Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
O`zbekistonda inflyatsiyani kamaytirishning chora tadbirlari
Download 0.78 Mb.
|
Eldor Suyunov kurs ishi
5. O`zbekistonda inflyatsiyani kamaytirishning chora tadbirlari
Inflyatsiya ayniksa utish boskichida turgan iktisodiyotga juda ogir ta`sir kursatadi.Buning sababi bozor iktisodiyoti yulida goyat muxim kadam bulgan narx-navoni erkinlashtirish, ya`ni narxlar ustidan davlat nazoratini bekor kilish bilan boglangan.Bunday narxlarni erkinlashtirishning kanday natijalarga olib kelishini oldindanok aytib berish mumkin:xamisha takchil bulib kelgan tovarlarning narxlari oshib ketadi. Chunki davlat ushbu tovarlarning narxlarini sun`iy ravishda past kilib belgilab kelgan va talab xamisha taklifdan oldinda yurgan yoki xukumat karorlari keltirib chikargan iktisodiy buzilishlar xamda samarasizlik tufayli shu xol vujudga keladi. Agar utish davriga kelganda odamlar kulida kup mikdorda pul tuplanib kolgan bulsa (chunki ularni biron bir kimmatli narsaga sariflashning imkoni bulmagan), inflyatsiya yuki yana xam ogirrok bulishi mumkin. Makroiqtisodiy barqarorlik hamda iqtisodiy osishni taminlashda Markaziy bankning masuliyati ulkan ekanligini hisobga olib, uni taminlashda ozining asosiy va muqobil ssenariylarni ishlab chiqdi. Ikkala ssenariyda ham Markaziy bank pul-kredit siyosatini yuritishda ehtiyotkorona yondashuvdan foydalanib, pul-kredit sharoitlarini bir maromda qatiylashtirib borishni kozda tutgan. Bunda muqobil ssenariyda yanada qatiyroq choralardan foydalaniladi. Unga kora, istiqbolda pul-kredit siyosatining muhim vazifalari sifatida inflyasiya darajasini pasaytirish va inflyasion targetlash rejimiga otish uchun asos yaratish, shu jumladan pul-kredit siyosati instrumentlari va transmission mexa- nizmlarini rivojlantirish zarur. Inflyasiyani keltirib chiqaruvchi asosiy omillar investitsion faollikning oshishi natijasida iqtisodiyotda vujudga keladigan yuqori talab va tartibga solinadigan narxlarning liberallashtirilishi kutilmoqda. Bunda davlat korxonalarining isloh qilinishi (sh.j. xususiylashtirish) doirasida kapital qoyilmalar hajmining osishi investitsion faollikni ragbatlantiruvchi asosiy omil boladi. Iqisodiyot tarmoqlarida chuqur tarkibiy ozgartirishlarni amalga oshirish, tovar va xizmatlarning sifatli bozorini shakllantirgan holda raqobatbardosh bozor iqtisodiyotiga otish jarayonini jadallashtirish, aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish va mustahkamlash, davlat aktivlarini boshqarishda bozor tamoyillarini joriy etish mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining yangi bosqichida muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda barqaror iqtisodiy osishning yonalishlaridan biri sifatida mamlakatimizda ozlashtirilayotgan investitsiyalar alohida ahamiyat kasb etadi. Investitsiyalarning mamlakat iqtisodiyotiga kirishi natijasida ishlab chiqarish, xizmat korsatish korxonalarining faolligi oshmoqda. Buning natijasida aholining ish bilan bandligi va aholi daromadlari oshmoqda. Bu esa oz navbatidi YAIMning osishini taminlaydi. Ushbu vazifalarni samarali amalga oshirishda mamlakat rivojlanishining asosiy makroiqtisodiy korsatkichlarining ozgarish tendensiyalarini bilish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Ozbekistonda iqtisodiyotning barqaror osishi va makroiqtisodiy barqarorlikni taminlash borasida ulkan natijalar kozlanayotgan ekan, bu vazifalarni bajarish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish lozim deb hisoblaymiz: iqtisodiyotning etakchi tarmoqlari uchun uzoq muddatli rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va uning izchillik bilan amalga oshirilishini taminlash; mamlakatimizning har bir hududi uchun mavjud salohiyatni inobatga olgan holda maxsus rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirishni taminlash; xususiy mulkchilikni rivjlantirish, xususiy tadbirkorlikning yanada jadal osishini taminlash; narxlar barqarorligini taminlash maqsadida bank kreditlarini aynan iq tisodiyotning real sektoriga jalb etilishini taminlash; aholining istemoli uchun zarur bolgan tovar va xizmatlarning tannarxini oshib ketmasligini taminlash maqsadida ishlab chiqarish vositalarini (asbob uskunalar va boshqalarni) import qilishni asta sekinlik bilan kamaytirib borish hamda ularning ishlab chiqarilishni mahalliylashtirish; iqtisodiyotni modernizatsiyalash, tub tarkibiy ozgarishlarni amalga oshirish hamda ishlab chiqarishning texnik va texnologik yangilanish jarayonlarini yanada takomillashtirish; moddiy-texnika resurslari va tayyor mahsulotlarni sotish va sotib olish tizimi institutlarida transaksiya xarajatlarini pasaytirish; aholining asosiy qatlamini iqtisodiy faollikka jalb qilish mexanizmlarini takomillashtirish. 2019 yilning mart oyida oziq-ovqat mahsulotlaridan narxlarning osishi borasidagi etakchilik meva-sabzavot hamda sut mahsulotlari guruhiga tegishlidir (narxlar mos ravishda 4,5% va 1,5 %ga qimmatlashgan). Tuxum narxlari esa ketma-ket ikki oy davomida arzonlashgan (fevralda 0,2 %, mart oyida 1,2 %). Yil boshiga nisbatan umumiy hisobida meva-sabzavot mahsulotlari uch oy davomida 17,7 %ga, jumladan, mevalar 21,9 %, sabzavotlar 20,5 % va kartoshka 1,3 %ga qimmatlashgan. 2018 yilning dekabr oyiga nisbatan narxlarning kotarilish borasidagi keyingi etakchi orinlarni sut mahsulotlari (8,1%) ovqatlanish band etgan (8,0 %). 1-jadval Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling