O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


“Davlat xaridi” fanining metodlari va boshqa fanlar bilan o„zaro


Download 1.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/97
Sana25.08.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1670050
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97
Bog'liq
Давлат-хариди

1.3. “Davlat xaridi” fanining metodlari va boshqa fanlar bilan o„zaro 
bog„liqligi 
 
Har bir fanning metodi obyektiv borliqni, tabiat va jamiyatni 
rivojlanishni o‗rganishda qanday yondashish lozimligini ko‗rsatadi. 
Fanning o‗z predmetini o‗rganish usullari, vositalari uni metodi
1
ni 
ifodalaydi. Metod bu ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yo‗llari, qonun - 
qoidalari va aniq hodisalaridir. Metod umumilmiy tavsifga ega, lekin har 
bir fan o‗zining predmetidan kelib chiqib, o‗zining ilmiy bilish usullariga 
1
Metod-grekcha ―metodos‖ so‗zidan olingan bo‗lib, nazariyot, ta‘limot va 
amaliyotlarni o‗rganishdagi izlanishlar yo‗li degan ma‘noni anglatadi.



 
ega bo‗ladi. Shuning uchun metod umumilmiy va ayni vaqtda xususiy 
bo‗ladi.
Dialektika ilmiy bilishning umumiy usuli bo‗lib xizmat qiladi. 
Dialektik uslubning mohiyati shundan iboratki, iqtisodiy hayotning
barcha xodisalari va jarayonlari o‗zaro bog‗liqlikda va to‗xtovsiz 
rivojlanishda ko‗rib chiqiladi. O‗zgarish va rivojlanishlar qarama-
qarshiliklar qonuniyatlari asosida bo‗lib,obyektiv haqiqat, haqiqiy borliq 
ifodalanadi, deb qaraladi. Ya‘ni, har bir jarayon, iqtisodiy hodisa bor, 
mavjud va rivojlanishda deb qaraladi. Bu jarayonlar sondan sifat 
o‗zgarishiga va yangi sifatning paydo bo‗lishiga, inkorni inkor qilish, 
qarama qarshilik kurashiga, eskini tugashi va yangi ilg‗or jarayonlarni 
paydo bo‗lish xususiyatiga ega bo‗ladi. 
―Davlat xaridi‖ fanining boshqa iqtisodiy fanlar singari o‗ziga xos 
tadqiqot usullari xam mavjud. Ulardan eng asosiylari quyidagilar: 
A) ilmiy abstraktsiya usuli – voqea-hodisalarning tahlil paytida xalal 
berishi 
mumqin 
bo‗lgan 
ikkinchi darajali belgilari e‘tibordan 
chetlashtirilib, o‗rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga, tegishli 
belgilarga e‘tiborini qaratishdir. 
B) tahlil va sintez usuli – tahlil bu o‗rganilayotgan bir butunni 
alohida qismllarga ajratish va ularni izchillik bilan tahlil qilish, sintez esa – 
hodisa va jarayonlarni qismlarga bo‗lish asosida umumiy xulosa 
chiqarishdir. 
S) mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli – tarixiylik dalili 
iqtisodiy fanlarda ham tarixiy nuqtai nazaridan tadqiqot olib borishni 
zarur qilib qo‗yadi. Chunki iqtisodiy jarayonlar jamiyatning tarixiy 
rivojlanish bosqichlarida ro‗y beradi. Mantiqiylik usulida jarayonlar 
faqatgina tarixiy nuqtai nazardan emas, shu bilan birga ichki zaruriy va 
qonuniy bog‗lanishlar bo‗yicha ham tahlil qilinadi. 
―Davlat xaridi‖ fanini o‗rganishda shuningdek, induktsiya va 
deduktsiyataqqoslash, iqtisodiy-matematik usullardan ham foydalaniladi. 
Ta‘kidlash joizki, bugungi kunda amaliyotda davlat xaridi tizimini 
boshqarishda iqtisodiy-matematik usullardan keng foydalanilmoqda. 
Iqtisodiy-matematik usullarga korrelyatsion va regression tahlil usuli, 
integral usuli, chiziqli programmalashtirish, grafik usullar kabi usullar 
kiradi. Iqtisodiy-matematik usullar iqtisodiy axborotlarni kompyuterlarga 
kiritish, hisoblash va qayta ishlash, chuqur tahlil qilish, tegishli hisobot 
ma‘lumotlarini tayyorlash, hamda bu ma‘lumotlarni qisqa fursatda mas‘ul 
idora va tashkilotlarga yuborishda qo‗llaniladi.


10 
 
Bu usullar yordamida iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning 
mazmuni, ularda yuz berayotgan o‗zgarishlar, ularning kelib chiqish
sabablari aniqlanib va zaruriy xulosalarga kelinadi. 
Hozirgi kunda davlat moliyasini isloh qilish sharotida iqtisodiy 
jarayonlar va munosabatlardagi o‗zgarishlar har bir fan mazmunini sifat 
jihatdan yangilashni, tubdan qayta ko‗rib chiqishni taqazo qilmoqda.
―Davlat xaridi‖ fani mazkur obyektiv talabdan kelib chiqqan aniq 
iqtisodiy fan bo‗lishi bilan bir qatorda, boshqa fanlardagi umumiy 
qonuniyatlar, tartiblarga rioya qiladi. Ya‘ni, ko‗pgina iqtisodiy fanlar bilan 
o‗zaro bog‗likda bo‗ladi.
Jumladan, ―Davlat xaridi‖ fani ―Iqtisodiyot nazariyasi‖ fani bilan 
chambarchars 
bog‗liqdir. 
―Iqtisodiyot nazariyasi‖da iqtisodiy 
kategoriyalar va atamalarning mazmuni va mohiyati ochib berilsa, ―Davlat 
xaridi‖ fanida ushbu iqtisodiy kategoriyalar va atamalarning amal qilish 
mexanizmi o‗rganiladi. Masalan, ―Iqtisodiyot nazariyasi‖ fanida ―bozor‖ 
degan atamaning mazmuni nima ekanligi, uning turlari, ishtirokchilari 
haqida nazariy bilimga ega bo‗lsak, ―Davlat xaridi‖ fanida ―bozor‖ning 
hayotiy shakllari – yarmarka savdolari, birja savdolari, elektron auksion 
savdolari, elektron katalog orqali savdolar, ochiq va yopiq tenderlar hamda 
ularni amalga oshirish tartibini o‗rganamiz. 
―Davlat xaridi‖ fani ―Moliya‖ fani bilan ham bog‗liqdir. Masalan, 
―Moliya‖ fanining ―Davlat byudjeti xarajatlari‖ degan mavzusida byudjet 
xarajatlarining tarkibi, xarajatlar smetalar asosida moliyalashtirish tartibi 
tushuntirilsa, ―Davlat xaridi‖ fanida ana shu smetalarning uchinchi va 
to‗rtinchi guruhlarida aks ettirilgan ehtiyojlarni xarid qilish va 
moliyalashtirish mexanizmi o‗rganiladi. 
O‗zbekistonda davlat byudjetining g‗azna ijrosi amal qilishi, yagona 
g‗azna hisobraqamini yuritilishi, shuningdek, O‗zbekiston Respublikasida 
davlat xaridlari bo‗yicha vakolatli organ – O‗zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligining ekanligi, O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
G‗aznachiligi davlat xaridlari tizimida tuzilgan shartnomalarni, yuridik 
majburiyatlarni va ushbu shartnomalarni moliyalashtirish yuzasidan 
moliyaviy majburiyatlarni ro‗yxatga olish, ularni moliyalashtirish 
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‗aznachiligi va uning 
hududiy bo‗linmalari tomonidan amalga oshirilishi bevosita ―Davlat 
xaridi‖ fanini ―G‗aznachilik‖ fanini o‗zaro bog‗liqda o‗rganishni talab 
qiladi.
Davlat xaridlari tizimida yarmarka savdolari, birja savdolari, 
elektron auksion savdolarining qo‗llanishi, mazkur savdo turlari va 


11 
 
ularning ishtirokchilari, savdolarga va undagi ishtirokchilarga qo‗yilgan 
talablar yuzasidan etarli ma‘lumotga ega bo‗lish uchun ―Davlat xaridi‖ 
fanini o‗rganishda ―Moliya bozori va moliyaviy tehnologiyalar‖ fanini 
ham puxta bilish talab etiladi. 
―Davlat byudjeti‖ fanida davlat byudjetining funksional xarajatlari, 
byudjet so‗rovini tayyorlash va taqdim etish tartibi, hamda belgilangan 
norma va normativlar asosida xarajatlar smetalarini tuzish, ro‗yxatdan 
o‗tkazish, byudjetdan moliyalashtirish kabi byudjet tashkilotlari va 
byudjetdan mablag‗ oluvchilar faoliyatini moliyalashtirishdagi asosiy 
jarayonlarni o‗rgatilishi ―Davlat xaridi‖ fanini ―Davlat byudjeti‖ fanini 
bevosita bog‗ligini ko‗rsatadi.
Byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‗ oluvchilar tomonidan 
davlat xaridi tizimida xarid qilingan tovar (ish, xizmatlar) yuzasidan 
belgilangan tartibda buxgalteriya hisobini, hamda tegishli hisobotlarni 
yuritishning zaruriyati ―Byudjet hisobi‖ fanini ham ―Davlat xaridi‖ fani 
bilan iqtisodiy aloqadorligini namoyon qiladi. 
Davlat byudjeti va byudjet tashqari jamg‗armalar, ustavida davlat 
ulushu 50 % va undan yuqori bo‗lgan korporativ tuzilmalar mablag‗laridan 
oqilona va tejamkorlik asosida maqsadli foydalanganlik darajasi, davlat 
xaridi tizimini amaldagi qonunchilik doirasida amalga oshirilishi, byudjet 
tashkilotlari, byudjetdan mablag‗ oluvchilar hamda ustavida davlat ulushu 
50 % va undan yuqori bo‗lgan korporativ tuzilmalar tomonidan moliyaviy 
qonunchilikka rioya etilishi ustidan davriy ravishda nazorat organlari 
tomonidan moliyaviy nazoratni amalga oshirilib turilishi, ―Davlat 
xaridi‖ fanining ―Moliyaviy nazorat‖ fani bilan bevosita bog‗liqligini 
ko‗rsatadi. 
Shuningdek, ―Davlat xaridi‖ fanida davlat xaridi tizimini baholash, 
o‗tkazilgan savdolar, undagi iqtisodiy ko‗rsatkichlarni ma‘lum bir davr 
bilan taqqoslash, solishtirish, natijalarni puxta tahlil qilish uchun ―Iqtisodiy 
matematika‖ va ―Iqtisodiy tahlil‖ fanlaridan yaxshigina xabardor bo‗lish 
talab etiladi.
Va nihoyat, ―Davlat xaridi‖ fanida elektron do‗kon, elektron auksion,
elektron tanlov va tender savdolarini amalga oshirish va o‗tkazishning 
tashkiliy mexanizmlarini yaxshi tushunish uchun ―Iqtisodiyotda axborot 
texnologiyalari‖ fanidan etarli ko‗nikmaga ega bo‗lish lozim. 

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling