O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010


Download 0.73 Mb.
bet132/176
Sana21.10.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1714833
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   176
Bog'liq
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org

Shaxsiy aylanma mablag’lar bilan ta’minlanganlik koeffisiyenti korxonada
uning moliyaviy barqarorligi uchun zarur mablag’larning mavjudligini
ifodalaydi va quyidagi formula bilan ifodalanadi:
Kos = (P1 + Dzk – A1) / A2 ,
bu yerda A
1
– uzoq muddatli aktivlar.
Bu ko’rsatkich 0,1 dan katta yoki unga teng bo’lishi kerak.
Aktivlar rentabelligi koeffisiyenti moliyaviy-xo’jalik faoliyatida
foydalanilayotgan aktivlarning foydaliligi (zararliligi) darajasini ko’rsatadi
va quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Kra = Pr * Dp / Ib ,
bu yerda, P
r
D
n
– soliqlar to’langunga qadar foyda.
Bu ko’rsatkich noldan katta bo’lishi kerak.
Ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish koeffisiyenti korxonaning ish
bilan ta’minlanganlik darajasini ifodalaydi va quyidagi formula bilan
aniqlanadi:
Kim = Qfakt / (Qloyiha – Qijara + Qkonser) ,
bu yerda Q
loyiha
– mahsulot ishlab chiqarishning eng katta hajmi;
Kfakt – chiq arilgan mahsulotning haqiqiy hajmi;
Qijara – ijaraga berilgan quvvatlardagi mahsulotlarning hajmi;
Qkonser – konservasiya qilingan quvvatlardagi mahsulotlarning hajmi.
Bu ko’rsatkich 0,6 dan katta yoki unga teng bo’lishi kerak.
Uskunalar (asosiy fondlar)ning ishdan chiqishi koeffisiyenti. Bu
ko’rsatkich quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Kizp = I / O ,
bu yerda, K
izp
– uskunalarning ishdan chiqish koeffisiyenti;
I – asosiy fondlarning ishdan chiqishi;
O – asosiy fondlarning dastlabki qiymati.
Agar yuqoridagi barcha koeffisiyentlarning tarmoq miqdori teng yoki
katta bo’lsa, bunday korxona iqtisodiy qudratli va to’lov qobiliyatiga ega
hisoblanadi.




8.6. Samaradorlikni oshirishning asosiy yo’nalishlari
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida korxonalar faoliyati ishlab chiqarishning
iqtisodiy samaradorligini oshirish yo’llarini doimo qidirishni talab qiladi. Agar
shunday qilinmas ekan, korxonaning qat’iy raqobat muxitida omon qolishi mushkul.
Bu ayniqsa, kichik va o’rta korxonalarga tegishlidir. Avval aytib o’tilganidek,
ularning vujudga kelishi va rivojlanishining barcha bosqichlarida qiyinchiliklar va
hal qilinmagan muammolar juda ko’p uchraydi.
Tadbirkor muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun oddiy bozor omillari
(mahsulotni doimo yangilash, sifatini oshirish, marketing tadqiqotlari,
muvaffaqiyatli raqobat va boshqalar)dan tashqari o’z faoliyatining samaradorligiga
erishishning turli-tuman yo’llaridan foydalanishi zarur. Bular quyidagilardir:
- ilg’or texnologiya va zamonaviy uskunalardan foydalanish;
- xomashyo va materiallarning yangi turlarini qo’llash;
- asosiy fondlardan yaxshiroq foydalanish;
- aylanma mablag’lar aylanishini jadallashtirish;
- mehnatni tashkil qilishning samarali shakl va usullarini qo’llash;
- menejment fani va amaliyotining ilg’or yutuqlaridan foydalanish;
- mamlakatimiz va xorij firmalarining ilg’or tajribalarini tatbiq etish va
boshqalar.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling