O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti


Innovatsion jarayonni loyihalashning mohiyati va vazifalari


Download 4.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/111
Sana03.10.2023
Hajmi4.06 Mb.
#1690916
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   111
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма

Innovatsion jarayonni loyihalashning mohiyati va vazifalari. 
Innovatsion jarayonlar, innovatsion faoliyati, bu faoliyat bilan band bo‗lgan 
tashkiliy tuzilmalar va ularning holatini boshqarish tamoyillari, usullari va. 
strategiyani tanlashda loyihalash davrining to‗rtta bosqichi ajratiladi: 
rejalashtirish; shartlarni belgilash va tashkil qilish; ijro etish; rahbarlik (3.2-rasm). 
 
 
 
3.1-rasm. Innovatsiyalarni loyihalashdagi bosqichlari 
Davrning har bir bosqichida belgilangan vazifalar hal qilinadi. Birinchi 
bosqich – rejalashtirish bosqichida – strategiyani amalga oshirish rejasi tuziladi.
Ikkinchisida – shartlar va tashkil qilish belgilanadi, ya‘ni innovatsion davrning har 
xil pallalarini amalga oshirish uchun resurslarni belgilash, xodimlar oldiga 
vazifalarni qo‗yish, ishni tashkil qilish ketadi. Ijro etish bosqichida tekshirishlar va 
ishlab chiqishlar bajariladi, reja amalga oshiriladi. Rahbarlik bosqichi nazorat va 
tahlilni harakatlarga tuzatish, kiritish va tajriba to‗plashni ko‗zda tutadi. Bu erda 
innovatsion loyihalar, innovatsion boshqaruv qarorlari, yangiliklarni qo‗llashning 
samaradorligi baholanadi.
Innovatsionni, maqsadni va strategiyani tanlash 
Rejalashtirish 
Rahbarlik 
Shartlarni belgilash va 
tashkil qilish 
Ijro etish 


66 
Innovatsion jarayon (IJ) davriy xarakterga ega. IJ ni ifodalovchi faoliyat inson 
mehnatini taqsimlanishi natijasida ajralib chiqqan, bir birlaridan farqlanuvchi 
alohidagi vazifaviy, tashkiliy birliklarga bo‗linadi. IJ ning iqtisodiy va texnologik 
ta‘siri faqat yangi mahsulotlar yoki texnologiyalarda qisman ro‗yobga chiqadi.
7
U ancha ko‗proq yangi texnikani vujudga kelishining shart – sharoiti sifatida 
iqtisodiy va ilmiy – texnik salohiyati ko‗payishida namoyon bo‗ladi, ya‘ni 
innovatsion tizim va uning tarkibiy elementlarining texnologik darajasi oshadi
shuning bilan innovatsiyalarga moyillik ham oshadi. Innovatsion jarayonni 
umumiy ko‗rinishda zanjirga ko‗rinishida yozish mumkin: 
FT – AT – I – L – Q – O‗- SICH – M – Sot, (3.1) 
bu erda FT va AT – fundamental va amaliy tadqiqotlar; I – ishlama; L – 
loyihalashtirish; Q – qurilish; O‗ – o‗zlashtirish; SICH – sanoat ishlab chiqarish; M 
– marketing; Sot. – sotish. 
Bu zanjirni tahlil qilish uchun uning har xil elementlari o‗rtasidagi teskari 
aloqa omillaridan abstraklashish (predmetlar va ular o‗rtasidagi munosabatlarning 
bir qator xususiyatlaridan ularning muhim alomatlarini ajratish maqsadida xayolan 
chalg‗imoq), FT – O‗ davrasi uzunligini (u 10 yildan ko‗proq davom etishi 
mumkin) va pallalardan har biri (FT – AT; L - Q)ning nisbiy mustaqilligini 
hisobga olish zarur. Ilmiy faoliyat tushunchasi bilan bog‗liq fundamental (nazariy) 
tadqiqot har qanday innovatsion jarayonning boshlang‗ich bosqichi bo‗ladi. 
Albatta, davraning har bir alohida elementi fundamental tadqiqot bilan bog‗liq 
ilmiy faoliyat bilan to‗ldirilgan. SHu narsa xarakterliki, FT dan SICH gacha yangi 
mu‘lumotlarning miqdori kamayib boradi. Bunda tadqiqot faoliyati borgan sari 
ko‗nikmalar, tajribalar va standartli usullar bilan almashib boradi.
Agar FT ning yakuniy natijasi haqida gap ketsa, unda faqat savol nazariyasi 
sohasidagi yangi, ajoyib, isbotlangan ma‘lumotlar va axborotlarni olish va qayta 
7
Управление инновациями. Пер. с англ. – М.: Альпина Бизнес Букс, 2008


67 
ishlashga qaratilgan tadqiqot faoliyatini ajratish kerak. Nazariy tadqiqot bevosita 
aniq amaliy vazifalarni echish bilan bog‗lanmagan, ammo xuddi uning o‗zi 
innovatsion jarayonning poydevoridir. SHuning bilan birga nazariy tadqiqotlarning 
zarurligi amaliyotning ehtiyojlari va predmet haqidagi oldingi bilimlarning sintezi 
bilan asoslanishi mumkin.
Fundamental tadqiqotlar, qoidaga ko‗ra, amaliy tadqiqotlarda ro‗yobga 
chiqadilar, ammo bu narsa darhol sodir bo‗lmaydi. Faqat ba‘zi bir tadqiqotlar AT – 
I – L va h.k. ro‗yobga chiqadilar. Fundamental tadqiqotlar mavzularining taxminan 
90 % salbiy natijaga ega bo‗lishi mumkin. Ijobiy natijaga ega qolgan 10 % dan 
hammasi ham amaliyotda qo‗llanilmaydi. Axir fundamental tadqiqotning maqsadi 
– jarayon (masala nazariyasi)ni anglash va rivojlantirishdir. 
Amaliy tadqiqotlar (AT) butunlay boshqa maqsadga qaratilganliklarga 
egalar. Bu ―bilimlarni moddiy holat‖ ga keltirish, ularni ishlab chiqarish jarayonida 
o‗zgartirish, yangi mahsulot, texnologik chizmalar va h.k. topshirishdir. 
Ishlamalar natijasida yangi mashinalar (uskunalar)ning konstruksiyasi 
yaratiladi va jarayon loyihalashtirish (L), ko‗rish, o‗zlashtirish (O‗) va sanoat 
ishlab chiqarishi (SICH) pallalariga o‗tadi. M va Sot pallalari to‗g‗ridan – to‗g‗ri 
innovatsion jarayon natijalarini tijoratli sotish bilan bog‗liqdir. 

Download 4.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling