Dizel yoqilgilarining ish xususiyatlari va ulardan qishloq xo‘jaligi texnikalarida foydalanish


Download 43.13 Kb.
bet3/4
Sana27.10.2023
Hajmi43.13 Kb.
#1726593
1   2   3   4
Bog'liq
dizel

3. Setan sonini aniqlash usullari.

Setan soni (SS) ni aniqlashning 3 xil usuli mavjud: 1) yonilg‘iing (o‘t) chaqnashini topish; 2) o‘z-o‘zidan alangalanishni kechikishi orqali; 3) siqish darajasining kritik qiymati orqali. Ko‘pchilik mamlakatlarda, shu jumladan, bizda setan sonini topishda yonilg‘ining (o‘t) chaqnashini topish usulidan foydalaniladi.


SS ni aniqlash uchun dizel dvigateli kabi ishlaydigan, siqish darajasini 7 dan 23 gacha o‘zgarishi mumkin bo‘lgan, 1 silindrli dvigatel qurilmasi-IT9-3M ishlatiladi. Bunda dvigatel qurilmasini yurgizib, qizdirib bo‘lgandan so‘ng tekshiriladigan yonilg‘ida ishlatishga o‘tiladi.
Dvigatelga siqish darajasini o‘zgartirib borish orqali yonilg‘i alangalanishining boshlanishi (o‘t chaqnashi)ni porshenning YUCHN da bo‘lishiga erishiladi. Endi setan va -metilnaftalinning shunday aralashmasini tanlab olish kerakki, yonilg‘idan o‘t chaqnash shu siqish darajasida, porshenning YUCHN siga to‘g‘ri kelsin. Bu aralashma tarkibidagi setanning foiz miqdori tekshirilayotgan yonilg‘ining SS bo‘lib belgilanadi. Bunda, xar-xil tarkibli etalon aralashmalar bilan tajribani bir necha marta takrorlashga to‘g‘ri keladi (kerakli tarkibni topguncha).
Dizellarni oson yurgizib yuborish va ravon ishlashi uchun, yozgi nav yonilg‘ilarga 40...50 SS kerak.
Agar yonilg‘ining kimyoviy tarkibi uglevodorodlarning guruxiy foizi orqali ma’lum bo‘lsa, (taxminiy) SS ni analitik usulda quyidagi formula bilan topish ham mumkin.
SS ni aniqlashda IT9-3M dvigatel qurilmasi ish sharoiti.
1-jadval.



Kursatkichlar:

Qiymatlari:

1

Tirsakli valining aylanish tezligi.min -1..........

90010

2

Xarorat: gradus C da
a) so‘rilgan xavoniki
b) forsunkani sovituvchi
v) silindrni sovituvchi suvniki
g) karterdagi moyniki

651
383


1002
50…65

3

Purkalayotgan yonilg‘i bosimi, MPa

10.60.4

4

YUCHNga yetmay , purkashning ilgarilash burchagi, gradus larda

13


5

Purkalayotgan yonilgi miqdori, ml\ min

130.5

6

Alangalanishning boshlanishi

YU.CH.N.da

SS = 0,85P + 0,1N - 0,2A


bu erda: P, N va A-dizel yonilg‘isi tarkibidagi mos ravishda: parafinli, naftenli va aromatik uglevodorodlarning massa bo‘yicha foiz miqdorlari.



Download 43.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling