O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010


Download 0.73 Mb.
bet163/176
Sana21.10.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1714833
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   176
Bog'liq
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org

Injiniring korxona – muhandislik maslahat xizmatlarini tijoratchilik
qoidalariga asoslangan holda amalga oshiradigan korxona.
Inqirozga qarshi mo’ljallangan choralar dasturi – O’zbekiston
Respublikasi hukumati tomonidan 2009-2012 yillarga mo’ljallanib inqirozga
qarshi ishlab chiqilgan choralar dasturi bo’lib, mazkur dasturda talab va taklifni
rag’batlantirishga yo’naltirilgan bir qator moliyaviy imtiyozlar va barqaror
iqtisodiy o’sish sur’atlarini ta’minlovchi chora-tabdirlar majmui o’z aksini topgan.
Investision kreditlar – ishlab chiqarishni kengaytirish, texnik va texnologik
jihatdan yangilash, modernizasiyalash va rekonstruksiya qilish, yangi bino va
inshootlarni qurish uchun zarur vositalarni sotib olish maqsadida olingan kreditlar.
Iqtisodiy nochor korxonalar – muayyan miqdorda kapital yo’qotish, ishlab
chiqarish maydonlarini qisqarishi, ishsizlar sonining ortishi, raqobatbardosh
bo’lmagan mahsulot ishlab chiqaradigan va buning uchun katta miqdorda
materiallar, xomashyo, yonilg’i, mexnat resurslari sarflaydigan qoloq, samarasiz
korxona
Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish – sanoat ishlab chiqarishining turli
bosqichlarida import shaklida xarid qilish orqali qo’llaniluvchi detallar, butlovchi
qismlar, yarim tayyor mahsulotlar va tayyor mahsulotlarni mahalliy xomashyo va
materiallar asosida ishlab chiqarishga o’tkazish jarayoni.
Import o’rnini bosish samarasi – mahalliylashtirish jarayonini amalga
oshirish orqali ishlab chiqarilgan mahsulotlar va ko’rsatilgan xizmatlar natijasida
tejalgan import mahsulotlari qiymati.
Investisiyalar – asosiy va aylanma kapitalni qayta tiklash va ko’paytirishga,
ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga qilingan sarflarning pul shaklidagi
ko’rinishi. U pul mablag’lari, bank kreditlari, aksiya va boshqa qimmatli qog’ozlar
ko’rinishida amalga oshiriladi. Pul mablag’lari ko’rinishidagi investisiya nominal

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling