O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010


Mahsulotning sotilishidan tushgan tushum


Download 0.73 Mb.
bet125/176
Sana21.10.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1714833
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   176
Bog'liq
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org

Mahsulotning sotilishidan tushgan tushum – korxona tomonidan ishlab
chiqarilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar uchun olinadigan
pul mablag’larining hajmi. Bu korxona xarajatlarini qoplash va daromadlarni
shakllantirish mablag’larining asosiy manbaidir. Asosiy mahsulotni sotishdan
tushgan tushumdan tashqari, korxona boshqa sotishlardan hamda sotishdan tashqari
operasiyalardan tushumlar olishi mumkin.
Tadbirkorlik faoliyati jarayonida moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratilgan
sof daromadni aks ettiruvchi foyda korxona faoliyatining eng muhim
umumlashtirilgan ko’rsatkichi hisoblanadi. Tadbirkor hamma vaqt foyda olishni
maqsad qilib qo’yadi, ammo hamma vaqt ham foyda ololmaydi. Agar tushum
tannarxga teng bo’lsa, unda faqat mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining
o’rnini qoplashga erishiladi. Tushumdan oshib ketuvchi xarajatlarda korxona salbiy
moliyaviy natija ko’radi, bu uni murakkab moliyaviy ahvolga solib qo’yadi,
bankrotlik ham istisno emas.


Mahsulotlarni sotishdan olingan foyda (zarar) qo’shimcha qiymat solig’i va


aksizsiz mahsulot sotishdan tushgan tushum va mahsulotlarning tannarxiga kiritilgan
ishlab chiqarish va sotish xarajatlari o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Keltirilgan
ta’rifdan foyda korxonaning o’z mahsulotlari (ishlari, xizmatlari)ni talab va taklif
asosida vujudga kelgan narxlar bo’yicha sotishdan hosil bo’lgan yalpi daromad
hajmiga bog’liqligi ma’lum bo’ladi.
Korxonaning yalpi daromadi – mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan
tushgan tushumdan moddiy xarajatlarni chiqarib tashlagandan keyin ish haqi va
foydani o’z ichiga oluvchi korxona sof mahsulotlaridan iboratdir.
Bozor munosabatlari sharoitida korxona eng katta foyda olishga erisha olmasa,
tovarlarni sotish va xizmatlar ko’rsatish bozorida o’z mavqyeini mustahkam ushlab
turish, raqobat sharoitida o’z ishlab chiqarishini dinamik rivojlanishini ta’minlashga
imkon beruvchi foyda hajmini olishga harakat qilishi kerak.
Umumxo’jalik faoliyatidan olinadigan foyda (zarar) quyidagi algebraik summa
tarzida hisoblanadi: asosiy faoliyatdan foyda plyus dividendlar va foizlar bo’yicha
daromadlar plyus yoki minus investisiyalar va qimmatbaho qog’ozlarni qayta
baholashdan keladigan daromadlar (zararlar) va minus foizlar bo’yicha xarajatlar
plyus yoki minus boshqa moliyaviy faoliyatdan daromadlar (zararlar).
Soliq to’langunga qadar foyda umumxo’jalik faoliyatidan foyda va
favqulodda foydalar va zararlar saldosining algebraik summasi sifatida
aniqlanadi.
Soliq to’langandan keyin korxona ixtiyorida qoladigan sof foyda daromad
soliqlarini chiqarib tashlash bilan soliqlar to’langunga qadar foyda va minus hali
hyech qayerda hisobga olinmagan boshqa soliq va to’lovlardan iborat bo’ladi.
Quyidagi 8.4.3-jadvalda korxona foyda olishining tahlili berilgan.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling