78
Kontraktant (tayyorlov maskani) topshirilgan paxta xom-ashyosi uchun
harid narxlarida hisob-kitobni amalga oshiradi.
SHuningdek, u amaldagi tariflar
bo‗yicha paxta xom-ashyosini tayyorlov maskaniga tashib keltirish harajatlarini
ham tulaydi. Kontraktant vazifasiga bulardan tashqari
paxta etishtiruvchi
xo‗jaliklarga talab miqdorida ekishga chigit, paxtani tashishda xaltalar va uni
terishga fartuklar sotish ham kiradi.
Kontraktant hosilni yig‗ishtirish boshlanguncha yuqori
sifatli paxtani qabul
qilishga tayyor bo‗lmogi lozim: xo‗jaliklarda paxtani alohida terim turi va navi
bo‗yicha terishni tashkil etish bo‗yicha instruktajlar o‗tkazishi; xo‗jaliklarni
amaldagi davlat standartlari, paxta harid narxlari bo‗yicha preysko‗rantlar va
boshqa me‘yoriy hujjatlar bilan ta‘minlash; saqlash, quritish, tozalash va tashish
vaqtida paxtaning buzilishi va nobud bo‗lishiga yo‗l qo‗ymaslik
tadbirlarini
tushuntirishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: