O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


Download 1.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/97
Sana25.08.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1670050
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   97
Bog'liq
Давлат-хариди

Ishtirokchilarga qo„yiladigan talablar. Ishtirokchilar quyidagi 
mezonlarga muvofiq bo‗lishi kerak: 
- shartnomani bajarish uchun zarur texnikaviy, moliyaviy, moddiy, 
kadrlar resurslarining hamda boshqa resurslarning mavjudligi
- shartnoma tuzish uchun qonuniy huquqqa egalik; 
- soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarni to‗lash bo‗yicha 
qarzdorlikning mavjud emasligi; 


67 
 
- o‗ziga nisbatan joriy etilgan bankrotlik tartib-taomillarining 
mavjud emasligi; 
Insofsiz ijrochilarning yagona reestrida qayd etilmaganligi. 
Ishtirokchilarga qo‗shimcha talablar qo‗yiladigan davlat xaridi. 
Davlat 
buyurtmachisi 
zarur 
bo‗lganda 
tovarlarning 
(ishlarning, 
xizmatlarning) o‗ziga xos xossalaridan yoki xususiyatlaridan kelib chiqqan 
holda ishtirokchilarga qo‗shimcha talablar belgilashga haqli. 
Ishtirokchilarga 
qo‗yiladigan 
qo‗shimcha 
talablar 
Qonunda 
belgilangan 
printsiplarga 
zid 
bo‗lmasligi 
kerak.Ishtirokchilarga 
qo‗yiladigan qo‗shimcha talablar davlat xaridi to‗g‗risidagi axborotda u 
e‘lon qilingan paytda ko‗rsatilgan bo‗lishi kerak.Ishtirokchilarga 
qo‗shimcha talablar qo‗yiladigan davlat xaridida ishtirok etish uchun 
ishtirokchilar akkreditatsiya tartib-taomilidan o‗tadi. 
Ishtirokchilarni akkreditatsiyadan o‗tkazish tartibi vakolatli organ 
tomonidan belgilanadi.
Birgalikdagi 
davlat 
xaridlari. 
Tovarlarning 
(ishlarning, 
xizmatlarning) birgalikdagi davlat xaridlarini shakllantirish ikki va undan 
ortiq davlat buyurtmachisining davlat xaridlari bo‗yicha rejalariga ko‗ra 
amalga oshiriladi. 
Tovarlarning 
(ishlarning, 
xizmatlarning) 
birgalikdagi 
davlat 
xaridlarini shakllantirish bir davlat dasturida yoki loyihalar portfelida 
ishtirok etayotgan davlat buyurtmachilarida amalga oshirilishi kerak. 
Takliflarni ta‟minlash. Davlat buyurtmachisi xarid qilish tartib-
taomiliga nisbatan ishtirokchilar tomonidan takliflarning garov, kafolat, 
zakalat tarzida yoxud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa usulda 
ta‘minlanishi zarurligi to‗g‗risida talab belgilashga haqli. 
Xarid qilish tartib-taomiliga nisbatan ishtirokchilar tomonidan 
takliflarning ta‘minlanishi zarurligi tarzidagi talab barcha ishtirokchilarga 
taalluqli bo‗ladi va davlat xaridlarining shartlarida ko‗rsatiladi. 
Davlat buyurtmachisi xarid qilish tartib-taomiliga nisbatan 
ishtirokchilar tomonidan takliflarning ta‘minlanishi zarurligi tarzida talab 
belgilagan taqdirda, takliflar yuborilguniga qadar ishtirokchi ta‘minotning 
maqbulligini tasdiqlash to‗g‗risida so‗rov yuborishga haqli. Davlat 
buyurtmachisi bunday so‗rovga darhol javob beradi. 
Davlat buyurtmachisi taklifni ta‘minlash summasi to‗lanishini talab 
qilmaydi va ta‘minlash to‗g‗risidagi hujjatni darhol qaytaradi yoki 
quyidagi voqealardan biri yuz berganidan keyin uning qaytarilishini 
ta‘minlaydi: 


68 
 

taklifni ta‘minlashning amal qilish muddati tugashi

davlat xaridlari to‗g‗risidagi shartnomaning kuchga kirishi va 
ushbu shartnomaning bajarilishi ta‘minlanishi, agar bunday ta‘minlash 
davlat xaridi shartlarida talab etilsa; 

davlat xaridlarining bekor qilinishi

takliflarni yuborishning oxirgi muddati tugaguniga qadar taklifning 
chaqirib olinishi, agar davlat xaridi shartlarida bunday qaytarib olishga 
yo‗l qo‗yilmasligi aytib o‗tilmagan bo‗lsa. 
Muzokaralar olib borishni taqiqlash. Xarid qilish tartib-taomillarini 
amalga oshirishda davlat buyurtmachisining maxsus axborot portali 
operatori bilan va maxsus axborot portali operatorining ishtirokchi bilan 
muzokaralar olib borishiga yo‗l qo‗yilmaydi. 

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling