O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


 Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridlari tavsifiga


Download 1.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/97
Sana25.08.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1670050
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   97
Bog'liq
Давлат-хариди

5.2. Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridlari tavsifiga 
va shartnoma shartlariga taalluqli qoidalar 
Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi tavsifi xolis, 
funktsional va umumiy xususiyatga ega bo‗ladi. Tavsifda tovarlar (ishlar, 
xizmatlar) davlat xaridining tegishli texnik, sifat va ekspluatatsiya qilinish 
xususiyatlari ko‗rsatiladi. 
Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridlari tavsifi 
tasniflarni, rejalarni, chizmalarni, eskizlarni, talablarni hamda sinovlar va 
sinov usullari, qadoqlash, tamg‗alash haqidagi yoki muvofiqlik sertifikati, 
shuningdek shartli belgilar va atamalar to‗g‗risidagi axborotni o‗z ichiga 
olishi mumkin. 
Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi tavsifiga aniq 
tovar belgisiga yoki nomiga, patentga, konstruktsiyaga yoki modelga, u 
mansub bo‗lgan muayyan manbaga yoki ishlab chiqaruvchiga doir talablar 
yoki havolalar kiritilmasligi kerak, bundan tovarlarning (ishlarning, 
xizmatlarning) davlat xaridi xususiyatlarini ta‘riflashning boshqa etarlicha 
aniq usuli mavjud bo‗lmagan hollar mustasno va bunda tovarlarni 
(ishlarni, xizmatlarni) boshqa bir ishlab chiqaruvchining ekvivalent 
tovarlari (ishlari, xizmatlari) bilan almashtirish imkoniyati to‗g‗risidagi 
eslatma kiritilishi kerak. 
Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi tavsifida 
quyidagilar bo‗lishi kerak: 
 tovarlarning soni; 
 bajarilishi (ko‗rsatilishi) kerak bo‗lgan ishlar (xizmatlar); 
 tovarlar etkazib berilishi lozim bo‗lgan yoxud ishlar bajarilishi 
yoki xizmatlar ko‗rsatilishi kerak bo‗lgan joy; 
 tovarlarni etkazib berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar 
ko‗rsatishning maqbul yoki talab etilgan muddatlari, agar ular mavjud 
bo‗lsa. 
Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridiga doir 
hujjatlarda xarid qilinadigan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) 
davlat buyurtmachisi tomonidan belgilangan talablarga muvofiqligini 
aniqlash imkonini beradigan ko‗rsatkichlar bo‗lishi kerak. Bunda shunday 
ko‗rsatkichlarning eng ko‗p va (yoki) eng kam qiymatlari, shuningdek 


66 
 
o‗zgartirilishi 
mumkin 
bo‗lmagan 
ko‗rsatkichlarning 
qiymatlari 
ko‗rsatiladi. 
Zarur bo‗lgan hollarda davlat buyurtmachisi tovarlarning (ishlarning, 
xizmatlarning) kafolat muddatiga va (yoki) ularning sifatiga beriladigan 
kafolat hajmiga, tovarga kafolat xizmati ko‗rsatishga, tovardan foydalanish 
xarajatlariga, tovarni montaj qilish va sozlashning majburiyligiga, 
tovardan foydalanuvchi va unga xizmat ko‗rsatuvchi shaxslarni o‗qitishga 
doir talablarni belgilaydi. 
Mashinalar va asbob-uskunalarni etkazib beruvchi ijrochi aniqlangan 
taqdirda davlat buyurtmachisi davlat xaridiga doir hujjatlarda tovarning 
kafolat muddatiga va (yoki) uning sifatiga beriladigan kafolat hajmiga, 
tovarga kafolat xizmati ko‗rsatishga, tovarga kafolat muddati mobaynida 
xizmat ko‗rsatish xarajatlariga, shuningdek tovarni montaj qilish va 
sozlashga, agar bu tovarning texnik hujjatlarida nazarda tutilgan bo‗lsa, 
talablar belgilaydi. Yangi mashinalar va asbob-uskunalarni etkazib 
beruvchi ijrochi aniqlangan taqdirda davlat buyurtmachisi davlat xaridi 
to‗g‗risidagi hujjatlarda ushbu tovarni ishlab chiqaruvchining va (yoki) 
etkazib beruvchining kafolatini taqdim etishga hamda bunday kafolatning 
amal qilish muddatiga nisbatan qo‗shimcha ravishda talablar belgilaydi. 
Bunday kafolatni berish ushbu tovar bilan birga amalga oshiriladi. 
Agar tovarlarning davlat xaridi tavsifida boshqacha qoida nazarda 
tutilmagan bo‗lsa, etkazib berilayotgan tovar yangi bo‗lishi kerak. 
Tovarni ishlab chiqaruvchiga, ishtirokchiga doir talablarni, shu 
jumladan ishtirokchining malakasiga qo‗yilgan talabni tovarlarning 
(ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi to‗g‗risidagi hujjatlarga (shu 
jumladan 
tovarning, 
ishning 
yoki 
xizmatning 
sifatiga, 
texnik 
xususiyatlariga doir talablar, tovarning funktsional xususiyatlariga 
(iste‘mol qilish xususiyatlariga) doir talablar shaklida) kiritishga yo‗l 
qo‗yilmaydi. 
Davlat xaridlari to‗g‗risidagi axborot davlat tilida, shuningdek davlat 
buyurtmachisining ixtiyoriga ko‗ra boshqa tillarda e‘lon qilinadi va 
tarqatiladi. 

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling