Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti
Download 4.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Strategik menejment Raxmatullayeva 2018 @iqtisodchi kutubxonasi
Nazorat savollari.
1. O’zbekistonda ta’lim tizimining xususiyatlarini izohlab bering. 2. Uzluksiz ta’lim tizimining shakllanishi, uning asosiy bosqichlarini tushuntirib bering. 3. “Та’lim to’g’risida”gi qonun va “Каdrlar tayyorlash milliy dasturi” qachon qabul qilingan? 4. Ta’limda menejmentning o’ziga xos xususiyatlari qanday ? 5. Ta’limda strategik boshqarishni ahamiyatini tushuntiring. 6. Ta’lim tizimini strategik boshqarishda rivojlangan mamlakatlarning tutgan yo’li qnday ? Tayanch so’z va iboralar: Uzluksiz ta’lim tizimi, maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’lim, oiladagi ta’lim va mustaqil ravishda ta’lim olish. 143 10-MAVZU. TIBBIY XIZMATLAR MENEJMENTI STRATEGIYASI Reja: 1. Sog’liqni saqlash tizimi xarajatlarini moliyalashtirish manbalari. 2. Sog’liqni saqlash tizimi mussasalarini saqlash va rivojlantirishda davlat budjetining ahamiyati va ularni boshqarish. 3. Davlat sog’liqni saqlash muassasalarining tarkibi, ular xarajatlarini rejalashtirish va budjetdan moliyalashtirishning xususiyatlari 4. Xarajatlarni rejalashtirishdagi asosiy ko’rsatkichlar, ularni aniqlash tartibi. Turg’un davolash muassasasi xarajatlar smetasini tuzish va boshqarish 1. Sog’liqni saqlash tizimi xarajatlarini moliyalashtirish manbalari Ma’lumki, tibbiy xizmatlar ancha qimmat turadigan ne’mat bo’lib, har bir kishi o’z hayoti davomida iste’mol qilishi mumkin bo’lgan tibbiy xizmatga haq to’lash uchun qancha mablag’ yig’ib qo’yish lozimligini avvaldan bilmaydi. Lekin bir guruh fuqarolar birlashib, yoki butun bir jamiyat bu maqsadga mo’ljallangan mablag’ni jamg’arishi mumkin. Shu munosabat bilan sog’liqni saqlash tizimini aralash moliyalashtirish shakliga o’tish masalasi islohotlarning markazida turgan masala sifatida qaralishi mumkin. Ma’lumki, tibbiy xizmatlar bir qator o’ziga xos hususiyatlarga ega. Bular quyidagilar: Tibbiy xizmatlarning ko’pchiligi ijtimoiy ne’mat xisoblanadi, shuningdek, ular “tashqi effekt” hususiyatiga ega; Tibbiy xizmatlarga bo’lgan ehtiyoj hamda ularning oqibatlari doimo noaniqlik bilan bog’liq; Informatsion asimmetriyaning mavjudligi. Mana shu o’ziga xosliklarning mavjudligi davlatning sog’liqni saqlash tizimiga aralashuvini taqozo qiladi. Davlatning sog’liqni saqlash sohasidagi majburiyatlari sifatida quyidagilarni aytib o’tish lozim (...-chizma): Davlat daromadlari shakllanishining barqarorligini ta’minlash orqali sog’liqni saqlash sektori uchun resurslarning mamlakat miqyosida safarbar etilishini ta’minlash; Turli mulk shakllaridagi tibbiyot muassasalari faoliyatining me’yoriy-huquhiy bazasini yaratish; 144 Aholiga davlat tomonidan kafolatlangan bazaviy tibbiy xizmatlar paketiga kirgan asosiy tibbiy xizmatlarni taqdim etish va ularni moliyalashtirish yuzasidan javobgarlik; Tibbiy xizmatlarning sifat standartlarini joriy qilish va ularga rioya etilishini nazorat qilish; Ijtimoiy jihatdan himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga tibbiy xizmatlar ko’rsatish va ularni moliyalash va sh.k. Jahon tajribasidan shuni kuzatish mumkinki, tibbiy xizmatlarni moliyalash xarajatlari bir qancha manbalardan qoplanishi mumkin, ya’ni sog’liqni saqlash sektorini moliyalashtirishning asosiy manbalari quyidagilar: Davlat budjeti Majburiy ijtimoiy (tibbiy) sug’urta Xususiy tibbiy sug’urta To’g’ridan-to’g’ri to’lovlar (iste’molchilarning tibbiy xizmatlarni sotib olishdagi xarajatlari) Moliyalashtirishning har bir manbasi o’ziga xos xususiyatlarga ega, jumladan (...-chizma): Download 4.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling