Dizel yoqilgilarining ish xususiyatlari va ulardan qishloq xo‘jaligi texnikalarida foydalanish
Download 43.13 Kb.
|
dizel
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Dizel yonilg‘ilariga bo‘lgan ishlatilish talablari
Mavzu: Dizel yoqilgilarining ish xususiyatlari va ulardan qishloq xo‘jaligi texnikalarida foydalanish. REJA:
Dizel yonilg‘ilariga bo‘lgan ishlatilish talablari. Dizel yonilg‘ilarining o‘z-o‘zidan alangalanish xususiyati, setan soni. Setan sonini aniqlash usullari. Dizel yonilg‘ilarining rusumlari, navlari va xossalari. Dizel yonilg‘ilarini tashishda, saqlashda sifati buzilmasligi va isrof qilmaslik. Adabiyotlar: T.S.Xudoyberdiev va boshqalar. “YOnilg‘i-moylash materiallari va texnik suyuqliklar”. T.: “Fan va texnologiya”, 2008. 218 b. A.S.Polvonov va boshqalar. “Transport vositalarida ishlatiladigan materiallar”. T.: “Fan”, 2003. 224 b. Q.A.SHaripov. “YOnilg‘i-moylash materiallari”. T.: “Mehnat”, 2001. 120b. 1. Dizel yonilg‘ilariga bo‘lgan ishlatilish talablari Dizel dvigatellari xozirgi kunda jaxon mamlakatlari, shu jumladan, bizning mamlakatimizdagi texnikalarda keng ko‘llanilmoqda. Agar o‘tgan asrning birinchi yarmida avtotraktorlarda asosan karbyuratorli dvigatellar ishlatilgan bo‘lsa, asr oxiriga kelib traktorlarda, kemalarda, teplovozlarda va statsionar energetika qurilmalarida deyarli 100% dizellar qo‘llanilmoqda. Dunyo mamlakatlarida og‘ir yuk avtomobillari, avtobuslar ham deyarli 100% dezellashdi; engil avtomobillar esa xozirgi kunda taxminan 30% dizel dvigatellariga o‘tdi. YUqorida sanab o‘tilgan dizellashtirishnig sabablari, ularning karbyuratorli dvigatellardan quyidagi afzalliklardan kelib chiqadi: -ishlashdagi yuqori tejamkorligi; -yonilg‘isi arzonroq va yonib ketishi xavfi kamroq; -yuklanish rejimlaridan boshqa rejimga o‘tishining osonligi; -dvigatelni to‘la qizdirmay turib ham ish boshlaverish imkoniyati; -ishlatish jarayonida uzoqroq muddat buzilmay ishlay olishi va boshqalar. Dizelda yonish kamerasidagi qizigan va yuqori bosimli xavoga yonilg‘i katta bosimda forsunka orqali purkalishi natijasida aralashma xosil bo‘ladi. YOnuvchi aralashma tashqi yondirish manbai (svechasiz) o‘z-o‘zidan tutashib yonib ketadi. Bunday ishlaydigan dvigatellarni - siqish natijasida yonadigan dvigatellar, deyiladi. Bu jarayon Dizel familiyasi bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun dizel dvigatellari deyiladi. Dizellarda siqish darajasi yuqori (ε=14...20), xavoning ortiqchalik koeffitsienti (=1,4…1,65) kattaroq bo‘lganligi uchun ancha tejamli ishlaydi. Solishtirma yonilg‘i sarfi karbyuratorli dvigatellarda 83…94 g/MJ., dizellarda esa 64...74 g/MJ, ya’ni dizellar taxminan 25...30 % tejamliroq. Dizellarda yonilg‘ining to‘la va sifatli yonishi uchun ular quyidagi ishlatilish (ekspluatatsiya) talablariga javob berishi kerak: -yuqori bosim nasosi uzulksiz va puxta ishlashi uchun yonilg‘i yaxshi so‘rilishi va xaydalishi (maqbul qovushoqlikka, zarur past xarorat xossalariga ega bo‘lishi, tarkibida suv hamda mexanik aralashmalar bo‘lmasligi) lozim; -mayin to‘ziydigan va yaxshi aralashma xosil qiladigan bo‘lishi, buning uchun esa qovushoqligi va fraksion tarkibi mo‘‘tadil (optimal) bo‘lishi zarur; -dvigatelni oson yurgizib yuborishi va yumshoq ishlashi uchun tutun xosil qilmasdan to‘la yonishi kerak (yonilg‘ining setan soni, qovushoqligi va fraksion tarkibiga bog‘liq). -klapanlarda, porshenlarda va porshen xalqalarida ko‘p qurum xosil bo‘lmasligi, forsunka tiqilib qolmasligi, to‘zitgich uchlarida koks (qorakuya) to‘planmasligi lozim, bular yonilg‘ining kimyoviy va fraksion tarkibiga, tozalash usuli va darajasiga bog‘liq; -idishlarni, yonilg‘i oqadigan naychalarni, yonilg‘i uzatilish tizimini va dvigatel detallarini korroziyalamasligi kerak (oltingugurtli birikmalar, organik va mineral kislotalar, suv miqdoriga bog‘liq); -barqaror yonishi hamda yonganda mumkin qadar ko‘p issiqlik miqdori ajralib chiqishi, uzoq muddat saqlanganda ham xossalarini kamroq o‘zgartirishi zarur. Download 43.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling