O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010


Defisit – biror narsaning yetishmasligi, kamchiligi. Jumladan, tovarlar yetishmasligi, byudjet mablag’ining yetishmasligi. Djobber


Download 0.73 Mb.
bet162/176
Sana21.10.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1714833
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   176
Bog'liq
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org

Defisitbiror narsaning yetishmasligi, kamchiligi. Jumladan, tovarlar
yetishmasligi, byudjet mablag’ining yetishmasligi.
Djobber – yirik miqdordagi tovarlarni tez sotib yuborish maqsadida xarid
qiladigan firma.
Dividend – aksiya egasining oladigan daromadi bo’lib, aksiyador jamiyati
foydasining bir qismini tashkil etadi.
Diler – birjadagi yoki savdodagi vositachi bo’lgan shaxs.
Diskaunter – rivojlangan mamlakatlardagi uzoq muddat ishlatishga
mo’ljallangan tovarlarni arzon bahoda va qo’shimcha xizmatsiz sotiladigan
do’kon.
Distribyuter – o’z nomidan va o’z mablag’i hisobiga tovarlarni xarid qilib,
sotuvchi vositachi. Mollarni ulgurji sotib oladi va chakana savdo firmalari,
do’konlarga sotadi.
Ijara – qarzga berish. Bir shaxs yoki korxona, tashkilotning boshqa shaxs,


korxonadan ma’lum muddatga va ma’lum to’lov to’laydigan sharti bilan oladigan


mulki.
Imidj – firmanin mavqyei, ishlab chiqarayotgan molning, xizmatning sifati,
rahbarlarning obro’si haqidagi buyurtmachi va xaridorning fikri.
Import – chet eldan tovarlarni sotib olish yoki boshqa usullar bilan keltirish.
Keltirilgan mol iste’mol, qayta ishlash, hatto tashqariga sotish maqsadida bo’lishi
mumkin.
Iqtisodiy nochor korxonalar – muayyan miqdorda kapital yo’qotish, ishlab
chiqarish maydonlarini qisqarishi, ishsizlar sonining ortishi, raqobatbardosh
bo’lmagan mahsulot ishlab chiqaradigan va buning uchun katta miqdorda
materiallar, xomashyo, yonilg’i, mexnat resurslari sarflaydigan qoloq, samarasiz
korxona.
Investisiya – kelgusida foyda olish, samaraga erishish maqsadida biror-bir
korxonaga uzoq muddatga kapital qo’yish.
Investor – investisiya bilan shug’ullanuvchi yuridik shaxs yoki fuqaro.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling