O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010
Download 0.73 Mb.
|
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.4. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy samaradorligi Iqtisodiy samaradorlikning mohiyati.
Qarz berishning xatar darajasi. Agar qarzning qaytib kelishi kafolatlansa,
foiz past, agar bu xatarli bo’lib, qarz qaytishi shubhali bo’lsa, foiz yuqori bo’ladi. Odatda, moliyaviy baqquvvt va nufuzli firmalar uchun foiz tayinlanadi. Yuqori va past foiz o’rtasidagi farq pul egalari uchun ma’lum darajada qarz xatarini kamaytiradi, chunki bir yerda foizning kamligi, boshqa yerda uning ortiq bo’lishi bilan qoplanadi. 8.4. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy samaradorligi Iqtisodiy samaradorlikning mohiyati. Bozor iqtisodiyotiga o’tish xo’jalik yuritishning oqilona yo’llarini izlab topishni talab qiladi. Bu esa materiallar va hom ashyoni tejab-tergab sarflash, dastgoh va uskunalardan yaxshiroq foydalanish, xodimlar ish unumdorligini oshirish, mahsulot birligiga to’g’ri keladigan xarajatlarni pasaytirish, pirovardida, korxona rentabelliligi va foydaliligini oshirishni ko’zda tutadi. Ko’rsatib o’tilgan omillarning barchasi ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligiga erishish tushunchasiga birlashadi. Korxona xo’jalik faoliyatining yakuniy natijasi (foyda)ni unga erishishga sarflangan resurslar bilan taqqoslash ishlab chiqarishning samaradorligini aks ettiradi. Samaradorlikning oshishi xarajatlar birligiga to’g’ri keladigan iqtisodiy natijalarning ko’payishi bilan ifodalanadi. Samaradorlik xo’jalik yuritish mexanizmining takomillashganlik darajasidan, biznesni to’g’ri yo’nalishda olib borilayotganligidan darak beradi. Samaradorlikning ta’rifi asosida ishlab chiqarish xarajat-larining tarkibi va hajmi yotadi. Xarajatlar korxonaning ishlab chiqarish va tijorat faoliyatini amalga oshirishda zarur omillar (sarmoyalar, mehnat resurslari, tabiiy resurslar, tadbirkorlik faoliyati) uchun sarflangan mablag’larning pulda aks ettirilishidir. Ular mahsulot tannarxi ko’rsatkichida namoyon bo’lib, barcha moddiy xarajatlar, mahsulotni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari, mehnatga haq to’lash xarajatlarining puldagi ifodasidir. Ishlab chiqarishning barcha xarajatlarini ikki guruhga: doimiy va o’zgaruvchan xarajatlarga bo’lish mumkin. Doimiy xarajatlarga mikdori ishlab chiqarish hajmi o’zgarishi bilan ham o’zgarmaydigan xarajatlar kiradi. Ular korxona mahsulot ishlab chiqarmagan holda ham to’lanishi kerak. Ularga amortizasiya chegirmalari, binolar va uskunalarning ijarasi, sug’urta badallari, boshqaruv xodimlarining ish haqlari va boshqalar kiradi. O’zgaruvchan xarajatlar deb, umumiy miqdori bevosita ishlab chiqarish va sotish hajmlariga kiritilgan, shuningdek mahsulotlarning bir necha turlarini ishlab chiqarish va sotish bilan bog’liq xarajatlar tushuniladi. Bularga xomashyo, materiallar, yoqilg’i va elektr energiyasi, ishchilar mehnatiga haq to’lash va boshqa xarajatlar kiradi. Ishlab chiqarish xarajatlarining bunday bo’linishi korxonalar faoliyati samaradorligining har xil ko’rsatkichlarini aniqlash uchun zarurdir. Ishlab chiqarish samaradorligini aniqlash uslubi umumiy xarajatlar va ularning ayrim turlarini xo’jalik faoliyatining natijalari bilan taqqoslashdan iboratdir. Buning uchun turli xil ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Bu ko’rsatkichlarning belgilangan tasnifi mavjud emas. Har bir korxona iqtisodiyotini o’rganuvchi ularni o’zicha, u yoki bu ko’rsatkichlarning ahamiyatini ta’kidlash zaruratidan kelib chiqqan holda yoki korxona ishi natijalarini har tomonlama baholagan holda guruhlarga ajratadi. Barcha ko’rsatkichlarni quyidagi uchta guruxga birlashtirish maqsadga muvofiqdir: xo’jalik faoliyatini umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar; resurslarning ayrim turlaridan foydalanish samaradorligi ko’rsatkichlari; moliyaviy faoliyatni baholovchi ko’rsatkichlar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling