O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus taʹlim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


III BOB. XALQARO MARKETING MUHITI


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/55
Sana20.10.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1713046
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55
Bog'liq
MARKETING

III BOB. XALQARO MARKETING MUHITI 
3.1 Globallashuv sharoitida xalqaro savdo tizimi 
O‗z mahsulotlarini chet elda sotish uchun firma xalqaro marketing muhiti 
xususiyatlarini aniqlab olishi lozim. Eng muhim o‗zgarishlar sifatida quyidagilarni 
ko‗rsatish mumkin:
• jahon iqtisodiyotining baynalmilallashuvi – xalqaro savdoning jadal suratlar 
bilan o‗sishi, chet elda kapital joylashtirishning o‗sishi; 
• xalqaro moliya tizimining shakllanishi; 
• turli mamlakatlarda talab shartlari va iste‘mol xususiyatlarini tenglashtirish 
tendensiyasining o‗sishi; 
• jahon bozorlarida raqobatning kuchayishi; xaridorlarning mamlakatga import 
qilinuvchi tovarlarning sifati, dizayni, yangiligi va boshqa ko‗rsatkichlariga bo‗lgan 
talabining o‗sishi sababli tashqi bozorga yetkazib beriluvchi tovarlar sifatida sezilarli 
o‗zgarishlarning yuz berishi; 
• XXR, MDH, Arab mamlakatlari va boshqa mamlakatlarning yirik 
bozorlariga asta-sekinlik bilan kirib borish. 
Xalqaro marketing muhitini o‗rganish xalqaro savdo va kooperatsiya tizimi, 
iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va madaniy muhit, tovar va xizmatlar xalqaro bozorini 
o‗rganish, xalqaro raqobat va xalqaro marketingni tashkil etish bilan bog‗liq 
masalalarni hal qilishni o‗z ichiga kiritadi. 
3.2 Iqtisodiy va siyosiy marketing muhitini o„rganish. 
Iqtisodiy marketing muhiti. Iqtisodiy muhitni ko‗rib chiqishda mamlakatlarning 
tasniflanishini e‘tiborga olish lozim bo‗lib, ularning o‗ziga xosliklari va 
raqobatdoshlik omillarini aks ettiradi.
Xo‗jalik strukturasi bo‗yicha quyidagicha farqlash mumkin: iqtisodiyoti natural 
xo‗jalik tipidagi mumlakatlar. Masalan, Efiopiya va Bangladesh; xom-ashyo eksport 
qiluvchi mamlakatlar. Masalan, Chili, Zoir, Saudiya Arabistoni; sanoati 
rivojlanayotgan mamlakatlar. Masalan, Filippin, Hindiston; sanoati rivojlangan 
mamlakatlar. Masalan, AQSh, Germaniya, Yaponiya. 


23 
Daromad taqsimoti bo‗yicha mamlakatlar quyidagicha farqlanadi: daromadi juda 
past; daromadi asosan past; daromadi juda past va shu bilan bir paytda juda yuqori; 
daromadi past, o‗rtacha va yuqori darajada; daromadi o‗rtacha darajada. 
Aholi jon boshiga YaMM ko‗rsatkichlari bo‗yicha mamlakatlarni quyidagi 
guruhlarga taqsimlash mumkin: 
yuqori daraja (25 mamlakat) – 6 ming.doll. va undan ko‗p 
o‗rtacha daraja (54 mamlakat) – 554 doll.dan 6 ming doll.gacha 
• yuqori o‗rtacha daraja (37 mamlakat) – 2,2 dan 6 ming. doll.gacha
• past o‗rtacha daraja (17 mamlakat) – 545 dan 2.2 ming. doll.gacha 
• past daraja (42 mamlakat) – 545 doll.dan kam. 
Mamlakatning xalqaro raqobatbardoshligini baholashda asosan quyidagilar 
hisobga olinadi: iqtisodiyot dinamikasi; sanoat samaradorligi; bozor dinamikasi; 
moliyaviy dinamika; inson resurslari; davlatning aralashuvi; milliy resurslar; tashqi 
yo‗nalganlik (tashqi bozorga yo‗nalganlik); investitsiya yo‗nalganligi; ijtimoiy-
iqtisodiy konsensus va barqarorlik. 
Shu tariqa, xorijiy bozorlarning turli xil elementlari tavsifnomalarini aniqlab 
olgach, kompaniya dastlabki xulosalarga kelishi va istiqbollarni belgilashi mumkin. 
Siyosiy marketing muhiti. Turli mamlakatlar bir-biridan siyosiy-huquqiy muhiti 
bilan ham ajralib turadi. U yoki bu mamlakat bilan ishbilarmonlik munosabatlarini 
o‗rnatish masalasini hal qilishda quyidagi siyosiy-huquqiy omillarga e‘tibor qaratish 
lozim:
1. Chet eldan sotib olishga munosabat. Ba‘zi mamlakatlar (Meksika) bunday 
xaridlarga moyillik bildirsa, boshqa mamlakatlar (Hindiston) bunga salbiy 
munosabatda bo‗ladilar. 
2. Siyosiy barqarorlik. Mamlakatlarning hukumatlari almashib turadi va ba‘zan 
mamlakat yo‗nalishining o‗zgarishi juda keskin (mulkni musodara qilish, import 
cheklovlari yoki yangi majburiy to‗lovlar joriy qilish va hokazo) bo‗ladi. Davlatning 
aralashuvini quyidagi turlarga ajratish mumkin: haq-huquqni cheklab qo‗yuvchi 
ta‘sir; haq-huquqni cheklamaydigan ta‘sir; haq-huquqni cheklab qo‗yuvchi choralar; 
mulkni davlat ixtiyoriga o‗tkazish. 


24 
3. Valyuta cheklovlari. Ba‘zan hukumatlar o‗z valyutasini blokirovka qiladi yoki 
uni boshqa valyutaga almashtirishni taqiqlab qo‗yadi. Valyuta ayirboshlash 
kurslarining tebranishi bilan katta tavakkalchiliklar bog‗liq bo‗lishi mumkin. 
4. Davlat mashinasi. Bunga xorijiy kompaniyalarga qabul qiluvchi 
mamlakatning yordam ko‗rsatish tizimi samaradorligini, ya‘ni samarali bojxona 
xizmati, bozor ma‘lumotlarining etarli darajada to‗liqligi va tadbirkorlik faoliyatiga 
qulaylik tug‗diruvchi boshqa omillarning mavjudligini kiritish mumkin.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling