O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010


Download 0.73 Mb.
bet155/176
Sana21.10.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1714833
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   176
Bog'liq
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org

Qisqa xulosalar
Respublikamizning iqtisodiy taraqqiyoti, iqtisodiy mustaqilligi, xalqining
faravon turmush darajasi, qolaversa mehnat resurslarining ish bilan bandlik
darajasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivoji bilan bog’liqdir. Bu holat
esa korxonalarning iqtisodiy erkinligini rag’batlantirish darajasining rivojlanishi
bilan tavsiflanadi.
Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi iqtisodiy faoliyat jarayonlari va
uning natijalarini aks ettiruvchi ko’rsatkichlarda kichik biznes ulushining yuqori
bo’lishiga ham bog’liq ekanligi shubhasizdir.
Kam xarajat hisobiga yangi ish o’rinlari yaratish imkoniyati, yirik biznes
kirib bora olmaydigan bozor segmentlarini egallay olish qobiliyati, ayniqsa, xizmat
ko’rsatish sohasida va uncha katta bo’lmagan mahalliy resurs bazalarini
o’zlashtirishda juda qulay tashkiliy shakl ekanligi kichik biznesni rivojlantirishning
ahamiyati beqiyosligini ko’rsatadi. Shu sababli ham kichik biznesni jadal
rivojlantirish masalasi mahsulot ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, xizmat


ko’rsatish sohasini rivojlantirish, shuningdek mamlakatning eksport salohiyatini


oshirish masalalari bilan chambarchas bog’langan.
Kichik biznesni rivojlantirish borasida yaratilgan qulay shart-sharoitlar
sohaning iqtisodiy rivojlanishdagi, aholini ish bilan bandliligi va daromadlarining
o’sishidagi roli yanada kuchayishi hamda YaIM, eksport va tarmoqlar hamda
sohalarning ishlab chiqarish ko’rsatkichlaridagi ulushi ortib borishiga xizmat
qiladi.
Nazorat va mulohaza uchun savollar:
1. Iqtisodiy o’sishni ta’minlashda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning
ahamiyatini izohlang.
2. 2009 yilda kichik biznes sohasida qancha yangi ish o’rinlari tashkil etildi?
3. Mamlakatimizda bandlik muammosini hal etishda kichik biznes
imkoniyatlarini tushuntiring.
4. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish aholining daromadlari
va farovonligini oshirishga qanday ta’sir ko’rsatmoqda?
5. Kichik biznes imkoniyatlaridan yanada kengroq foydalanishdagi
muammolar va ularni bartaraf etish yo’llari bo’yicha o’z fikringizni bayon eting.
6. Xududiy kesimda belgilangan maqsad va vazifalarni aniqlashtirishda
qanday holatlarni hisobga olish maqsadga muvofiq?
7. Kichik tadbirkorlik subyektlarini axborot-konsalting xizmatlari bilan
qo’llab-quvvatlash qanday choralar orqali ta’minlanadi?
8. Kichik biznes subyektlarining moddiy-texnik ta’minoti bo’yicha
kelgusidagi 2008-2015 yillarda amalga oshiriladigan ishlar nimalardan iborat
bo’lishi lozim?
9. Mamlakat iqtisodiyotida kichik biznes subyektlarining ulushi va
ahamiyatini tubdan oshirish maqsadida qanday yo’nalishlarda kompleks chora-
tadbirlarni amalga oshirish ko’zda tutilgan?
10. Samarali eksport faoliyatini amalga oshirishlari uchun kichik biznes
subyektlari qanday axborotlar bilan ta’minlangan bo’lishlari zarur?

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling