O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti saidov Shavkat Jumaboyevich


Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/34
Sana17.10.2023
Hajmi3 Mb.
#1706035
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   34
Bog'liq
6cb21ceb5da1dbf9119022f8b24979e4 Markaziy Osiyo xakqlari tqrixi

Tayanch tushunchalar: Xoqon, dehqonlar, yerdorlar, kashivarzlar, 
kadivarlar, chokar, ixshidlar, tudun, tug‗lar. 
Savol va topshiriqlar: 
1. Ilk o„rta asrlarda qanday ijtimoiy jarayonlar ro‟y berdi? 
2. Manbalarda ko‟rsatib o‟tilgan qanday davlat lavozimlarini bilasiz? 
3. Ilk o„rta asrlardagi shaharlarga xos bo‟lgan belgilar haqida nimalarni 
bilasiz? 
 
 
 


114 
XULOSA 
Markaziy Osiyo insoniyat sivilizatsiyasining eng qadimgi o‗choqlaridan biri 
kishilik jamiyati taraqqiyotining ilk davrlari Ashel, Shel davriga oid 
manzilgohlarning topilishi mazkur mintaqa odamzod kelib chiqqan makon-
lardan ekanligini uzil-kesil isbotladi. O‗rta va so‗nggi paleolitga oid man-
zilgohlarning topilishi o‗lkada zamonaviy qiyofadagi odam shakllanganligini 
asoslab berdi. Shu asosda aytish mumkinki, Markaziy Osiyo insoniyat paydo 
bo‗lgan hududlardan biridir. Kishilik taraqqiyotining keyingi bosqichlari 
mezolit va neolit erasida muzlik davrining barham topishi natijasida minta-
qada ilk sivilizasion jarayonlar ya‘ni ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilik 
paydo bo‗ldi. Bu davrga kelib Markaziy Osiyoda uchta tarixiy-madaniy ma-
kon shakllandi. Ular Joytun madaniyati (dehqonchilik), Xisor tog‗oldi mada-
niyati (dehqonchilik va chorvachilik) va Kaltaminor madaniyati (markaziy va 
shimoliy hududlar, asoson, ovchilik va baliqchilik). 
Eneolit va bronza davriga kelib sug‗orma dehqonchilik, yer haydab 
ziroatchilik qilish va hunarmandchilikning rivojlanishi oqibatida aholining 
urbanizatsiya darajasi nihoyatda kuchaydi. Bu esa dastlabki shahar tipidagi 
aholi manzilgohlarining vujudga kelishiga olib keldi. Eramizdan oldingi 1 
ming yilliklarga kelib temirning kashf qilinishi ijtimoiy-iqtisodiy hayotda 
keskin, tub o‗zgarishlarga olib keldi. Ortiqcha mahsulotning paydo bo‗lishi 
aholi o‗rtasida mulkiy tabaqalanishning kuchayishiga, bir biridan farq 
qiluvchi ijtimoiy guruhlarning shakllanishiga va shu asosda tabaqaviy 
jamiyatning paydo bo‗lishiga zamin yaratdi. Oxir oqibatda mulkdorlarga 
tayangan ilk davlat uyushmalari jamiyat boshqaruvi mahsuli sifatida tarix 
sahnasiga chiqdi. Eramizdan oldingi 1 ming yillikning birinchi yarmida, 
Ahamoniylar bosqiniga qadar, Markaziy Osiyoda yirik, qudratli davlatlar 
bo‗lganligini yaqindagina yurtimizda keng nishonlangan Samarqandning 
2750 va Qarshi shahrining 2700 yillligi, Avesto yaratilganligining 2700 
yiliklari yaqqol ko‗rsatib turibdi.
Mintaqa nihoyatda qulay joyda joylashganligi, nihoyatda boyligi chet el 
bosqinchilarinin e‘tiborini tortib kelgan. Xalqimiz uzoq yillar davomida 
Ahamoniylar, yunon-makedonlarga qarshi murosasiz kurashlar olib bordi. 
Antik davrga kelib Markaziy Osiyoda Sharqning qudratli davlatlari Qadimgi 
Xorazm, Yunon-Baqtriya davlati, Qang‗ va Kushon davlatlari paydo bo‗ldi 
va yuksaldi. Aynan shu davrda jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi 
bo‗lgan Buyuk Ipak Yo‗li paydo bo‗ldi. Ilk o‗rta asrlaga kelib, ichki 
ziddiyatlar va tashqi hujumlar natijasida mazkur davlatlar zavolga yuz tutdi. 
Xalqlarning buyuk ko‗chishi natijasi o‗laroq Markaziy Osiyo hududlariga 
ko‗chmanchi turkiy qabilalarning ommaviy kelib joylashishi, o‗troqlashishi 


115 
yuz berdi. Aholining tilida, madaniyatida turkiylashuv elementlari kuchaydi. 
Buyuk turkiy davlatlar Xioniylar, Kidariylar, Eftalitlar va Turk xoqonligi shu 
jarayonlarning mahsuli sifatida tarix silsilasida o‗z o‗rnini egalladi. Shunday 
qilib, Markaziy Osiyo Arab xalifaligiga qadar uzoq va murakkab iqtisodiy, 
ijtimoiy va madaniy jarayonlar girdobida qoldi. 


116 

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling