O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010


Xodimlarni qabul qilish madaniyati


Download 0.73 Mb.
bet139/176
Sana21.10.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1714833
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   176
Bog'liq
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org

Xodimlarni qabul qilish madaniyati. Tadbirkor o’z navbatida rahbardir. U
xodimlarni qabul qilish madaniyatiga ega bo’lishi lozim. Chunki xodimlarni qabul
qilish, ularning tashvishlariga quloq solish, og’irlarini yengil qilish har bir
rahbarning burchi va vazifasi hisoblanadi. Shuning uchun ham qabul madaniyatiga
rioya qilish uchun rahbar quyidagilarga e’tibor bermog’i lozim:
 suhbatdoshingizni qancha vaqtingiz borligi to’g’risida ogohlantiring;
17[17]
Иқтидорли тушунчадан фарқли ўлароқ, истеъдод тушунчаси ҳам бор. Истеъдод ҳар томонлама
ривожланган, ниҳоятда кучли ва такрорланмас қобилиятдир. Қобилият, иқтидорни тинимсиз
меҳнат туфайли тарбиялаш мумкин. Аммо истеъдод ибораси аждодида буюк сиймолар ўтган
авлод фарзандлари орасида бирор истеъдод эгаси бўй кўрсатиб қолганда тилга олинади.


 faqat suhbatdoshingiz gaplarini inobatga olib, vaziyatni ko’z oldingizga


keltiring;
 to’xtatib bo’lmaydigan, uzil-kesil munozaradan o’zingizni tiying;
 o’z fikringizni ishonchli va batafsil bayon ayting;
 o’z g’oyangizni izchillik bilan bayot eting;
 ovozingizni baland qilmasdan gapiring, so’zlaringiz dona-dona va ravon
bo’lsin;
 qarshi tanbeh hollarda o’zingizga nisbatan tanqidiy yondashing;
 shunchaki fikrlash yoki haqiqatan ham shunaqami – bular o’rtasidagi farqni
biling;
 savollarni shunday tuzingki, ularni tushunish bir xilda bo’lsin;
 muammo muhokamasini aniq yechim bilan tugating;
 ishni qalashtirmang, zudlik bilan ko’rsatma bering;
 suhbatdoshingizni yumushi o’zi uchun o’ta muhim ekanligini unutmang.
Qabulingizda bo’lgan shaxsning muammosini hal etishga imkoniyat
bo’lmagan taqdirda ham siz uni samimiy iltifot bilan kuzating va xayrixohlik bilan
ishining o’nglanib ketishiga umid baxshida eting.
Umuman, xizmat yuzasidan qabul chog’ingizda quyidagi qoidaga rioya
qilsangiz, nur ustiga a’lo nur bo’lar edi:
Uchrashuv chog’ida – xushfe’llik.
Quloq solish chog’ida – e’tibor, rag’bat.
Bahslashuv chog’ida – ko’p narsani bilishga qiziquvchanlik.
Tanqid chog’ida – o’zini tuta bilish.
Tashkilotda rahbarlardan qaysi biri, qanday masala yuzasidan kishilarni
qabul qilishi aniq belgilab qo’yilishi zarur. Bo’ysunuvchilarni iltimosiga ko’ra,
qabul qilganda rahbar ularga iltimos va takliflarini qisqa bayon qilishni o’rgatishi
lozim. Agar rahbar o’zi taklif etib qabul qilsa, bo’ysunuvchi bu haqda oldindan
xabardor qilinishi kerak. Suhbat chog’ida ishonch muhitini vujudga keltirishi
lozim, suhbatdoshni majbur qilish, sha’nini kamsitish mumkin emas.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling