O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


I QISM. DAVLAT XARIDLARINING ILMIY-NAZARIY VA


Download 1.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/97
Sana25.08.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1670050
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97
Bog'liq
Давлат-хариди

 
I QISM. DAVLAT XARIDLARINING ILMIY-NAZARIY VA 
TASHKILIY-HUQUQIY ASOSLARI 
 
1-BOB. “DAVLAT XARIDI” FANINING OBYEKTI, PREDMETI
METODI VA BOSHQA FANLAR BILAN O„ZARO 
ALOQADORLIGI 
1.1. “Davlat xaridi” fanining mazmuni va uni o„qitishning zaruriyati 
 
Jahon miqyosida koronavirus infeksiyasi tarqalishi, korxonalar 
faoliyatini vaqtincha to‗xtashi eng yirik iqtisodiyotga ega mamlakatlarda 
ishlab chiqarish va iste‘mol hajmlarining keskin qisqarishi, global ishlab 
chiqarish zanjirlari va savdo aloqalarining izdan chiqishi, dunyo moliya 
bozorlarida xom ashyo tovarlari narxining pasayishi va konyunkturaning 
yomonlashuvini keltirib chiqardi.
Global iqtisodiyot tizimining bir qismi bo‗lgan O‗zbekiston 
iqtisodiyotiga ham mazkur omillar ta‘sir qildi va hamon ta‘sir qilmoqda. 
Bu esa o‗z navbatida ushbu holatning salbiy ta‘sirlarini yumshatish 
bo‗yicha samarali, oldini oluvchi choralar ko‗rishni talab qiladi. Bunda 
ishlab chiqarish, xizmat ko‗rsatish, qishloq xo‗jaligi, turizm, transport, 
farmatsevtika va to‗qimachilik sanoati kabi respublika iqtisodiyotining 
jadal rivojlanayotgan tarmoqlarini qo‗llab-quvvatlash va ularning 
barqarorligini ta‘minlashga alohida e‘tibor qaratilmoqda. 
Dunyo iqtisodiyotida bo‗layotgan o‗zgarishlar davlat moliyasiga ham 
ta‘sir o‗tkazmay qolmaydi, albatta. Mamlakatdagi ijtimoiy va iqtisodiy 
holatni barqaror saqlab turish uchun davlat moliyasini ham isloh etish 
lozim bo‗ladi. Ta‘kidlash joizki, davlat moliyasini isloh qilish yuzasidan 
olib borilayotgan o‗zgarishlarning markazida davlat byudjetining 
shakllanishi va uning mablag‗laridan yanada samarali foydalanish, byudjet 
taqchilligi o‗sishiga ta‘sir etuvchi omillarning oldini olish, shu bilan birga 
byudjet va ustavida davlat ulushi bor korxonalar mablag‗laridan 
foydalanish jarayonida byudjet intizomlariga rioya etilishini ta‘minlash va 
bunda mablag‗laridan tejamkorlik asosida maqsadli va oqilona 
foydalanish, qolaversa, samarali davlat xaridi tizimini shakllantirish orqali 
mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligini ta‘minlash masalalari turadi.
Byudjet muassasalari va ustavida davlat ulushi 50% va undan yuqori 
bo‗lgan korxona va tashkilotlar mablag‗laridan oqilona foydalanishga 
samarali davlat xaridi tizimini shakllantirmasdan turib erishib bo‗lmaydi. 
Ma‘lumki, davlat byudjeti mablag‗larining katta qismi byudjet tashkilotlari 



 
va byudjetdan mablag‗ oluvchilarning tasdiqlangan ehtiyojlarini tovar, ish, 
xizmatlar bilan ta‘minlashga sarflanadi. Ustavida davlat ulushi 50% va 
undan yuqori bo‗lgan korxona va tashkilotlar ham asosiy xarajatlarini 
tovar, ish, xizmatlarni xarid qilishga sarflaydilar. 
Ma‘lumki, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 7 
fevraldadagi ―Davlat xaridlari tizimini muqobillashtirish va ularga kichik 
biznes subyektlarini jalb qilishni kengaytirish to‗g‗risida‖gi PQ-1475 sonli 
Qarorini qabul qilinishi bilan davlat xaridlarini takomillashtirishning yangi 
davri boshlandi. Mazkur qaror ijrosini ta‘minlash yuzasidan 
mamlakatimizda davlat xaridlari tizimida inson omilini cheklovchi 
elektron savdolarni yo‗lga qo‗yish kabi muhim chora-tadbirlar amalga 
oshirildi. 
2018 yilda qabul qilingan ―Davlat xaridlari to‗g‗risida‖gi Qonun va 
2021 yilda Qonun yangi tahrirda qabul qilinishi bilan ochiqlik, shaffoflik 
va raqobatga asoslanga davlat xaridi tizimi joriy etildi va tizim ancha 
takomillashtirildi. 
Davlat xaridlarini samarali tashkil etishdan ko‗zlangan maqsad 
davlat byudjeti va byudjetdan tashqari jamg‗armalarining, shuningdek, 
ustavida davlat ulushi 50% dan yuqori bo‗lgan tashkilotlarning mablag‗lari 
hisobidan byudjet tashkilotlari, byudjet va byudjetdan tashqari 
jamg‗armalardan mablag‗ oluvchilar, korporativ buyurtmachilarning 
ehtiyojlari uchun tovar(ish,xizmat)larni optimal narx va sifatda sotib 
olishga erishishdir. 
Bu maqsadga erishish uchun bo‗lajak moliya tizimidagi
mutaxassislarda, ya‘ni talabalarda davlat xaridining mohiyati, uni tashkil 
etish jarayoni va mexanizmi, xaridni tashkil etish tartib-taomillari, davlat 
xaridlariga oid umumiy talablar, davlat xaridini takomillashtirishdagi 
mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etishning samarali yo‗nalishlari 
borasida nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirish muhim ahamiyatga 
ega. 
Oliy ta‘limning 5230600 -―Moliya‖, 5232000 – ―Davlat byudjetining 
g‗azna ijrosi‖ yo‗nalishlarida ta‘lim olayotgan talabalar kelajakda moliya 
tizmi organlari (moliya, g‗aznachilik, pensiya bo‗limlari)da, byudjet 
tashkilotlarida, yoki byudjet va byudjetdan tashqari jamg‗armalardan 
mablag‗ oluvchi boshqa tashkilotlarda, ustavida davlat ulushi 50 % va 
undan yuqori bo‗lgan korporativ tuzilmalarda mehnat faoliyatini 
yuritgalarida davlat xaridi tizimining bevosita yoki bilvosita ishtirokchisi 
bo‗ladilar. Shu bois, bo‗lajak mutaxassislarda mazkur tizim bo‗yicha 



 
etarlicha nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirish maqsadida mazkur 
ta‘lim yo‗nalishi o‗quv rejasiga ―Davlat xaridi‖ fani kiritilgan. 
Bu fanni o‗qitishni zaruriyatini davlat byudjeti va byudjetdan 
tashqari jamg‗armalarining hamda ustavida davlat ulushu 50% va undan 
yuqori bo‗lgan korporativ tuzilmalarning mablag‗laridan oqilona va 
tejamkorlik asosida foydalanishni ta‘minlash, ular ehtiyojlari uchun tovar 
va xizmatlarni optimal narx va sifatda sotib olish mexanizmlari bo‗yicha 
bo‗lajak mutaxassislarda bilim va amaliy ko‗nikma hosil qilishdan iborat. 
―Davlat xaridi‖ fani davlat byudjeti va byudjetdan tashqari 
jamg‗armalar, ustavida davlat ulushu 50 % va undan yuqori bo‗lgan 
korporativ tuzilmalar mablag‗lari hisobidan tovar(ish,xizmatlar)ni sotib 
olish mexanizmini chuqur o‗rganish asosida xulosalar chiqarib, ularni 
amaliyotga samarali tadbiq etish yo‗llarini o‗rgatadi.
―Davlat xaridi‖ fani davlat xaridi amaliyotidagi eng to‗g‗ri, eng 
mukammal va eng progressiv usul va mexanizmlarni nazariy o‗rganib, 
yana amaliyotga eng to‗g‗ri, amalda ijobiy samara bergan usullar va ilg‗or 
tajribalarni umumlashtirib beradi, amaliyotga yo‗l ko‗rsatish uchun zarur 
bo‗ladi. Zero, mashhur iqtisodchi olimlar ta‘kidlaganlaridek, ―Nazariyasiz 
amaliyot yo‗q, amaliyotsiz nazariya yo‗q‖.

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling