O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010


Download 0.73 Mb.
bet137/176
Sana21.10.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1714833
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   176
Bog'liq
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org

9.2. Tadbirkor madaniyati
Tadbirkor madaniyati deganda tadbirkor odobi va iqtidori o’rtasidagi
dialektik bog’lanish tushuniladi. Bu bog’lanish quyidagi fazilatlar majmuasida o’z
aksini topadi:
Odob – aqlning suyanchig’i, barcha fazilatlarning mezoni. Bejiz xalqimizda:
“Aql bilan odob - egizak”, deyishmaydi. Odob – yaxshilik bilan yomonlikning
farqini bilish, foyda bilan zarar orasidagi tafovutni anglashdir. Odob vositasida
kishi o’z jonini yomon xislatlardan davolaydi, yoqimsiz ayblardan poklaydi,
chiroyli fazilatlardan bezaydi.
Odob tadbirkorni eng chiroyli xulq bilan qurollantiradi. Natijada aql egalari
bunday tadbirkordan har ishda rozi bo’lishadi. Odobli tadbirkor esa kundan kunga
obro’ topadi, nufuzi oshadi, ishlari ravnaq topadi.
Ba’zi hakimlar odobni eng mas’um va ko’rkam fe’lga ega bo’lish desalar,
ba’zilari nafsni barcha qabih odatlardan tozalash deb ta’rif berishadi. Demak,
tadbirkordagi odobning mavjudligi, bu noyob ne’matning mavjudligidir.
Umuman odob ikki xil bo’ladi:
 hikmat odobi;
 xizmat odobi.
Hikmat odobi poklik va to’g’ri yo’lga yetaklaydi. Xizmat odobi esa
badavlatlik va obro’ga yetkazadi. Har ikkisi ham ulug’ fazilat bo’lib, biri aziz qilsa,
ikkinchisi qudratli qiladi.
Odob rahbarni aql va axloq egasi bo’lishga, vijdonli, or-nomusli, sof
ko’ngilli, subutli bo’lishga da’vat etadi.
Imon arabcha so’z bo’lib, lug’aviy ma’nosi – ishonchdir. Imonli kishini,
xususan rahbarni yoki tadbirkorni qisqacha shunday tavsiflash mumkin:
 e’tiqodli, ya’ni o’z fikr va qarashlariga mahkam, sobitqadamlik bilan
ishonish va o’zgalarni ham o’zidek hisoblab, ularning lafziga samimiyat bilan
ishonishdir. E’tiqod jur’atni, mardlikni, fidoiylikni taqozo etadi;
 maslakli, ya’ni o’ziga xos aqidalari bilan boshqalardan ajralib turuvchi
ijtimoiy, siyosiy, ilmiy, g’oyaviy va diniy yo’l sohibi;


 taqvodor, ya’ni birovning haqiga xiyonat qilmaydigan;


 sharm-hayoli, ya’ni har qanday nojo’ya xatti-harakatlardan o’zini tiya
oladigan;
 oriyatli, ya’ni o’ziga nomunosib yoki ep ko’rilmagan ishdan, narsadan
hijolat tortadigan;
 andishali, ya’ni oqibatini o’ylab ish qiladigan, yuz-xotirni biladigan,
farosatli;
 vijdonli, ya’ni nohaq, adolatsiz ishlardan g’azabga keladigan, bularga
qarshilik bildiradigan, o’z faoliyatining yaxshi tomonlaridan qanoatlanib, xursand
bo’ladigan, yomon tomonlaridan norozi bo’lib, ruhan eziladigan, ya’ni vijdon
azobiga tushadigan.
Oddiy tarzda aytganda:
Imon uya narsaning butunligidan hosil bo’ladi: e’tiqod, iqror va amal.
E’tiqod – ishonch. Iqror – so’zda buni tan olish. Amal – ya’shi ishlar bilan uni
isbotlash.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling