Dizel yoqilgilarining ish xususiyatlari va ulardan qishloq xo‘jaligi texnikalarida foydalanish
Tez yurar dizellar uchun yonilg‘ilar rusumlari, navlari va xossalari
Download 43.13 Kb.
|
dizel
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.Dizel yonilg‘ilarini tashishda, saqlashda sifatini buzilmasligi va isrof qilmaslik
- Nazorat uchun savollar
4. Tez yurar dizellar uchun yonilg‘ilar rusumlari, navlari va xossalari
Avtotraktor dizel yonilg‘ilari beshta navda ishlab chiqariladi: yozgi, qishki, shimoliy, arktik va maxsus. Agar yonilg‘i kam oltingugurtli neftdan olingan bo‘lsa, ikki xarf bilan markalanadi., masalan, DL (YOD) -yozgi dizel yonilg‘isi. Bu yonilg‘ida oltingugurt miqdori 0,2 foizdan oshmaydi. Agar yonilg‘i oltingugurtli neftdan olinsa, bir xarf va rakamlar bilan markalanadi; masalan, L( YO )-0,2-40. Bu yonilg‘ining ikki kichik guruxi chiqariladi: birinchisi tarkibida 0,2 foizgacha, ikkinchisida 0,21... 0,5 foizgacha oltingugurt bo‘ladi. Dizel yonilg‘isi rusumi (marka)sidagi xarflar: YO-yozgi, K-kishki, KSH-qishki shimoliy, A-arktika sharoitlarida ishlatiladigan yonilg‘idir. Odatda, yonilg‘i rusumida xarflardan tashqari rakamlar ham bo‘ladi, u foizda o‘lchanadigan oltingugurt miqdori (0,2 yoki 0,5)dir. Bundan tashqari, yozgi yonilg‘ida o‘t olish xarorati (40), qishki yonilg‘ida qotish xarorati (-35 yoki-45)lari ham ko‘rsatib qo‘yiladi. Masalan; DYO-0,2-40, DYO-0,5-40, K-0,2-35, YO-0,5-45 va xk. Ayrim davlatlarda ishlab chiqariladigan dizel yonilg‘ilarining xossalari 2-jadval
MDX davlatlarida qullanilib kelinayotgan dizel yonilg‘ilarining xossalari 3-jadvalda keltirilgan. Dizel yonilg‘ilarining asosiy xossalari 3-jadval
5.Dizel yonilg‘ilarini tashishda, saqlashda sifatini buzilmasligi va isrof qilmaslik Dizel yonilg‘ilari avtomobil benzinlariga nisbatan fraksion tarkibi og‘irroq va kam bug‘lanuvchan bo‘lishiga qaramasdan saqlash va tashish jarayonlarida bug‘lanishi va oksidlanishi mumkin, natijada og‘ir fraksiyalar miqdori oshadi. Bu xol yonilg‘ini to‘la yonmasligiga va demak, isrofgarchilikka olib keladi. YOnilg‘i uzoq muddat saqlanganda uning tarkibi o‘zgara boradi. Bunda mexanik aralashmalar (chang va zanglash maxsulotlari), oksidlanish maxsulotlari, suv miqdori oshadi. YOnilg‘i tashiladigan va saqlanadigan rezervuarlar toza xolatda bo‘lishi va unga xar xil yonilg‘i, moylar quyilmasligi lozim. Aks xolda, qoldiq moy yoki yonilg‘ilar bilan dizel yonilg‘isi aralashib, o‘z xususiyatlarini o‘zgartiradi. YOzgi va qishki yonilg‘ilar o‘z mavsumida ishlatilish shart. Agar, qishki yonilg‘i yozda saqlansa, tashilsa yoki qo‘llanilsa, uning isrofgarchiligi oshadi, chunki qishki yonilg‘ilarni engil fraksiyalari nisbatan ko‘p. Ishlatilganda esa yonilg‘i sarflari nisbatan ko‘p. Xuddi shunday yozgi yonilg‘ini kishda ishlatilsa u yaxshi to‘zimaydi, chala yonadi va yonilg‘i sarfi oshadi. YOnilg‘i rezeruvarlarini er sharoitida saqlash maqsadga muvofik xisoblanadi, bunda yuqorida aytilgan aralashmalarni tushish extimoli bir necha marta kamayadi. Rezervuarlarni esa yonilg‘i bug‘larini ushlab qoladigan qurilmalar bilan jixozlash yonilg‘i sarfini bir muncha kamaytiradi. Eng asosiysi, yonilg‘i ruxsat etilgan mexanizatsiyalashgan yonilg‘i qo‘yish moslamalari bilan qo‘yilish lozim, agar chelaklaklarda yonilg‘i quyilsa, uning isrofgarchiligi ortib ketadi va chang, suv aralashib qolish extimoli ortadi. Nazorat uchun savollar: Dizellarda aralashma xosil bo‘lish jarayonini qanday o‘tishi xaqida tushuntirib bering. Dizel yonish kamerasida yonilg‘i-xavo aralashmasining yonishi qanday kechadi. YOnish davrlarini aytib bering. Dizel yonilg‘ilariga bo‘lgan ishlatish talablarini aytib bering. Dizel yonilg‘ilarining o‘z-o‘zidan alangalanish xususiyatini tushuntirib bering. Setan soni deb nimaga aytiladi va u qanday aniqlanadi? YOnilg‘i fizik-kimyoviy xususiyatlari aralashma xosil bo‘lish jarayoniga qanday ta’sir qiladi? Aralashma sifatiga yonilg‘idan boshqa omillarning ta’sirini qanday bo‘lishini tushuntirib bering. Xozirda ishlab chiqarilayotgan dizel yonilg‘ilarining rusumlari haqida ma’lumot bering. Xorijda ishlab chiqarilayotgan dizel yonilg‘ilarining o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? Download 43.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling