kolbasa, sosiska, go„shtli konserva mahsulotlari ishlab 
chiqarilishi yo‗lga qo‗yiladi.
Uchinchi bosqich – yuqori qo„shilgan qiymat yaratuvchi pirovard 
mahsulotlar yaratish uchun zamonaviy texnologiyalar (Germaniya, YAponiya va 
boshqalar) qo‗llash natijasida ko‗ylak, jinsi va trikotaj mahsulotlarini ishlab 
chiqarish. Tikuv buyumlarining yangi modellarni yaratish uchun yaqin va uzoq 
xorij mamlakatlarining etuk dizaynerlari jalb etiladi.
 
3.2 Innovatsion texnologiyalar samaradorligi 
 
Innovatsiyalar va innovatsion boshqaruvga nisbatan oshirilgan e‘tibor 
hozirgi jamiyatning hayotining o‗zi tomonidan talab qilinadi, axir innovatsion 
jarayonlarni yangi mahsulotlar va yangi texnikada ro‗yobga chiqishi uning sotsial 
– iqtisodiy rivojlanishining asosi bo‗ladi. 
Innovatsion jarayon innovatsion o‗zgarishlarni tayyorlash va amalga 
oshirishdan iborat bo‗ladi va yagona bir butunni tashkil qiluvchi o‗zaro bog‗langan 
pallalardan tashkil topgan. Bu jarayonning natijasida amalga oshirilgan o‗zgarish 
natijasida innovatsiya paydo bo‗ladi. Innovatsion jarayonni amalga oshirish uchun 
diffuziya – yangi sharoitlar va qo‗llash joylarda bir marta o‗zlashtirib va 


63 
foydalanib bo‗lingan innovatsiyalarni vaqtda tarqatish juda katta ahamiyatga ega. 
Innovatsion jarayon davraviy xarakterga ega, buni iqtisodiyotni tashkil qilish va 
boshqarishning ixcham tizimlarini ishlab chiqishda hisobga olish zarur. 
Jahon iqtisodiy adabiyotlarida “innovatsiya” salohiyatli ilmiy – texnik 
taraqqiyot (ITT)ni haqiqiy, yangi mahsulotlar va texnologiyalarda ro‗yobga 
chiqarish jarayoni sifatida talqin qilinadi. Bizning mamlakatimizda yangilik 
kiritishlar muammolari ko‗p yillar davomida ilmiy – texnik taraqqiyotning 
iqtisodiy tadqiqotlari doirasida ishlab chiqilgan. 
Innovatsiyalarning amaliyotga qo‗llash o‗zgarishlarni o‗ziga xos mazmunini 
tashkil qiladilar, o‗zgarishlar vazifasi esa innovatsion faoliyatning asosiy vazifasi 
bo‗ladi. 
Avstriyalik olim Y. Shumpeter tomonidan beshta tipik o‗zgarishlar
ajratilgan: 
1) yangi texnika, yangi texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni yangi 
bozor ta‘minotidan foydalanish (oldi - sotdi); 
2) yangi xususiyatlarga ega ma‘lumotlarni tadbiq etish; 
3) yangi xom ashyodan foydalanish; 
4) ishlab chiqarish va uning moddiy – texnik ta‘minotini tashkil qilishdagi 
o‗zgarishlar; 
5) yangi sotish bozorlarini paydo bo‗lishi. 
Bu qoidalar Y. Shumpeter tomonidan 1911 yildayoq shakllantirilgan. 
Keyinroq, o‗tgan asrning 30 – yillarida u innovatsiya tushunchasini, uni iste‘mol 
tovarlarining yangi turlari, yangi ishlab chiqarish va texnik vositalar, bozorlar 
tashkiliy shakllarini sanoatga tadbiq etish va ularda foydalanish maqsadidagi 
o‗zgarish sifatida talqin etgan holda kiritgan. Ba‘zida innovatsiyaga jarayonli tizim 
sifatida qaraladi, shuning bilan yangilik kiritishni vaqtda rivojlanishi va yaqqol aks 
ettirilgan bosqichliligi tan olinadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarda innovatsiyalarni bayon qilish metodologiyasi 
xalqaro standartlarga asoslanadi. Fan va innovatsiyalar haqidagi axborotlarni 
to‗plash, ishlab chiqish va tahlil qilish bo‗yicha ishlarni muvofiqlashtirish uchun 


64 
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OESR) doirasida fan va texnika 
ko‗rsatkichlari bo‗yicha milliy ekspertlar guruhi tashkil qilingan. 
Texnologik innovatsiyalar haqidagi ma‘lumotlarni to‗plash uslubiyoti 1992 
yilda Oslo shahri (Norvegiya)da qabul qilingan tavsiyalarga asoslanadi. U ―Oslo 
qo‗llanmasi‖ nomini olgan.
Xalqaro standarlarga muvofiq innovatsiya bozorga tadbiq etilgan yangi yoki 
takomillashtirilgan mahsulot yoki amaliy faoliyatda foydalanilayotgan yangi yoki 
takomillashtirilgan texnologik jarayon yoxud sotsial xizmatlarga yangicha 
yondashish ko‗rinishida ro‗yobga chiqqan innovatsion faoliyatning yakuniy 
natijasi sifatida belgilanadi. 
Innovatsion boshqaruv g‗oyatda murakkabdir. Innovatsion jarayonlarning 
rivojlanishi qonuniyatlarini tahlil qilish uchun innvotsion menejerlar bo‗lgan 
mutaxassislar zarur, ular yangilik kiritishlarning har xil tashkiliy – iqtisodiy 
jihatlari bilan shug‗ullanadilar. Ularning innovatsiyalarni boshqarishdagi asosiy 
vazifasi – innovatsion jarayonni ilgari surish, ehtimol bo‗lgan to‗siqlarni bashorat 
qilish va ularni bartaraf qilish yo‗llarini belgilashdir. 
Bozor iqtisodiyoti uchun yangilangan mahsulotlardan mansabdor bo‗lgan 
mustaqil firmalarning raqobati, raqobatlashuvchi yangiliklar bozorning mavjudligi 
xosdir. 
Buyuk kompaniyalar muvaffaqiyatlarining ko‗p sonli tarixi bundan darak 
beradi. SHu sababli yangilik kiritishlarning bozorli tanlovi mavjud, unda 
innovatsion menejerlar ishtirok etadilar.
Innovatsion menejerlar ijodiy jamoalarni tashkil qila turib, yangiliklarni 
qidirib topish va tarqatish, ilmiy tadqiqotlar va ishlamalarga buyurtmalar portfelini 
shakllantirish bilan shug‗ullangan holda, har xil tashkiliy tuzilmalar (fanlar 
akademiyasi, OO‗Yu, ilmiy jamiyatlar, tadqiqot tashkilotlari, konstruktorlik 
byurolari, injiniring kompaniyalari va boshqalar)da harakat qilishlari mumkin. Ular 
ilmiy jamoalarni boshqaradilar, ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtiradilar. Bularni 
barchasi innovatsion boshqaruvchilar malakasi oldiga yuqori talablarni qo‗yadi: 
ular ilmiy texnik va iqtisodiy – psixologik salohiyatga, ham an‘anaviy menejer va 


65 
ham tadqiqotchi olim sifatiga ega bo‗lishlari, yangilik kiritishlarning 
samaradorligini baholash va innovatsiyalarni boshqarishga qodir malakali 
iqtisodchi bo‗lishlari kerak. 

Download 4.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling