115
Paxta tozalash korxonasining ishlab chiqarish dasturi uning ishlab chiqarish
quvvati bilan teng bo‗lmaydi. Yuqorida ko‗rsatib o‗tilganidek, paxta tozalash
korxonasining ishlab chiqarish quvvati – eng qulay sharoitda eng ko‗p tola ishlab
chiqarish
qobiliyatidir, ishlab chiqarish dasturi esa zavodga keladigan paxta
resurslarini, uskunalar unumdorligining texnik me‘yorlarini o‗zlashtirish darajasini
va ishlab chiqarishdagi boshqa tashkiliy-texnikaviy omillarni nazarga olib, mazkur
rejalashtiriladigan davrda tola ishlab chiqarish topshirig‗idir. Demak, ishlab
chiqarish dasturida ko‗rsatiladigan mahsulot
ishlab chiqarish quvvatidan
foydalanishning amaliy imkoniyati bilan belgilanadi.
Nomenklatura – paxta tozalash korxonasida ishlab chiqariladigan mahsulot
turlaridir. Paxta tozalash korxonalarida paxta tolasi asosiy ishlab chiqariladigan
mahsulot hisoblanib, qo‗shimcha mahsulotlar sifatida –
paxta chigiti, tarkibida
o‗lik bo‗lgan chiqindilar, momiq ishlab chiqariladi.
Assortiment – bir nomdagi mahsulotlarning navlar, tiplar,
markalar,
artikullar va shu kabilar bo‗yicha tarkibidir.
Do'stlaringiz bilan baham: