Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
O`zbekistonning inflyatsiya ko`rsatkichi tahlili
Download 0.78 Mb.
|
Eldor Suyunov kurs ishi
O`zbekistonning inflyatsiya ko`rsatkichi tahlili
2019 yilning avgustida istemol bozoridagi ortacha narxlar darajasining oy davomidagi osish surati 2,9 %ni tashkil etdi. Umumiy hisobda 2019 yilning yanvar-avgust oylari davomida istemol bozoridagi tovarlar va xizmatlar narxi 8,2 %ga qimmatlashdi. 2018 yilning avgust oyiga nisbatan respublika istemol sektoridagi ortacha narxlar darajasi 16,5 %ga oshgan. 2018 va 2019 yillarning yanvar-avgust davrlaridagi oylik narxlar ozgarishi deyarli oxshash tendensiyaga ega: yanvar oyidan may oyigacha ortacha narxlar darajasining kotarilganligi, keyingi ikki oy davomida esa narxlar arzonlashib, avgust oyida istemol narxlari indeksi 100 %lik korsatkichdan yuqorini tashkil etgan. Biroq, taqqoslanayotgan davrlarning fevral-iyul oylaridagi narxlar ozgarishi korsatkichlari nisbatan bir-biriga yaqin bolib, yanvar va avgust oylaridagi tavofut sezilarli darajani tashkil etgan (2018 va 2019 yillarning yanvar oylarida 2,7 % ga qarshi 1,5 %, 2018 va 2019 yillarning avgust oylaridagi korsatkichlar 0,3 %ga qarshi 2,9 %ni tashkil etgan). Inflatsiya (lot. infl atio — shishish, boʻrtish, koʻtarilish), pulning qadrsizlanishi — tovar-pul muvozanatining buzilishi natijasida muomalada xoʻjalik aylanmasi ehtiyojlaridan ortiq darajada qogʻoz pullar miqdorining koʻpayib ketishi, pul massasining tovarlar massasidan ustunligi natijasida tovar bilan taʼminlanmagan pullarning paydo boʻlishi. I. birinchi galda sifati yaxshilanmagan holda tovarlar va xizmatlar narxining koʻtarilishi koʻrinishida, shuningdek, oltin va chet el valyutasining milliy valyutaga nisbatan qimmatlashishi shaklida yuz beradi. Tovar ishlab chiqarishning toʻlov qobiliyatiga ega talab oʻsishidan ortda qolishi, bozorda talabga javob bermaydigan tovarlarning koʻpayib ketishi, byudjet kamomadlarini qoplash uchun qoʻshimcha pul emissiyasi, investitsiyalarnm emissiya hisobidan moliyalashtirish, monopol narxning mavjudligi, narxni oshib keti-shidan hadiksirab tovarlarni keragidan ortiq xarid etish, mamlakatga qadrsizlangan chet el valyutasining koʻplab kirib kelishi va boshqa omillar I.ni yuzaga keltiradi. I. jarayoni narxlarning oʻsishi, yalpi talabning yalpi taklifdan oshib ketishi, makroiqtisodiy beqarorlik natijasidir. "I." termini dastlab 1861—1865-yillarda Shimoliy Amerikada, soʻngra Fransiya va Germaniyada qoʻllanilgan. Tovarpul muvozanatiga koʻra, pul massasi (M) pul miqdori (t)ning pul oboroti tezligi (V)ra koʻpaytmasi boʻlib, bu tovar massasi (T)ga, yaʼni bir tovar narxining (R) tovarlar miqdori (Q)ra koʻpaytmasiga teng boʻlishi kerak. Bunda M=T yoki mV=PQ tengligi hosil boʻladi. Agar pul koʻpayib ketsa M>T, yaʼni pulning bir qismi ortiqcha boʻladi. Agar pul miqdori oʻzgarmaganda tovar miqdori qisqarib ketsa T Oltin va kumush muomalada boʻlgan sharoitlarda I. yuz bermaydi, chunki ular boylik belgisi emas, balki real boylikdir. Pullarning zarur miqdori uning xazinalik vazifasi orqali boshqarib turiladi. Agar tangalar xarid uchun zarur boʻlganidan ortiq boʻlsa, ortiqcha pul xazina sifatida toʻplanadi va bunda ular qadrsizlanmaydi. Bozorda tovarlar koʻpayib pulga ehtiyoj boʻlganda ular jamgʻarmadan olinib yana savdo muomalalarida qatnashadi. Qogʻoz pullar real boylik emas, balki uning ramzidir. Qogʻoz pullar boylik vazifasini oʻtay olmaydi va ularning ortiqchaligi I.ga sabab boʻladi. Shu sababli pul jamgʻarmalarini koʻchmas mulk yoki qimmatbaho buyumlar sotib olish yoʻli bilan saqlash ishonchliroq hisoblanadi. Gʻarb ilmiy manbalarida yillik I. surʼati 10% gacha boʻlganda qisman (moʻʼtadil) hisoblanib, ijtimoiy mushkullik deb qaralmaydi. Ak-sincha, u muayyan darajada iqtisodiyotni jadallashtirishga turtki beradi. Pekin I. surʼati 10% dan oshganda juda xavfli tus oladi. Ayniqsa giperinflyasiyasa narxlar bir necha foiz emas, balki bir necha marta oshib iqtisodiyotni izdan chiqaradi. Markaziy bank hisob-kitoblariga kora inflyatsiyaning eng yuqori darajasi joriy yilning ikkinchi choragida kuzatilishi mumkin. Ayni vaqtda, 2020 yilning ikkinchi yarmida tariflar osishining inflyatsiyaga tasiri pasayib boradi va yil oxirida inflyatsiya darajasi prognoz koridorining yuqori chegarasiga yaqinlashadi. Otgan yillardagi inflyatsiya xususiyatining tahlili shuni korsatadiki, davlat tomonidan tartibga solinadigan tovarlar va xizmatlar narxlarining muntazam tizimli ravishda oshirib kelinishi inflyatsiyaning asosiy omillaridan bolgan. Takidlash joizki, ushbu sohalarda narxlar shakllanishining bozor tamoyillarini joriy qilishni kechiktirish keyinchalik ham narxlarni har yil oshirib borishni talab qiladi. Bu, oz navbatida, qoshimcha inflyatsion bosimni yaratishda davom etadi va 2023 yilga kelib inflyatsiya boyicha maqsadli korsatkichga targetga erishishni qiyinlashtiradi. Narxlarning ozgartirishni bir bosqichda amaga oshirish orqali bozor tamoyillarini joriy etilishi inflyatsiyaga malum darajada qisqa muddatli tasir korsatishi mumkin, biroq bu, oz navbatida, ishlab chiqarish jarayonlarini rivojlantirish yolidagi muammolarni bartaraf etishga, respublika hududlarida energiya resurslaridan foydalanish imkoniyatlarining kengayishiga hamda tovarlar va xizmatlar taklifi hajmining kopayishiga xizmat qiladi. Inflyatsiya va inflyatsion kutilmalar. 2020 yilning fevral oyida yillik inflyatsiya yanvar oyiga (14,3 foiz) nisbatan 0,8 foiz bandga va 2019 yilning dekabr (15,2 foiz) oyiga nisbatan 1,7 foiz bandga pasayib, 13,5 foizni tashkil qildi. 2020 yil fevralda bazaviy inflyatsiya 2019 yil dekabrga nisbatan solishtirganda 1,4 foiz bandga pasayib, 12,5 foizlik darajagacha tushdi. Inflyatsiya darajasining pasayishiga, birinchi navbatda, fundamental omillar, jumladan, iqtisodiyotni kreditlash hajmi va byudjet xarajatlarining osish suratlarining sekinlashuvi, shuningdek, 2019 yilda yuzaga kelgan bir martalik omillar (otgan yil yanvar oyida QQSga tortiladigan bazaning kengayishi, avgust oyida milliy valyuta kursining devalvatsiyasi hamda energiya resurslari narxining oshishi, oktabr oyida un va non narxining erkinlashtirilishi) tasirining qisqarishi sabab boldi. Mavsumiy tebranishlarning tasirining kamayishi joriy yilning yanvar-fevral oylarida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqaror bolishiga xizmat qildi va ushbu guruh narxlarining osishi 2,4 foiznitashkil qildi (2019 yilning yanvar-fevral oylarida 4,9 foiz). Saqlash infratuzulmasining kengayishi va issiqxonalar tarmogining rivojlanishi hisobiga qish oylarida meva va sabzavotlar narxining keskin oshishi kuzatilmadi. Xususan, 2019 yilning yanvar-fevral oylarida mevalar 15,6 foizga, sabzavotlar 13,8 foizga oshgan bolsa, joriy yilda narxlar osishi qariyb ikki barobarga pasayib, mos ravishda 7,7 foiz va 6,3 foizni tashkil qildi. 2020 yilning yanvar-fevral oylarida iqtisodiyotga ajratilgan kreditlarning osish surati 2019 yilning mos davriga (6,0 foiz) nisbatan 3,5 foiz bandga pasayib 2,5 foizni tashkil etdi. Kredit portfeli umumiy osish suratining pasayishiga qaramasdan bozorning turli segmentlarida kreditlarning osish dinamikasi turlicha boldi. Jismoniy shaxslarning milliy valyutadagi istemol va ipoteka kreditlari segmentida yuqori osish surati (5,2 foiz) kuzatildi (umumiy kredit portfeli osishining 38 foizini tashkil qildi). Ushbu kreditlar boyicha foiz stavkalarning nisbatan yuqori bolishiga qaramasdan, ularga bolgan talabning yuqoriligi quyidagilar bilan izohlanadi: istemol kreditlar bozori nisbatan yangi bolganligi uchun uzoq yillar davomida yigilib qolgan yuqori talab; istemolchilar moliyaviy savodxonlik darajasining yuqori emasligi; eng asosiysi, mamlakatda bir necha yillar davomida yuqori inflyatsiya kuzatilganligi sababli, iqtisodiyotda yuqori foiz xarajatlarini qaytarishning qiyin bolmasligi togrisidagi fikrlarning saqlanib qolishi. Xorijiy valyutadagi kreditlar foiz stavkalarining nisbatan past ekanligi ushbu kreditlar hajmining 3,4foizga oshishiga sabab boldi. Byudjet xarajatlari va iqtisodiyotni kreditlash hajmini qisqartirish boyicha amalga oshirilgan choralar muayyan darajada importga bolgan talabning muvozanatlashuviga olib keldi. Xususan, 2020 yilning yanvar oyida importning yillik osish surati 23 foizgacha (2019 yilning yanvar oyida 43 foiz, fevral oyida 40 foiz) sekishlandi. Noaniqlik va xatarlar. Jahon iqtisodiyotida koronavirus tarqalishi bilan bogliq bolgan iqtisodiy muammolar Ozbekiston iqtisodiyotiga ham muayyan darajada tasir korsatishi mumkin. Bunda tasir kolami jahon iqtisodiyotidagi xatarlarning davomiyligi bilan baholanadi. Istemol savatchasida sezilarli ulushga ega bolgan Xitoydan import qilinadigan ayrim tovarlar hajmining qisqarishi ichki bozorda narxlarga malum bosimni yuzaga keltirishi mumkin. Ichki narxlar darajasiga koronavirus tasirining bir martalik qisqa muddatli bolishi kutilmoqda. Shu bilan birga, Xitoydan import qilinadigan tovarlar boyicha qoplanmagan talab ichki ishlab chiqarishning kengayishi va boshqa davlatlardan yangi import yonalishlarining yolga qoyilishi orqali qoplanadi va natijada orta muddatli istiqbolda narxlar barqarorlashadi. Ichki bozorda gosht va gosht mahsulotlariga bolgan talabning sezilarli oshishiga nisbatan taklif hajmining nomuvofiq osishi narxlarga malum darajada bosim yaratadi. Chorvachilik sohasini tubdan rivojlantirish va bu uchun zarur bolgan ozuqa bazasini shakllantirish orqali ichki bozorni uzluksiz gosht mahsulotlari bilan taminlash, malum bir vaqtni talab qiladi. Shu bilan birga, boshqa davlatlardan (Belarus, Ukraina, Qozogiston, Qirgizston) gosht importining yetarli darajada emasligi, shuningdek, gosht importi narxining oshishi orta muddatli istiqbolda gosht narxiga tasir korsatadi. Yana bir bor takidlash lozimki, transport infratuzilmasini, bozorlarda raqobatni rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarini uzluksiz gaz va elektr energiya bilan taminlash sohalarida zaruriy tarkibiy islohotlarni amalga oshirish inflyatsiya darajasi barqaror pasayishining asosiy omillaridan hisoblanadi. Inflyatsiya prognozi. 2020 yilning yanvar-fevral oylarida inflyatsiyaning pasayib boruvchi tendensiyasi kreditlarning yuqori osishni oldini olish va fiskal intizomning kuchaytirilishi orqali iqtisodiyotda inflyatsiya bosimini va inflyatsiyaga nomonetar omillar tasirini pasaytirish, xususan tartibga solinadigan energiya resurslari narxlarini erkinlashtirish jarayonini kelgusi yillarga qoldirmasdan amalga oshirish mumkinligini korsatdi. Bunda, inflyatsiya darajasini prognoz doirasida ushlab turish quyidagilar omillar hisobiga taminlanadi: umumiy fiskal balans taqchillik, OTTJ daromad va xarajatlari muvozanatlashuvini taminlagan holda, 2020 yilda tasdiqlangan parametrlarga (YaIMga nisbatan 2,7 foiz) toliq mos bolishini taminlash; banklar kredit portfelining motadil osish surati, yani YaIMning nominal hajmi osish suratidan oshmaydigan (25 foiz atrofida) darajada bolishi hamda kelgusi davrda kredit bozorida segmentlashuv darajasining pasayishi bilan pul-kredit siyosatining joriy sharoitini saqlab qolish; tashqi qarzning muvozanatli osishi, xususan, xorijiy valyutadagi kreditlar osishi va iqtisodiyotdagi qarz yukining muvozanatlashuvi hamda dollarizatsiya darajasining pasayishi. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling