O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti saidov Shavkat Jumaboyevich


Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/34
Sana17.10.2023
Hajmi3 Mb.
#1706035
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34
Bog'liq
6cb21ceb5da1dbf9119022f8b24979e4 Markaziy Osiyo xakqlari tqrixi

Tayanch tushunchalar: Xeftal, eftal, Pero‗z, Vizantiya, Kunxa, Kubod, 
Varaxran, Bi, o‗lpon, madinat ut-tujjor. 
Savol va topshiriqlar: 
1. Eftallarning nomi qaysi qabilaning nomidan olingan? 
2. Pero„zning eftallarga yurishi oqibatlari haqida gapirib bering ? 
3. Qaysi manbalarda eftallar haqida ma‟lumotlar uchraydi? 
4. Qaysi asoslarga ko„ra, eftallarni ham ko„chmanchi ham o„troq aholi 
deyishadi? 
5. Eftallar davrida madaniyatning turli xil bo„lishining sababi nima edi? 


103 
3.3. VI-VIII asrda Turk xoqonligi 
O’quv maqsadi: Turkiy xalqlarning kelib chiqish tarixi, “Turk” so‟zining 
etimologik mazmuni, Turkiy xalqlarning migrasiyasi, Turk xoqonligi 
davrida Markaziy Osiyo, Turk xoqonligi tashkil topishining ijtimoiy-iqti-
sodiy asoslari va tarixiy shart-sharoitlari, Buyuk Turk xoqonligining 
bo‟linishi va G‟arbiy Turk xoqonligining tashkil topishi, Markaziy Osiyo 
tarixida turkiy xalqlarning tutgan o‟rni haqida talabalarga ma‟lumot 
berish, tarixiy davr haqida tushunchalar va ko‟nikmalar hosil qilish. 
Markaziy Osiyoning G‘arbiy hududida joylashgan Oltoy o‘lkasida VI asrga 
kelib mintaqa tarixida muhim o‘rin tutgan Turk xoqonligi tashkil topdi. Turk 
manbalarida turklar bir necha nomlar bilan atalgan bo‗lsada, ular bir biriga 
o‗xshashdir. Masalan: xitoylar tuszyuelar, mo‗g‗ullar tyurkyutlar deb, o‗zlari 
esa tyurk,so‗g‗dlar va forslar turklar deb atashgan. Bu atamalarning ma‘nosi 
haqida olimlar turli xil fikrlar bildirishadi. Turk xoqoni Bo‗min telilarni 
o‗ziga bo‗ysundirganidan so‗ng kuchayib, turklarning ustidan ustunlik qilib 
turgan jujanlarga qarshi jang qilib, ularni tor-mor qildi va Mo‗g‗uliston va 
Oltoyda kuchli davlat tuzdilar. Bu davlat hududining kengayishi Bo‗minning 
vorislaridan bo‗lgan Mug‗anxon (553-72) davriga to‗g‗ri keldi. G‗arb uchun 
bo‗lgan yurishlarga uning akasi Istami boshchilik qilgan edi. 555 yilda u 
davlatning chegarasini g‗arbiy dengizgacha (Orol dengizi bo‗lishi mumkin) 
kengaytirdi. Kultegin yodgorligida aytilishicha, "ular aholisini temir 
qopqagacha (kapek) joylashtirdi" deyiladi. Temir qopqa atamasi o‗rta asrlarda 
So‗g‗ddan Toharistonga elituvchi Boysun tog‗larida joylashgan tog‗ yo‗lidir. 
Turk xoqonligi bu o‗lkaga katta ahamiyat bergan .Chunki Taxariston eng 
chekachegarasidan bo‗lgan. Shuning uchun bu yerni ishonchli yabg‗ular bilan 
boshqargan. 
Turklar ko‗shini Eron chegaralaridan g‗arbda Qora dengizgacha borib, 
Bosforni ham ishg‗ol qiladi va natijada Koreyadan Qora dengiz sohilla-
rigacha bo‗lgan hududda turklar imperiyasi tashkil topadi. Oqibatda Xitoy 
turklarga qaram bo‗lib, katta soliq tulay boshlaydi, hatto o‗sha vaqtda ikki 
katta imperiya Eron va Vizantiya ham Turk xoqonligi oldida larzaga kela 
boshlaydi. Lekin ko‗p o‗tmasdan bu buyuk davlat ikkiga sharqiy va g‗arbiy 
xoqonlikga bo‗linadi, nihoyat 630-82 yillar oralig‗ida sharq xoqonligi tanaz-
zulga yuz tutadi 7-asr oxirida Xitoy bilan bo‗lgan jangda Sharqiy xoqonlik 
yana o‗zini tiklab oldingi kuch qudratiga ega bo‗ladi. Bu ayniqsa Mojja 
davrida 691-716 yillarda bu davlat qudratli davlatga aylandi va Xitoy boy-
liklari hamda aholisini ko‗chirib, g‗arbga ham ko‗z olaytira boshladi. VII-
VIII asrlarda Markaziy Osiyoni fath qilgan arablar bu davlatga xotima berdi. 
Markaziy Osiyo ustidan hukmronlikni qo‗lga kiritish yo‗lida Eftalitlar bilan 


104 
Turk xoqonlari manfaati to‗qnashdi. Lekin bu vaqtda Eftaliylarning ahvoli 
og‗ir edi. Bir tomondan esa Xusrav I Anishervon tomonidan boshqarilayot-
gan Eron davlati orasida qolgandi. VI asrning50 chi yillari eftaliylar va 
turklar Markaziy Osiyoning sharqida to‗qnashdi va jang uzoq davom etdi. 
Shu paytda turklar Xusrav I boshchiligidagi Sosoniylar bilan diplomatik 
aloqani mustahkamladi. Nihoyat eftallarga qarshi birgalikda kurashishga 
kelishilgani oqibatda eftaliylar davlati mag‗lub bo‗lib, davlat Turklar va 
Sosoniylar orasida taqsimlandi. Lekin keyinchalik bu ikki davlat orasida nizo 
kelib chikdi, buning asosiy sababi Buyuk ipak yo‗liga egalik qilish edi. 
Chunki o‗sha davrda Buyuk ipak yo‗li g‗arb va sharqni birlashtirib turadigan 
savdo yo‗li edi. Dastlab, bu savdo aloqalari sosoniylar yoki eronliklar yetak-
chilik qilardi. Keyinchalik so‗g‗diy savdogarlar tashabbus ko‗satib, Vizantiya 
bilan bevosita savdo qilishga harakat qildilar. Lekin bu Sosoniylarga ma‘qul 
kelmadi. Chunki So‗g‗dlar Turk xoqonligiga qaram bo‗lgan davlatlardan biri 
edi. Bundan Turklar katta manfaat ko‗rar edi. Bu esa ikki davlat zrtasida 
ziddiyatlarga olib keldi. 
Turk xoqonligi qo‗l ostida birlashgan xalqlar taraqqiyotning turli 
bosqichlarida bo‗lganlar. Aholining bir qismi o‗troq dehqonchilik bilan, 
qolgan qismi esa ko‗chmanchi chorvachilik bilan shug‗ullanganlar. So‗g‗-
diyona, Xorazm va Toharistonda dehqonchilik qiluvchi aholining kattagina 
qismi patriarxal oila sifatida yashar edi. Bu davrda Xorazmda va ayniqsa, 
Sug‗dda savdogarlar jamiyatda yetakchi o‗rinni egallaganlar. Ko‗chmanchi 
turk qabilalari VI-VII asrlarda o‗tovlarda yashaganlar va to‗rt g‗ildirakli 
aravalarda ko‗chib yurganlar.
Aholining mehnatkash qismi "budun" yoki "qora budun" deb atalgan. Urug‗ - 
qabilaning yirik vakillari esa "beklar" nomi bilan yuritilgan. Jamoani "xoqon" 
va zodagonlar kengashi - "qurultoy" boshqargan. Turk xoqonligi hududida 
yashovchi aholi bug‗doy, arpa, sholi, tariq va boshqa mahsulotlarni 
yetishtirish bilai band bo‗lgan. Eftaliylar davriga nisbatan sug‗orish tizimi bu 
davrda bir muncha ko‗payadi, Xorazm vohalarida esa aksincha kamayadi. 
Aholi uzumchilik va bog‗dorchilik bilan shug‗ullangan. Paxta, beda, tut 
daraxti ekishga va uy hayvonlarini boqishga katta e‘tibor berilgan. 
VIII asrda shaharlar odatda unchalik katta bo‗lmasdi. Masalan, Afrosiyob 
xarobalari 216 gektar atrofida bo‗lgan. Eski Poykent devorining umumiy 
uzunligi ikki kilometr atrofida, Chochdagi asosiy shahar Bankent chegarasi 5, 
Koson 2, Termizning umumiy doirasi 7-10 kilometr atrofida bo‗lgan. Savdo-
sotiqda, xususan, Xitoy bilan munosabat yetakchi o‗rinni egallagan. Xoqon-
likda yashagan aholi asosan matodan, jundan va teridan kiyim kiyganlar. 
Erkaklar chakmon kiyib, sochlarini oldirib yurganlar, "xotinlar esa sochlarini 
boshlariga o‗rab, zargul solingan qora ro‗mol bilan bog‗lab yurar edilar", deb 


105 
yozadi Syuan Szyan. Markaziy Osiyoda animizm ko‗pchilik turkiy xalqlar 
uchun umumiy din bo‗lgan. Turkiy xalqlar o‗zlaricha biror hayvonga topingan 
va uni o‗zining xudosi deb bilgan. VI-VII asrlarda turkiy xalqlar o‗rtasida 
buddizm, otashparastlik va xristian dini ham rivojlana bordi. 
Xitoy manbalarida ta‘kidlanishicha, VI-VII asrda turk xoqonligida tasviriy 
san‘at, haykaltaroshlik ancha keng tarqalgan edi. So‗g‗diyona, Fayoztepa va 
Panjikent xarobalaridan topilgan naqshlar va suratlar bu fikrni yorqin ifoda 
etadi. Bu davrda kulolchilik san‘ati ham rivoj topgan. Turli idishlar, uy-
ro‗zg‗or anjomlari, hayvon, meva-cheva, odamlar tasviri bilan bezatilgan, 
sirtiga sirli shaffof mineral ishlatilganligi uchun ular yaltirab turardi. Turk 
xoqonligida yaratilgan moddiy-madaniy yodgorliklardan biri loydan yasalgan 
har xil tasvirdagi haykalchalardir. Bu haykalchalar ko‗lida kosa yoki qurol 
yarog‗ ushlab turgan kishi shaklida bo‗lib, odatda ular qo‗rg‗onga yoki 
marhumlar qabriga qo‗yilgan. 

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling