O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


Download 1.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/97
Sana25.08.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1670050
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   97
Bog'liq
Давлат-хариди

 
 
20
Смирнов В.И. Ошибочные цели – ложный результат // Государственные и 
муниципальные закупки – 2008. Сборник докладов III Всероссийской 
практической конференции-семинара. М.: ИД «Юриспруденция», 2008. С. 133, 
142. 


31 
 
Nazorat uchun savollar 
1. Davlat xaridi deganda nima tushuniladi? 
2. Davlat xarajalari davlat xarididan nima bilan farqlanadi? 
3. Davlat xaridi mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga qanday ta‘sir etadi? 
4. Davlat xaridining subyektlari kimlar? 
5. Davlat buyurtmachilari kimlar? 
6. Davlat buyurtmachilari qanday huquqlarga ega? 
7. Xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi deganda kimlar tushuniladi? 
8. Xarid komissiyasi qanday vazifalarni bajaradi? 
9. Maxsus axborot portali operatoriga qanday funksiyalar yuklangan? 
10. Maxsus axborot portali operatori nimalarga haqli emas? 
11. Ekspert xarid tizimida nima vazifani bajardi? 
12. Davlat xaridining predmeti nima? 
13. Davlat xaridiga oid qanday nazariy qarashlar mavjud? 
 
 


32 
 
3-BOB. DAVLAT XARIDLARINI TASHKIL ETISHNING MILLIY 
VA XALQARO HUQUQIY ASOSLARI 
 
3.1. Davlat xaridlarini tartibga soluvchi milliy qonunchilik 
Ma‘lumki, mamlakat miqyosidagi har qanday jarayon shu davlat 
iqtisodiy-ijtimoiy hayoti uchun juda muhim hisoblanadi. Chunki bu 
jarayonlarning natijasi, salbiy yoki ijobiy bo‗lishiga qarab, mamlakat 
aholisiga, davlatning iqtisodiy mexanizmi va uning tarkibiy qismlariga 
katta ta‘sir ko‗rsatadi. Davlat xaridi jarayoni ham ulkan hamda murakkab 
mexanizm bo‗lib, uning to‗g‗ri tashkil etilganligi va mamlakat 
iqtisodiyotiga zarar emas, balki yuqori samara keltirishi muhim 
masalalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham makrodarajadagi 
qanday jarayon yuz bermasin, shu jumladan, davlat xaridi ham,
qonunchilik bilan mustahkamlab qo‗yilishi zarur. Aynan qonunchilik
davlat xaridi mexanizmini takomillashtirish va uning nazoratini tashkil 
etishga ko‗maklashadi hamda davlat xaridi subyektlarining manfaatlari 
nohaq buzilishi, qabul qilingan qonun-qoidalardan chetlanishlarni oldini 
oladi. 
O‗zbekiston Respublikasida Davlat xaridini tashkil etish va tartibga 
solishning qator huquqiy-normativ hujjatlari qabul qilingan. Bu qonun 
hujjatlari orqali davlat budjeti xarajatlarining va ustavida davlat ulushi bor 
korxonalar mablag‗larining samarali, maqsadli sarflanishi hamda ularning 
shaffofligi ta‘minlanadi.
Mamlakatimizda o‗tgan davr mobaynida xalqaro tajriba va iqtisodiy 
islohotlar talablaridan kelib chiqqan holda davlat xaridlarini tashkil etish
bo‗yicha o‗ziga xos tizim shakllantirildi. Bunda asosiy urg‗u byudjet 
mablag‗laridan samarali foydalanish, xarid jarayonida kichik biznes 
subyektlariga ko‗proq imtiyozlar berish, hamda davlat xaridlari tizimining 
mavjud mexanizmini xalqaro andozalarga mos holda tashkil etish 
xususiyatlariga qaratildi. 
O‗z navbatida davlat xaridlari tizimida zamonaviy shakl va tartib-
taomillarini ishlab chiqish hayotiy zaruratga aylandi. Davlat xaridlarini 
takomillashuvi ushbu sohaning mukammal qonunchilik bazasini yaratishga 
va uni xalqaro tajribaga mos ravishda rivojlantirishga ham bevosita uzviy 
bog‗liqdir. 
Mamlakatimizda davlat xaridlari tizimini rivojlanishini shartli ravishda 
to‗rt bosqichga bo‗lish mumkin. 


33 

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling