O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


Download 1.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/97
Sana25.08.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1670050
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   97
Bog'liq
Давлат-хариди

Ishtirokchini xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etishdan 
chetlatish shartlari. Davlat buyurtmachisi yoki maxsus axborot portali 
operatori quyidagi hollarda ishtirokchini xarid qilish tartib-taomillarida 
ishtirok etishdan chetlatadi, agar: 
 ishtirokchi davlat xaridlari jarayonida davlat buyurtmachisi 
tomonidan biror-bir xatti-harakatning bajarilishiga, qaror qabul qilinishiga 
yoki biror-bir xarid qilish tartib-taomilining qo‗llanilishiga ta‘sir o‗tkazish 
maqsadida davlat buyurtmachisining yoki boshqa davlat organining 
istalgan hozirgi yoki sobiq mansabdor shaxsiga yoki xodimiga har qanday 
shakldagi haqni, ishga yollash to‗g‗risidagi taklifni yoxud istalgan boshqa 
qimmatbaho ashyoni yoki xizmatni bevosita yoxud bilvosita taklif qilsa, 
bersa yoki berishga rozilik bildirsa; 
 ishtirokchi raqobatlashuvda adolatsiz ustunlikka ega bo‗lsa yoki 
qonun hujjatlarini buzgan holda manfaatlar to‗qnashuvini keltirib chiqarsa. 
Davlat buyurtmachisining yoki maxsus axborot portali operatorining 
ishtirokchini xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etishdan chetlatish 
to‗g‗risidagi qarori va buning sabablari xarid qilish tartib-taomillari 
to‗g‗risidagi hisobotga kiritiladi hamda ular haqida tegishli ishtirokchiga 
darhol xabar beriladi. 
G„olib bo„lgan taklifning aktsepti hamda aktsept uchun asoslar
Davlat buyurtmachisi o‗tkazilgan xarid qilish tartib-taomillari yakunlari 
bo‗yicha g‗olib bo‗lgan taklifning aktsepti to‗g‗risida bir ish kuni ichida 
qaror qabul qiladi. 
G‗olib bo‗lgan taklifning aktsepti quyidagi hollarda amalga 
oshirilishi mumkin, agar: 
 davlat xaridlari bekor qilinmagan bo‗lsa; 


69 
 
 g‗olib bo‗lgan taklifni yuborgan ishtirokchi chetlatilmagan 
bo‗lsa; 
 xarid qilish tartib-taomili buzilmagan bo‗lsa. 
Davlat xaridini bekor qilish. Davlat buyurtmachisi g‗olib bo‗lgan 
taklif aktseptiga qadar istalgan vaqtda davlat xaridini bekor qilish 
huquqiga ega. Davlat xaridi bekor qilingan taqdirda davlat buyurtmachisi 
maxsus axborot portalida mazkur qarorning asoslantirilgan sabablarini 
e‘lon qiladi. 
Davlat buyurtmachisi davlat xaridi bekor qilinganligi uchun javobgar 
bo‗lmaydi, bundan davlat xaridi davlat buyurtmachisining g‗ayriqonuniy 
harakatlari (harakatsizligi) oqibatida bekor qilingan hollar mustasno. 
Maxfiylik. Davlat buyurtmachisining yoki maxsus axborot portali 
operatorining xodimi o‗zining ijrochilar yoki istalgan shaxs bilan 
munosabatlarida, agar axborotni oshkor etmaslik davlat xavfsizligi 
manfaatlarini himoya qilish uchun zarur bo‗lsa yoki bunday axborotning 
oshkor etilishi qonunga zid bo‗lsa, qonun hujjatlariga rioya etilishini 
ta‘minlashga to‗sqinlik qilsa, ijrochilarning qonuniy tijorat manfaatlariga 
zarar etkazsa yoxud insofli raqobatga to‗sqinlik qilsa, vakolatli organ bu 
axborotni oshkor etish to‗g‗risida qaror qabul qilmasa, hech bir axborotni 
fosh etmaydi. Vakolatli organ bunday axborotni oshkor etish to‗g‗risida 
qaror qabul qilgan taqdirda ushbu qaror shartlariga rioya etiladi. 
Ishtirokchi xarid qilish tartib-taomilida ishtirok etib, taklifda o‗zi 
ko‗rsatgan barcha ma‘lumotlarning, takliflarini qabul qilish muddati 
tugaganidan keyin e‘lon qilinishiga rozilik bildiradi. 
Odob-axloq qoidalari. Davlat buyurtmachilari va maxsus axborot 
portali operatori davlat xaridlarini o‗tkazish uchun Odob-axloq qoidalarini 
qabul qilishi kerak, unda quyidagilar nazarda tutiladi: 
o manfaatlar to‗qnashuvining oldini olish chora-tadbirlari; 
o kasbiy tayyorgarlikni tekshirish tartib-taomillari va unga doir 
talablar. 
Davlat 
buyurtmachilari, 
maxsus 
axborot 
portali 
operatori 
xodimlarining, xarid komissiyasi a‘zolarining odob-axloqi qoidalarida 
kasbga doir va xizmatdan tashqari faoliyatda odob-axloqning yagona 
printsiplari va qoidalari, kasbiy tayyorgarlikka doir yagona talablar 
belgilanadi. 
Davlat buyurtmachisining va maxsus axborot portali operatorining 
mas‘ul shaxslari, xarid komissiyasi a‘zolari tomonidan ishtirokchilar 
hamda ijrochilardan moddiy va nomoddiy boyliklarni olish taqiqlanadi. 


70 
 
Odob-axloq qoidalari davlat buyurtmachilarining yoki ularning 
yuqori turuvchi organlarining rasmiy veb-saytlarida e‘lon qilinishi lozim. 
Manfaatlar to„qnashuvi. Davlat buyurtmachisining, maxsus axborot 
portali operatorining mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari
shuningdek xarid komissiyasining a‘zolari xarid qilish tartib-taomillarini 
amalga oshirishda o‗z ishtirokidagi davlat xaridlariga doir bitimning 
natijasi bo‗lishi mumkin bo‗lgan istalgan shaxsiy nafni bevosita yoki 
bilvosita olish huquqiga ega emas. 
Yuqorida ko‗rsatilgan shaxslar: 

shaxsiy manfaatdor emasligini, shuningdek o‗z oila a‘zolarining 
manfaatdor emasligini kafolatlashi kerak, aks holda shaxsiy manfaatdorlik 
hamda boshqa ishtirokchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari 
o‗rtasida ziddiyat yuzaga keladi yoki kelishi mumkin; 

manfaatlarning istalgan potentsial, taxmin qilinayotgan yoki 
mavjud to‗qnashuvi haqidagi axborotning oshkor etilishini kafolatlashi 
kerak. 
Mavjud yoki taxmin qilinayotgan manfaatlar to‗qnashuvi to‗g‗risida 
xabar topgan, ushbu moddaning birinchi qismida ko‗rsatilgan shaxslar bu 
haqda bevosita rahbarga xabar qilib, bir vaqtning o‗zida vakolatli organni 
xabardor etishi shart. Manfaatlar to‗qnashuvi mavjudligi to‗g‗risida 
ma‘lumotlar olgan rahbar uning oldini olish yoki uni bartaraf etish 
bo‗yicha o‗z vaqtida choralar ko‗rishi shart. 
Davlat xaridlari jarayonidagi cheklovlar. Davlat xaridlari 
jarayonida quyidagilarga yo‗l qo‗yilmaydi: 
- ishtirokchilarni 
kamsitishga, 
boshqa 
ishtirokchilarga 
zarar 
etkazgan holda bir ishtirokchiga imtiyozlar yoki preferentsiyalar berishga; 
- manfaatlar to‗qnashuviga; 
- davlat xaridlarini amalga oshirishning raqobatga asoslanmagan 
usullarini qonunga xilof ravishda tanlashga, davlat xaridlari sub‘ektlariga 
ta‘sir o‗tkazishga, davlat xaridlarida ishtirokchilarning ishtirok etishi 
to‗g‗risidagi axborotni oshkor etishga, ularning sonini asossiz ravishda 
cheklashga yoki ularning malakasiga qo‗yilgan talablarni oshirishga, 
raqobatga yo‗l qo‗ymaslikning, uni cheklashning yoki bartaraf etishning 
boshqa shakllariga, bundan qonun hujjatlarida belgilangan hollar 
mustasno; 
- narxlarni yoki ishtirokchilarni saralash natijalarini buzib ko‗rsatish 
maqsadida ishtirokchilarning oldindan til biriktirishiga; 


71 
 
- ishonchsiz yoki buzib ko‗rsatilgan axborotni taqdim etish yoki 
tarqatishga, shuningdek davlat xaridlari to‗g‗risidagi axborotdan 
foydalanishni asossiz ravishda cheklashga
- davlat xaridlarini amalga oshirishning raqobatga asoslangan 
usullarini chetlab o‗tish maqsadida davlat xaridlari hajmini qismlarga 
bo‗lib tashlashga; 
- ishtirokchilarning sun‘iy tarzda pasaytirilgan narxlar bo‗yicha 
takliflar berishiga, keyinchalik shartnomani imzolashni yoki uni tegishli 
tarzda ijro etishni rad etishiga; 
- davlat xaridi tarkibiga texnologik va funktsional jihatdan o‗zaro 
bir-biri bilan bog‗liq bo‗lmagan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) 
kiritishga; 
- firibgarlik, soxtalashtirish va korrupsiyaning namoyon bo‗lishiga; 
- moliyalashtirish manbalari va hajmlari mavjudligi to‗g‗risida 
tasdiqlarga ega bo‗lmagan yoki ajratilgan mablag‗lar hajmidan ortiq 
miqdordagi davlat xaridlarini amalga oshirishga. 

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling