O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


 Yagona yetkazib beruvchidan davlat xaridi


Download 1.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/97
Sana25.08.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1670050
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   97
Bog'liq
Давлат-хариди

10.2. Yagona yetkazib beruvchidan davlat xaridi 
Qonunda belgilangan tartibda yagona yetkazib beruvchi deb topilgan 
va Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritilgan tovarlar (ishlar, 
xizmatlar) yetkazib beruvchisi yagona yetkazib beruvchidir. 
Yagona yetkazib beruvchidan tovar (ish, xizmat) olish zarur bo‗lgan 
taqdirda, yetkazib beruvchi hamda davlat buyurtmachisi o‗rtasida 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri shartnoma tuziladi va bu shartnoma to‗g‗risidagi axborot 
u tuzilgan paytdan e‘tiboran uch ish kuni ichida maxsus axborot portaliga 
joylashtirilishi lozim. 
Yagona yetkazib beruvchidan davlat xaridi quyidagi alohida hollarda 
amalga oshiriladi: 

bozorda muqobillari bo‗lmagan va faqat yagona yetkazib 
beruvchidan olish mumkin bo‗lgan texnik jihatdan murakkab tovarlarning 
(ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi; 

madaniy qimmatliklarni olish; 

O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlarida 
yoki O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida 
yagona yetkazib beruvchi sifatida belgilangan sub‘ektlardan davlat 
xaridlari; 

tabiiy 
monopoliya 
sub‘ekti 
tovarlarining 
(ishlarining, 
xizmatlarining) davlat xaridi; 

o‗z vakolatlariga muvofiq faqat davlat hokimiyati va boshqaruvi 
organlari yoki ularning tasarrufidagi davlat muassasalari va tashkilotlar 
tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo‗lgan ishlarga yoki ko‗rsatilishi 
mumkin bo‗lgan xizmatlarga ehtiyoj paydo bo‗lishi. 
Yagona yetkazib beruvchilar reyestri vakolatli organ tomonidan 
maxsus axborot portalida yuritiladigan axborot resursidir. 


102 
 
Yagona yetkazib beruvchilar reyestri yagona yetkazib beruvchidan 
davlat xaridini amalga oshirish uchun ruxsat etilgan tovarlar (ishlar, 
xizmatlar) ro‗yxati va yagona yetkazib beruvchilar ro‗yxatidan iboratdir. 

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling