O„zbekiston respublikasi
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
НМҚИ Axborot-xati
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Sanoat va mashinasozlik mahsulotlarini ishlab chiqarishda sifat ko„rsatkichlarini ta‟minlashda innovatsion texnologiyalar”
- Maqolalarga qo„yiladigan talablar
O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA‟LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI NAMANGAN MUHANDISLIK-QURILISH INSTITUTI AXBOROT XATI O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosatining 2023-yil 27-apreldagi 39-son bayoni hamda Oliy ta‟lim, fan va innovasiyalar vazirining 2023-yil 2-maydagi “2023-yilda o„tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar ro„yxatini tasdiqlash to„g„risida”gi 118-sonli buyrug„iga asosan 2023-yil 24-noyabr kuni Namangan muhandislik- qurilish institutida “Sanoat va mashinasozlik mahsulotlarini ishlab chiqarishda sifat ko„rsatkichlarini ta‟minlashda innovatsion texnologiyalar” mavzusida Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya bo„lib o„tadi. Konferensiyaning ilmiy yo„nalishlari: Sanoat va mashinasozlik mahsulotlarini innovatsion texnologiyalar asosida ishlab chiqarishda xalqaro va milliy standartlashtirishning roli Mahsulot sifat ko„rsatkichlarini ta‟minlashda intellektual metrologiya Transport, avtomobilsozlik, mashinasozlik va qishloq xo„jaligi texnikalarida metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirishning o„rni Qurilish, sanoat va iqtidodiyot sohalarida sifat menejmenti tizimini joriy etishning istiqbollari Malakali kadrlar tayyorlashda davlat ta‟lim standartlari va ishlab chiqarish integratsiyasi Maqolalarga qo„yiladigan talablar: Maqola yoki tezis manti to„liq 2-5 bet hajmida bo„lishi lozim; maqola 1,5 intervalda (chapdan 2,5 sm, yuqoridan 2 sm, quyidan 2 sm, o„ng tomondan 1,5 sm, varaq bichimi A4 formatda, 210x297 mm), Microsoft Word muharririda, matnlar Times New Roman, 14 o„lchamli shriftda yozilishi; maqolada va tezislar namunada ko„rsatilgan tartibda rasmiylashtiriladi; rasmlar *.jpg yoki *.bmp grafik muharririda bajarilishi lozim; maqola quyidagi bo„limlardan iborat bo„lishi kerak: kirish, ilmiy-tadqiqot metodlari (ilmiy maqola uchun), natijalar, muhokamalar va xulosa. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling