O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010


Download 0.73 Mb.
bet120/176
Sana21.10.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1714833
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   176
Bog'liq
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org

Микрокредитлар ҳажми
Кредит ресурслари ажратиш
миқдори


Pul bozoridagi talab va taklifning nisbati, ya’ni bozorda qanday mikdorda


qarz puliga talab bor va unga nisbatan qanday mikdorda qarzga beriladigan pul
chiqarilgan. Talab oshsa, foiz ortadi, taklif tushsa, u kamayadi.
Qarzga olinadigan pulni ishlatishdan kutiladigan naf darajasi, aniqrog’i shu
pulning iste’mol qiymati. Qarz puli tadbirkor uchun ko’p foyda keltirsa yoki
iste’molchi ehtiyojini to’laroq qondirsa, foiz yuqori bo’ladi, aks holda u pasayib
ketadi. Bunda pulni hozir ishlatishdan tegadigan naf taqqoslanadi.
Qarzni to’lash muddati va sharti. Agar qarz uzoq muddatga berilib, uni
sekin-asta, kichik-kichik qismlarga bo’lib, bemalol qaytarish mumkin bo’lsa,
qarzdor yuqori foizga rozi bo’ladi. Agar qarz qisqa vaqtga berilsa va uni bir yo’la
to’lash shart bo’lsa, qarzdor past foizni ma’qul ko’radi. Gap shundaki, qarz
qanchalik uzoq muddatga berilsa, shunchalik uni ishlatib daromad ko’rish mumkin
va shu hisobdan foiz to’lash oson bo’ladi.
Qarzning qanday pul bilan berilishi. Agar qarz erkin konvertirlangan
valyuta berilsa, foiz yuqori belgilanadi, agar u oddiy valyutada berilsa, foiz
nisbatan past o’rnatiladi. Konvertirlangan pul nufuzli bo’lgani uchun uni ishlatish
oson, undan tezda daromad ko’rish mumkin.
Inflyasiya darajasi. Inflyasiya yuz bersa, qarzga berilgan pul egasiga qaytib
kelgunicha o’z qadrini qisman yo’qotadi. Bunda pul egasi yutqazadi. Shu sababli
foiz inflyasiyani hisobga olib o’rnatiladi. Foiz inflyasiya shiddatiga nisbatan to’g’ri
mutanosiblikda o’zgaradi.
Pulni qarz berishdan ko’ra boshqa yo’sinda ishlatishdan tushadigan
daromad. Bunda pul egasining afzal ko’rish prinsipi amal qiladi. Agar aksiya
dividendi yuqori bo’lsa, foiz pasayadi va aksincha. Agar aksiyaga 15% dividend
berilsa, foiz undan yuqori bo’lishi shart. Aks holda pul egasi uni qarzga bermay,
aksiya sotib olishni afzal ko’radi.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling