Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Inflyatsiya tushunchasi va uning iqtisodiy mazmun mohiyati
Download 0.78 Mb.
|
Eldor Suyunov kurs ishi
Inflyatsiya tushunchasi va uning iqtisodiy mazmun mohiyati
Inflyatsiya - bu tovarlar va xizmatlar baholarining osishi natijasida muomaladagi pul massasining kopayishi va shuning natijasida pulning qadrsizlanishidir. P.Graud va M.Polan tomonidan amalga oshirilgan va inflyatsiyaga bagishlangan jiddiy ilmiy tadqiqotlardan biri bolib, ushbu ilmiy ish 165 mamlakatni va 1969-1999 yillarni qamrab oladi2. Mazkur tadqiqot mualliflari inflyatsiyaning miqdoriylik nazariyasi qoidalaridan biri bolgan - pullarning osish surati va inflyatsiya darajasi ortasida togri mutanosiblik mavjud, degan qoida togri va statistik malumotlarda tasdiqlanadi, degan xulosaga keldilar. Inflyatsiya suratlarining osishi bilan uning pullar taklifiga bogliqligi yaqqolroq tarzda kozga tashlanib boradi. Inflyatsiyaning oqilona darajasiga ega bolgan mamlakatlarda korrelyatsiya koefffitsienti 0,24 ga teng bolgan bolsa, inflyatsiya darajasi yuqori bolgan mamlakatlarda ushbu koeffitsient 1 ga yaqinlashdi. P. Graud va M. Polanlar tomonidan inflyatsiya darajasini uch qismga ajratgan holda past, oqilona va yuqori darajalarga ajratgan holda, pullar taklifi va inflyatsiya suratlari ortasidagi bogliqlikni, korrelyatsion tahlil natijalariga tayanilgan holda, asoslab berilganligi inflyatsiya va milliy valyutaning nominal almashuv kursi ortasidagi bogliqlik masalasiga oydinlik kiritadi. XX asrning 70-yillariga qadar Fillips kashf etgan inflyatsiya va ishsizlik ortasidagi aloqadorlik xususidagi ilmiy xulosa amaliy ahamiyat kasb etdi. Ammo 1970 yilga kelib Fillips egri chizigi deb ataluvchi mazkur xulosa amaliy ahamiyat kasb etmay qoldi. Inflyatsiyaning yuqori suratlarda osishi, odatda, Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirish bilan bogliq. Byudjet siyosati va inflyatsiya ortasidagi bogliqlik masalasi L. Katao va M. Terronzaning ilmiy ishida chuqur tadqiq qilingan3. Mazkur tadqiqotning jiddiyligi shundaki, L. Katao va M. Terronza 107 mamlakat boyicha 1960 yildan 2001 yilgacha bolgan davrda inflyatsiya va byudjet defitsiti ortasidagi bogliqlik masalasini tadqiq qilganlar va bu borada mavjud bolgan tendentsiyalarni baholash imkonini beradigan muhim xulosalarni shakllantirganlar. Ana shunday xulosalardan biri, inflyatsiya darajasi yuqori bolgan mamlakatlarda Davlat byudjeti defitsitining qisqarish surati bilan inflyatsiya darajasi ortasida bevosita bogliqlik mavjud, degan xulosa hisoblanadi. Ushbu xulosa aniq hisob-kitoblarga asoslangan: inflyatsiyaning ortacha yillik darajasi 50 foizga yaqin bolgan mamlakatlarda Davlat byudjeti defitsitining YaIMdagi salmogini 1 foizli punktga qisqarishi inflyatsiyaning 8,75 foizli punktga pasayishiga olib keladi. Bunda Davlat byudjeti defitsiti va inflyatsiya ortasidagi sezilarli statistik bogliqlik nafaqat yuqori inflyatsiya sharoitida, balki oqilona inflyatsiya sharoitida ham kuzatildi. Shuni alohida takidlash joizki, rivojlangan sanoat mamlakatlarida va inflyatsiya darajasi juda past bolgan mamlakatlarda Davlat byudjeti defitsiti va inflyatsiya ortasidagi sezilarli bogliqlik tadqiqot jarayonida kuzatilmagan. Bu esa, L.Katao va M.Terronzalarning fikriga kora, quyidagi omillar bilan izohlanadi: hukumatga nisbatan ishonchning yuqori ekanligi; markaziy banklar mustaqilligining institutsional jihatdan himoyalanganligi; moliya tizimining rivojlanganligi. Iqtisodiy adabiyotda inflyatsiya va iqtisodiy osish ortasidagi aloqadorlik masalasida kesin munozarali fikrlar, xulosalar mavjud. Bir guruh iqtisodchi olimlar, shu jumladan, G.Xess va Ch.Morrislarning fikriga kora, baholarning sezilarsiz darajadagi osishi ham iqtisodiy osishga salbiy tasir korsatadi4. Ularning fikriga kora, baholarning unchalik sezilarli darajada bolmagan osishi ham inflyatsiya dinamikasidagi noaniqlikni kuchaytiradi. Bu esa, oz navbatida, tijorat banklari kreditlari foiz stavkasining osishiga olib keladi. Chunki kreditlarning foiz stavkasi ozida nafaqat kutilayotgan inflyatsiyani, balki risk uchun qoshimcha ustamani ham aks ettiradi. Natijada, mamlakatdagi iqtisodiy faollikka va aholining turmush darajasiga nisbatan kuchli salbiy tasir yuzaga keladi. Ikkinchi guruh iqtisodchi olimlar esa (prof. M.A. Pivovarova, A.Kudrin va boshq.) inflyatsiyaning malum darajasi sharoitida iqtisodiy osish suratlari yuqori bolishi mumkin, deb hisoblaydilar. Masalan, prof. M. Pivovarovaning fikriga kora, inflyatsiyaning uncha yuqori bolmagan darajasi iqtisodiy osishni ragbatlantiradi, bunday sharoitda antiinflyatsion siyosatni amalga oshirish ishsizlikning osishiga, iqtisodiyotning pasayishiga olib keladi5. Bunday sharoitda, odatda, pullar taklifi ustidan qattiq nazorat ornatiladi. Bazaviy inflyatsiyaga bagishlangan ilmiy tadqiqot ishlari majmuida G.Brover va N.Erikson tomonidan inflyatsiyaning nomonetar omillarini tadqiq qilishga bagishlangan ilmiy izlanish oziga xos orin tutadi. Ushbu olimlar mazkur sohada olib borgan tadqiqotlarining natijalariga asoslangan holda, inflyatsiyaning xarajatli modelini (markup theory ofinlation) yaratdilar6. Mazkur modelda inflyatsiyaning uzoq muddatli dinamikasi tadqiq qilinadi va chiqim inflyatsiyasining asosiy omillari sifatida quyidagilar e’tirof etilgan: ish haqi; kommunal xizmatlar tariflari; import qilingan xom-ashyo va butlovchi qismlarning baholari. Ish haqi omilini oladigan bolsak, ish haqining oshishi natijasida baholarning sezilarli darajada osishi yuz berishi mumkin. Xalqaro amaliyotdan malumki, agar ish haqi doimiy tarzda oshirib borilsa, u holda, korxonalarda ishlab chiqarish xarajatlarining umumiy darajasi oshadi. Bu esa, oz navbatida, korxonalarni baholarni oshirishga majbur qiladi. Aks holda, korxonalar foydasining miqdori kamayib ketadi. Bunday sharoitda ish haqi-baholar spiralining harakatiga barham berish uchun mehnat unumdorligining osish suratini ortacha ish haqining osish suratidan yuqori bolishini taminlash zarur. Agarda mehnat unumdorligini oshirishga muvaffaq bolinmasa yoki uning pasayishi yuz bersa, u holda, ish haqi osishining baholar darajasiga nisbatan tasiri kuchayadi. Pullar taklifining inflyatsiyaga tasiri isbotlangan bolsada, inflyatsiyani yuzaga keltiruvchi barcha omillar monetar mazmunga ega emas va binobarin, Markaziy bankning nazorati doirasidan tashqaridadir. Lekin mazkur nomonetar omillar otish iqtisodiyoti mamlakatlarida inflyatsiyaning osish suratlariga kuchli tasir korsatadi. Shu sababli, pul-kredit siyosatining strategiyasini ishlab chiqishda bazaviy inflyatsiyaga, yani inflyatsiyaning uzoq muddatli davriy oraliqlardagi ozgarishiga alohida etibor qaratiladi. Bu esa, Markaziy bankning inflyatsiyani jilovlashdagi rolini aniqroq baholash imkonini beradi. Iqtisodiy adabiyotlarda bazaviy inflyatsiyaga bagishlangan koplab ilmiy izlanishlar mavjud bolsada, inflyatsiyaning bazaviy darajasi xususida yakdil xulosa mavjud emas. Shunday bolsada, kopchilik iqtisodchi olimlar tomonidan bazaviy inflyatsiya inflyatsion jarayonning uzoq muddatli tendentsiyalari sifatida etirof etilgan7. Xulosa qilib aytganda, bazaviy inflyatsiya bu nomonetar inflyatsiya bolib, istemol baholarining ozgarishi shaklida namoyon boladi va uni formula tarzida quyidagicha ifodalash mumkin:
Bunda, inflyatsion shok deganda, tovarlar va xizmatlar bahosining inflyatsion kutish tasirida qisqa muddatli davriy oraliqlarda keskin kotarilishi nazarda tutilmoqda. Otish iqtisodiyoti mamlakatlarining kopchiligida naqd pul muomalasining milliy valyuta kursining barqarorligiga tasiri muammosi mavjud. Buning asosiy sabablari sifatida plastik kartochkalar va pullik cheklarga asoslangan tolov tizimining rivojlanmaganligi, istemol baholari indeksi, aholining pullik daromadlari, chakana savdo aylanmasining osayotganligi, Markaziy banklarning zaxira-vakillik tizimining motadil tarzda ishlamayotganligi kabi sabablarni korsatish mumkin. Mazkur sabablar bir qator iqtisodchi olimlarning ilmiy izlanishlarida, jumladan, A.Kudrinning ilmiy ishlarida asoslab berilgan8. Inflyatsiya XVIII asrning o`rtalarida muomalaga ta`minlanmagan juda ko`p miqdorda pul chiqarishi natijasida pul tizimidagi inqiroz holat asosida yuzaga chiqqan. Inflyatsiya (lotincha «inflation» so`zidan olingan va shishish, ko`pchish, ko`tarilish ma`nosini anglatadi) o`z mohiyatiga asosan pulning qadrsizlanishi, tovar va xizmatlarga bo`lgan baholarning muntazam ravishda oshib borishi jarayonini anglatadi. Shuni ta`kidlash lozimki, rivojlangan mamlakatlar tajribasi inflyatsiya nisbatan me`yor darajasidagi pul massasi holatida ham yuzaga chiqishi mumkin. Hozirgi zamon inflyatsiyasi nafaqat tovarlar va xizmatlarga bo`lgan baholarni muntazam o`sishi natijasida pulning sotib olish qobiliyatini pasayishi bilan bir qatorda ishlab chiqarish jarayonidagi nomutanosiblik, pul muomalasi, moliya hamda kredit sohasidagi salbiy omillar bilan tasniflanadi. Inflyatsiyaning yuzaga chiqishining asosiy sabablari bo`lib iqtisodiyot tarmoqlari, jamg`arma va iste`mol, talab va taklif, davlat daromadlari va xarajatlari, xo`jaliklarning pul massasi va unga bo`lgan talabi o`rtasidagi mutanosiblik hamda markaziy bankning kredit ekspansiyasi hisoblanadi. Ushbu ta`kidlab o`tgan omillar o`z mohiyatiga asosan inflyatsiyaga, uning darajasiga turlicha ta`sir etishi mumkin. Xalqaro amaliyotda inflyatsiyaning narxlarini o`sishi, ya`ni pullarning miqdori o`sishi jixatidan asosan uch shaklini ajratiladi9: 1. Sokin (polzuchaya, umerennaya) inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda mavjud bo`lib, ushbu holatda mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narx-navolar yiliga o`rtacha 3% dan 10% gacha oshishi mumkin. Bu mamlakatlarda muomaladagi pul massasi saqlanib turadi va milliy pul birligining xarid qilish qobiliyati saqlanib turadi. 2. Shiddatli (galopiruyuhaya) inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya iqtisodiy rivojlanayotgan mamlakatlarda mavjud bo`lib, ushbu holatda mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narx-navolar yiliga o`rtacha 10% dan 100% gacha ba`zi holatlarda 200% gacha oshishi mumukin. Buning natijasida muomaladagi pul massasi ko`payadi va milliy pul birliginng xarid qilish qobiliyati tushadi. Mamlakat aholisi o`rtasida pulning moddiylashtirish, ya`ni milliy pul birligini jamg`arishi emas, balki oltin, ko`chmas mulk holatida jamg`arishi jarayoni kuchayadi. 3. Jilovlanmagan (giperinflyatsiya) inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya holatida mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narx-navolar yiliga 1000% dan ortiq yoki oyiga 100% dan ortiq darajada oshadi. Ushbu holatda milliy iqtisodiyotda inqiroz yuzaga chiqadi. Buning natijasida ishlab chiqarish va bozor boshqaruvsiz faoliyat ko`rsataditi, narx-navo va ish haqi o`rtasidagi farq ortadi. Mamlakat aholisi qo`lidagi qog`oz pullarga tovarlar sotib oladi. Bu holat esa muomalada tovar massasi bilan tovar va xizmatlar bilan ta`minlanmagn ortiqcha qog`oz pullarni to`lib-toshishiga olib keladi. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling