O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


-rasm  Davlat xaridlari bo„yicha elektron auksion savdolar natijasida byudjet


Download 1.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/97
Sana25.08.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1670050
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   97
Bog'liq
Давлат-хариди

1-rasm 
Davlat xaridlari bo„yicha elektron auksion savdolar natijasida byudjet 
mablag„larining iqtisod qilinishi
25
 
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 avgustdagi PQ-3237-
sonli Qarori bilan O„zRTXBda o„tkaziladigan elektron auksion savdolari 
bekor qilindi, 2018 yil aprel oyidan takomillashtirilgan elektron auksion 
tizimi joriy etildi 
Rasm ma‘lumotlaridan ko‗rinib turibdiki, davlat xaridlari tizimida 
elektron auksion savdolarini joriy qilinishi natijasida 2011 yilda byudjet 
mablag‗larining 22 mlrd.so‗mi yoki byudjet tashkilotlarida ushbu 
tovar(ish,xizmat)larni sotib olish uchun rejalashtirilgan mablag‗larning 12 
foizi iqtisod qilindi. Mos ravishda 2012 yilda 81,4 mlrd.so‗m (19 %), 2013 
yilda 83 mlrd.so‗m (16,6 %), 2014 yilda 117,3 mlrd.so‗m (20 %), 2015 
yilda 139,8 mlrd.so‗m (22%), 2016 yilda 133 mlrd.so‗m (18,2 %), 2017 yilda 
136,9 mlrd.so‗m (23,8 %) byudjet mablag‗i tejaldi.
25
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‗zbekiston Respublika tovar-xom 
ashyo birjasi sayti ma‘lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlangan 
22 
81,4 
83 
117,3 
139,8 
133 
136,9 
12 
19 
16,6 
20 
22 
18,2 
23,8 
0
20
40
60
80
100
120
140
160
2011 й. 
2012 й. 
2013 й. 
2014 й. 
2015 й. 
2016 й. 
2017 й. 
Бюджет маблағларини тежалиши, млрд сўм
Бошланғич баҳога нисбатан бюджет маблағларини тежалиши, фоизда 


38 
 
Tajribadan o‗tgan elektron auksion savdolarning samaradorligidan 
kelib chiqib, mazkur savdolarga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
sub‘ektlarini yanada kengroq jalb etish uchun qulay sharoitlar yaratish, xarid 
tizimida raqobatni rivojlantirish va oshkoralikni ta‘minlash, hamda 
mablag‗lardan maqsadli va oqilona foydalanish maqsadida O‗zbekiston 
Respublikasi Prezidentining ―Elektron xaridlar tizimini maqbullashtirish va 
ulardan tadbirkorlik sub‘ektlarining foydalanishini kengaytirish to‗g‗risida‖
Qarori
26
qabul qilindi. Unda korporativ xaridlar hamda xizmatlar narxlarini 
maqbullashtirish maqsadida 2013 yilning 1 mayidan boshlab ustav 
jamg‗armasida davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‗lgan tabiiy monopoliya 
sub‘ektlari, davlat unitar korxonalari va xo‗jalik jamiyatlari ham ayrim 
turdagi tovar(ish, xizmat) larni bir shartnoma bo‗yicha ekvivalenti 300 AQSh 
dollaridan 100 ming AQSh dollarigacha bo‗lgan miqdorda O‗zbekiston 
Respublika tovar – xom ashyo birjasining alohida savdo maydonchasida 
tashkil qilinadigan elektron savdolar vositasida xarid qilishi belgilandi.
O‗zbekiston Respublika tovar – xomashyo birjasi tomonidan 
o‗tkaziladigan elektron savdolarda davlat ulushi ustuvor bulgan tabiiy 
monopoliya sub‘ektlari, korxonalar va tashkilotlar xarid qiladigan ayrim 
tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro‗yxati maxsus Hukumat komissiyasi tomonidan 
belgilanadigan bo‗ldi. Mazkur korporativ xaridlar tizimidagi elektron 
auksion savdolaridan ham ijobiy natijalarga erishildi (2-jadvalga qarang). 
Jadval ma‘lumotlaridan ko‗rinib turibdiki, korporativ xaridlar tizimida 
elektron auksion savdolarini joriy qilinishi natijasida 2013 yilda 10,6
mlrd.so‗m (14,7 %), 2014 yilda 64,1 mlrd.so‗m (15,5 %), 2015 yilda 68,4
mlrd.so‗m (16,6 %), 2016 yilda 95,5 mlrd.so‗m (17,7 %),2017 yilda 101,5
mlrd.so‗m (21,8 %) moliyaviy mablag‗ tejaldi.

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling