O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


 Davlat xaridining tashkiliy shakllari


Download 1.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/97
Sana25.08.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1670050
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   97
Bog'liq
Давлат-хариди

4.2. Davlat xaridining tashkiliy shakllari 
Bugungi kunda mamlakatimiz xarid tizimida xarid qilish tartib-
taomillarini amalga oshirish turlari quyidagilardan iborat: 
1. Elektron doʼkon; 
2. Boshlangʼich narxni pasaytirish uchun oʼtkaziladigan auksion; 
3. Eng yaxshi takliflarni tanlash (tanlov); 
4. Tender; 
5. Toʼgʼridan-toʼgʼri shartnomalar boʼyicha amalga oshiriladigan 
davlat xaridlari
6. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, 
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan ruxsat 
etilgan xaridlarning boshqa raqobatli turlari (electron birja savdolari
yarmarkalar va h.k).
Elektron doʼkon maxsus talablar tatbiq etilmaydigan isteʼmol 
tovarlarining va boshqa tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat 
xaridlarini amalga oshirish uchun moʼljallangan maxsus axborot 
portalidagi maxsus maydonchadir. 
Boshlangʼich narxni pasaytirish uchun oʼtkaziladigan auksion davlat 
xaridlarining raqobatli usuli boʼlib, uni tashkil etishda narx ishtirokchini 
tanlashning yagona mezoni boʼladi va bunda mazkur norma tovarlarni 
belgilangan sifat standartlariga muvofiq holda yetkazib berish talabini 
bekor qilmaydi. Tovarni eʼlonda bayon etilgan shartlar asosida eng past 
narx boʼyicha yetkazib berishni taklif qilgan ishtirokchi auktsionning 
gʼolibi boʼladi. 


59 
 
Eng yaxshi takliflarni tanlash (tanlov) deganda shartnomani bajarish 
boʼyicha eng yaxshi shartlarni taklif qilgan ishtirokchi gʼolib deb 
topiladigan xarid qilish tartib-taomilini amalga oshirishning turi 
tushuniladi. Davlat xaridi toʼgʼrisidagi axborot davlat buyurtmachisi 
tomonidan maxsus axborot portaliga tanlov oʼtkazilishi toʼgʼrisidagi 
eʼlonni va tanlov hujjatlarini joylashtirish orqali cheklanmagan doiradagi 
shaxslarga maʼlum qilinadi. 
Tender deganda davlat xaridini ikki bosqichda amalga oshirishning 
raqobatli tartib-taomili orqali ijrochini aniqlash usuli tushuniladi. Bunda 
shartnomani bajarish boʼyicha eng yaxshi shartlarni taklif qilgan tender 
ishtirokchisi ushbu tartib-taomil natijalari boʼyicha gʼolib deb topiladi. 
Davlat xaridi haqidagi axborotni davlat buyurtmachisi tender oʼtkazilishi 
toʼgʼrisidagi eʼlonni va tender hujjatlarini maxsus axborot portaliga 
joylashtirish orqali shaxslarning cheklanmagan doirasiga maʼlum qiladi. 
Shartnomani bajarishning eng yaxshi shartlari tender ishtirokchilarining 
takliflarini baholash boʼyicha eʼlon qilingan mezonlar asosida xarid 
komissiyasi tomonidan aniqlanadi. 
Toʼgʼridan-toʼgʼri shartnomalar boʼyicha boʼyicha amalga 
oshiriladigan davlat xaridlari esa davlat buyurtmachisi bilan ishtirokchi 
(etkazib beruvchi) oʼrtasida hech qanday savdo turlarini amalga 
oshirmasdan, shartnoma tuzish orqali xaridlarni amalga oshiriladigan xarid 
qilish tartib-taomilidir. 

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling