O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010
Download 0.73 Mb.
|
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat va muhokama uchun savollar
Qisqa xulosalar
Tadbirkor faoliyati faqat tadbirkorlikning huquqiy va tashkiliy asoslariga bog’liq bo’lmay, u insonlar, qo’l ostida xizmat qiluvchi mutaxassislar va ishchilar, ayniqsa, chet ellik hamkasblari – biznesmenlar doirasida umumaxloqiy me’yorlarga rioya qilishi bilan ham baholanadi. Ishdagi muvaffaqiyatning yarmidan ko’prog’i uning odobi, madaniyati, dunyoqarashi, ishbilarmonlik qoidalarini qay darajada bilishiga bevosita bog’liqdir. Bozor iqtisodiyoti sharoiti tadbirkor rahbarlardan boshqaruv uslublarini takomillashtirishni talab etadi. Boshqaruv uslublari, asosan, ongli ravishda muayyan maqsadlarga erishish uchun xizmat qiladi. Ular mohiyati va maqsadiga ko’ra tarbiyaviy, modddiy-rag’batlantiruvchi va ma’muriy-tashkiliy turlarga bo’linadi. Boshqaruvda uzoq va yaqin muddatlarga mo’ljallangan rejalar tuzish, qarorlar qabul qilish, ijrochilar o’rtasida ishlarni taqsimlash, qarorlar ijrosini nazorat qilish, ijrochilarni rag’batlantirish rahbar zimmasidadir. Nazorat va muhokama uchun savollar 1.Biznesda boshqaruv psixologiyasining mazmuni va mohiyati nimada? 2. Boshqarish san’ati deganda nimani tushunasiz? 3. Tadbirkor rahbar faoliyatining boshqarish san’atidagi xarakterli xususiyatlar nimalardan iborat? 4. Tadbirkor rahbarning ruhiy-psixologik xususiyatlari nimada? 5. Qanday tadbirkor rahbar muvaffaqiyatga tez erishadi? 6. Tadbirkor rahbar qanday talablarga javob berishi kerak? 7. Rahbarda qanday sifatlar mujassamlashgan bo’lishi darkor? 8. Rahbarlik uslubidagi salbiy qusurlar qaysilar? 9. Tadbirkor madaniyati deganda nimani tushunasiz? 10.Tadbirkor rahbar nizoli vaziyatlarda qanday yo’l tutishi lozim? Adabiyotlar 1. Karimov I.A. O’zbekiston Konstitusiyasi – biz uchun demokratik taraqqiyot yo’lida va fuqarolik jamiyatini barpo etishda mustahkam poydevordir. Prezident I. Karimovning O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 17 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimidagi ma’ruzasi. // Xalq so’zi, 2009 yil 6 dekabr. 2. Karimov I.A. Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. Prezident I.Karimovning 2009 yilning asosiy yakunlari va 2010 yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. // Xalq so’zi, 2010 yil 29 yanvar. 3. “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 27 yanvardagi PQ-1271 sonli Qarori. 4. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartarf etish yo’llari va choralari. – T.: O’zbekiston, 2009. 5. Xodiyev B.Yu., Qosimova M.S., Samadov A.N. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik. – T.: TDIU, 2010. 6. Samadov A,N., Ostanaqulova G.N. Kichik biznes va tadbirkorlik. -T.: Moliya-iqtisod, 2008. 7. Qosimova M.S., Samadov A,N. Kichik biznes va tadbirkorlik. -T.: O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi, 2005. 8. Qosimova M.S., Xodiyev B.Yu., Samadov A.N., Muxitdinova U.S. Kichik biznesni boshqarish: O’quv qo’llanma. –T.: O’qituvchi, 2003. 9. Aniskin Yu.P. Organizasiya i upravleniye malыm biznesom: Uchebnoye posobiye. – M.: Finansы i statistika, 2008. 10-bob. KIChIK BIZNES VA TADBIRKORLIK SUBYeKTLARINING EKSPORT SALOHIYaTINI BAHOLASh Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling