Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Italiyaning Turin politexnka universiteti bilan hamkorlik


Download 4.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/301
Sana15.10.2023
Hajmi4.46 Mb.
#1704021
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   301
Bog'liq
Strategik menejment Raxmatullayeva 2018 @iqtisodchi kutubxonasi

Italiyaning Turin politexnka universiteti bilan hamkorlik 
Toshkent shahridagi Turin politexnka universiteti O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti I.A.Karimovning 2009 yil 29 apreldagi PQ 1106-sonli qarori bilan tashkil 
etilgan. Universitet tarkibida: 
1. Mashinasozlik texnologiyasi; 
2. Energetika; 
3. Sanoat va xo‘jalik qurilish injiniringi va arxitektura; 
4. Sanoatda axborot texnologiyalari va avtomatik boshqaruv tizimi
yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi. O‘quv dasturlari universitetning 
ta’lim standartlari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, xalqaro standartlashtirish 
tashkilotining ta’lim sifatiga qo‘yilgan talablariga javob beradi. Universitet o‘quv 
binosi 4 qavatli binodan tashkil topgan bo‘lib, unda o‘quv auditoriyalari, fizika va 
kimyo lobaratoriyalari, amaliyot darslarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan 


136 
auditoriyalar mavjud. O‘quv auditoriyalari va ma’ruza zallari o‘qitishning zamonaviy 
texnik vositalari balan ta’minlangan bo‘lib, talabalarning yuqori darajada bilim olishi 
uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Axborot-resurs markazi 250 o‘ringa 
mo‘ljallangan 2 qavali binodan iborat bo‘lib, ARMning 1-qavatida o‘quv zali, davriy 
matbuot nashrlari va universitet bo‘yicha ma’lumot ayirboshlovchi INFOkiosk 
mavjud. 2-qavat esa lokal tarmoqqa ulangan universal korporativ ARMning 
avtomatlashtirilgan tizimi (KARMAT-U) o‘rnatilgan elektron kutubxonadir. 
Kutubxonaning umumiy fondi 100 ming kitobdan va 40 ming ta elektron darslikdan 
iborat. Mutaxassislar tayyorlashda msahsus labaratoriyalarning zamon talablariga 
mos ravishda jixozlanganligi, talabalarning nazariy bilimlari bilan birga amaliy 
ko‘nikmalarning shakllanishiga yordam beradi. Mahsus lobaratoriyalarda mutaxassis 
fanlardan lobaratoriya mashg‘ulotlari olib boriladi, talabalar hozirgi zamon 
talablariga mos texnika va texnologiyalarni va ularning ishlash prinsplarini amaliy 
jixatdan o‘rganib tajriba sinov darslarida ularni qo‘llaydilar.
Mahsus laboratoriya 4 qismdan iborat: 
- ichki yonuv dvigatellar bo‘limi; 
- materiallar tarkibini o‘rganish bo‘limi; 
- mexotronika; 
- robotino; 
bu 
laboratoriyalarda 
mashinasozlik 
texnologiyasi, 
sanoatda 
axborot 
texnologiyalari va avtomatik boshqaruv tizimi, qurilish injiiniringi va arxitektura 
ta’lim yo‘nalishi talabalari o‘zlarining amaliy mashg‘ulotlarini o‘tadilar. Universitet 
tarkibida yuqori ilmiy-texnologik jixatdan jixozlangan TEXNOPARK mavjud bo‘lib, 
u ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish, innovatsion mahsulotlar yaratish maqsadlariga xizmat 
qiladi.
Texnopark hozirgi kunda zamonning eng qulay va avtomatlash o‘tirilgan 
stanoklari bilan ta’minlangan bo‘lib, 2 qismdan iborat: 
1. Mashinasozlik texnoparki
2. Injenerlik sesmologiya markazidan iborat.
Amerika, G‘arbiy Evropa, Osiyo mamlakatlaridagi Oliy o‘quv muassasalarini 
moliyalashtirish xususiyatlari 
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida oliy ta’lim muassasasi resurslarini 
boshqarish – murakkab vazifa. U oliy ta’lim muassasasi aktivlari ko‘rsatkichlari va 
baholash tamoyillarini ishlab chiqishni, ularni inventarizatsiyalash, moddiy texnika 
negizini aniq tasavvur etish, oliy o‘quv yurt resurslaridan maqsadli va samarali 
foydalanish talab etadi. Faqat davlat tashqi soliq siyosatini hisobga olib byudjetdan 
tashqari faoliyat yo‘nalishlari va turlari majmuini boshqarib hamda ular bo‘yicha oliy 
ta’lim muassasasining cheklangan resurslarini samarali taqsimlab, shuningdek
rag‘batlantiruvchi ish hajmini va markazlashtirilgan fondga qayta investitsiyalash 


137 
ichki to‘lovlar miqdorini belgilab, oliy ta’lim muassasasi o‘zi tanlagan strategik 
rivojlanishiga muvofiq eng yuqori daromadga ega bo‘ladi. 
Bu hol ta’lim darajasini oshiradi deb faraz qilinadi, chunki talabalar 
universitetlarga ancha yuqori talablar qo‘yadi, oliy ta’lim muassasalari esa o‘z 
navbatida ta’lim jarayoniga katta e’tibor qaratadi. 
Vaholanki talabalar oliy ta’lim tizimida va keyinchalik o‘z ish haqlari oshishini 
kutishlari mumkin, butun bunyoda ular ta’lim xarajatlarini moliyalash adolatli va 
oќilona deb hisoblaydi. O‘rtacha olganda mehnatning ancha yuqori samaradorligini 
va umuman aholi daromadi ancha yuqori bo‘lishini ta’minlovchi mehnat resurslari 
ta’lim xarajatlari bir qismini xukumat moliyalashi foydasiga ishonchli dalildir. 
Amaldagi baxslar xukumat va talabalar (ular ota-onalari)ning adolatli nisbati 
xususida boradi. 
Ko‘pincha G‘arb mamlakatlarida bu nisbatdagi ulush hozirgi vaqtda talabalar 
hisobidan moliyalashni oshirish, xukumat hisobidan kamaytirish tomon o‘zgarmoqda. 
Shunday qilib, talabalarni yangi tartibda byudjetdan moliyalash holati yuzaga 
kelmoqda, bu o‘z navbatida ta’lim xarajatlarini tobora kata qismini byudjetdan 
qoplashga olib keladi. 

Download 4.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling