12
Nazorat uchun savollar:
1. ―Davlat xaridi‖ fanining zarurligini qanday izohlash mumkin?
2. O‗zbekiston Respublikasida davlat xaridlari
tizimini takomillashtirish
qachondan boshlandi?
3. ―Davlat xaridi‖ fanining predmeti nima?
4. ―Davlat xaridi‖ fanining maqsadi nimalardan iborat?
5. ―Davlat xaridi‖ fanining vazifalarini qanday izohlash mumkin?
6. ―Davlat xaridi‖ fanini o‗rganish qanday metodlari mavjud?
7. ―Davlat xaridi‖ fani qanday fanlar bilan o‗zaro bog‗liq?
13
2-BOB. DAVLAT XARIDLARINING MOHIYATI VA UNING
IJTIMOIY-IQTISODIY AHAMIYATI
2.1. Davlat xaridining mohiyati va zaruriyati
Davlat xaridlari – davlat buyurtmachilarining tovarlarga (ishlarga,
xizmatlarga) bo‗lgan ehtiyojlarini pulli asosda ta‘minlash
jarayonidir
2
.
Bizning fikrimizcha, davlat xaridlariga quyidagicha ta‘rif
berilishi uning
mohiyatini kengroq ochib beradi.
Davlat xaridlari
–
davlat
buyurtmachilarining ehtiyojlari uchun zarur bo‗lgan tovarlar (ishlar,
xizmatlar)ni belgilangan talablar va tartib-taomillar asosida sotib olish
jarayoni.
Davlat buyurtmachilari ikkita yirik guruhga bo‗linadi:
1) Byudjet buyurtmachilari. Byudjet buyurtmachilari deganda
quyidagi tashkilot va muassasalar tushuniladi:
davlat
organlari va muassasalari;
byudjet tashkilotlari;
xarid
qilish
tartib-taomillarini
amalga
oshirish
uchun
yo‗naltiriladigan byudjet mablag‗larini
oluvchilar;
davlat maqsadli jamg‗armalari;
byudjet tashkilotlarida tashkil etilgan boshqa jamg‗armalar;
Do'stlaringiz bilan baham: