O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti
Download 4.06 Mb. Pdf ko'rish
|
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма
vazifasi ishlab chiqarishga fan va texnika yutuqlari hamda ilg‗or tajribani joriy
qilishni tezlashtirish, ishlab chiqarishning texnikaviy va tashkiliy darajasini ko‗tarish, uning samaradorligini oshirish, texnologiya jarayonlarini takomillashtirish, mahsulot sifatini yaxshilash, jahon bozorida raqobat qila oladigan yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishga erishish, mahsulotni o‗z vaqtida yangilab turish, ishlab chiqarishning to‗xtovsiz o‗sishini ta‘minlash va 110 iste‘molchilarning ehtiyoj va talablarini to‗la-to‗kis qondirishga erishishdan iboratdir. Ilmiy- texnika taraqqiyotini yuksaltirish – bozor munosabatlarini sharoitida ishlab chiqarish samaradoriligini oshirishning asosiy omili sanaladi. To‗qimachilik mashinasozligi tarmog‗ida ilmiy – texnika taraqqiyotining roli shundaki, ushbu tarmoq korxonalari yaratadigan zamonaviy dastgohlar, to‗qimachilik mashinalari iste‘molchilarining keng iste‘mol mollariga bo‗lgan ehtiyojlarini to‗laroq qondirishda muhim o‗rin tutadi. CHunki, eski asbob- uskunalar bilan yuqori sifatli jahon andozalariga mos raqobatbardosh keng xalq iste‘moli mollarini ishlab chiqarib bo‗lmaydi. So‗nggi yillarda iste‘molchilar didi va istagida keskin o‗zgarishlar kuzatilmoqda, bundan tashqari, ayniqsa, aholining «yoshlar» qatlamida modaga nisbatan talabi kundan – kunga oshib bormoqda. Bu jarayon keskinlashishiga raqobat muhiti ham sezilarli o‗z ta‘sirini ko‗rsatib, mamlakatimiz iste‘mol bozoriga zamonaviy chet el firmalari mahsulotlari kirib kelmoqda. Engil sanoatda yangi xom-ashyo va texnologiya turlarining paydo bo‗lishi hisobiga ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar assortimenti kengaymoqda. Mahsulot assortimentining kengayishi mahsulot hajmining ortishiga qaraganda ustun darajada ro‗y bermoqda. Binobarin, to‗qimachilik va engil sanoatlar uchun asbob- uskuna hamda dastgohlar assoritmenti ham mos ravishda oshishi kuzatiladi. To‗qimachilik dastgohlari o‗zining yuqori murakkab konstruktorlik echimiga egaligi bilan ajralib turadi. Masalan, yigiruv, eshuvchi va boshqa shu kabi dastgohlarda shunday ishchi qismlari uchraydiki, ularning minutiga aylanishi yuzlab, minglab sonni tashkil etadi. To‗quv va trikotaj dastgohlarida sekundning yuzdan bir ulushi aniqligida ishlaydigan avtomatik mexanizmlar o‗rnatilgan. Harakatdagi to‗qimachilik dastgohlari foydali ish koeffitsienti stanoksozlik, transport tarmoqlariga nisbatan 1,5-2 marta ko‗pdir. To‗qimachilik sanoatida talab qilinadigan mashinalardan foydalanishdagi ishonchlilik darajasi boshqa saonatning qayta ishlovchi tarmoqlariga nisbatan 50-70% ga yuqoridir. 111 Yuqorida sanab o‗tilgan sabablar to‗qimachilik mashinasozligida ilmiy- texnik ta‘minotni Download 4.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling