O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010


Download 0.73 Mb.
bet128/176
Sana21.10.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1714833
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   176
Bog'liq
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org

8.4.4-jadval
Sotilgan mahsulotlar rentabelligi tahlili
Ko’rsatkichlar
O’tgan
yilda
Hisobot
yilida
Farqi
(+; -)
Sotishdan olingan sof foyda, ming so’m
122441
126086
+3645
Sotilgan mahsulotning tannarxi, ming so’m
96042
99382
+3340
Sotilgan mahsulotdan yalpi foyda, ming so’m
26399
26704
+305
Sotilgan mahsulotning rentabelligi, % da
21,6
21,1
-0,4
Jadval ma’lumotlariga ko’ra, hisobot yilida sotilgan mahsulotlarning
rentabelliligi o’tgan yilga nisbatan 0,4% ga pasaygan. Bu sotishdan sof foyda
miqdorining 3645 ming so’mga ko’paygani natijasida sodir bo’lgan.
Resurslarning ayrim turlaridan foydalanish samaradorligi
ko’rsatkichlari. Mehnat unumdorligi ishlab chiqarish samaradorligining eng
muhim o’lchovlaridan biridir. Mehnat unumdorligi bilan xodimlarning ishlab
chiqarish faoliyati samaradorligi aniqlanadi. Mehnat unumdorligining o’sishi jonli
va buyumlashgan mehnatning tejalishini bildiradi.
Mehnat unumdorligi bir xodim tomonidan ish vaqti birligi ichida ishlab
chiqarilgan mahsulotning mikdori yoki mahsulot birligini ishlab chiqarishga ish
vaqtining mikdori bilan o’lchangan jonli mehnat sarfining samaradorligidir.
Birinchi ko’rsatkich bir xodimning vaqt birligi ichida ishlab chiqargan
mahsulotini aniqlaydi:
Ishlab chiqarish =
Ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori (Q)
Ishlangan vaqt (T)
Ikkinchi ko’rsatkich mehnat sarfini, ya’ni mahsulot birligiga sarflangan
vaqtni aniqlaydi:
Mehnat sarfi =
Ishlangan vaqt (T)
Ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori (Q)


Mehnat unumdorligi oshishi mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish, mahsulot


tannarxini pasaytirish, ish kuchiga ehtiyojni nisbatan qisqartirish, xodimlar ish
haqining o’sishini ta’minlashga imkon beradi. Bular kichik korxonaning
muvaffaqiyatli ishlashi uchun zarurdir.
Mehnat unumdorligining quyidagi ko’rsatkichlari mavjud: bir ishchining o’rtacha
yillik ishlab chiqarishi (mahsulot hajmini ishlovchilarning o’rtacha ro’yxat soniga
bo’lish yo’li bilan aniqlanadi); bitta ishchiga to’g’ri keladigan o’rtacha yillik ishlab
chiqarish (mahsulot hajmini ishchilarning o’rtacha ro’yxat soniga bo’lish yo’li bilan
aniqlanadi); bitta ishchiga to’g’ri keladigan o’rtacha kunlik ishlab chiqarish (bir kunlik
mahsulot hajmini barcha ishchilar soniga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi); bitta ishchiga
bir soatga to’g’ri keladigan o’rtacha ishlab chiqarish (bir soatda ishlab chiqarilgan
mahsulot hajmini barcha ishchilar soniga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi).

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling